|
В разделе материалов: 106 Показано материалов: 81-90 |
Страницы: « 1 2 ... 7 8 9 10 11 » |
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir aka-uka bor ekan. Akasi kunda ertalab chiqib ketib, kechqurun qaytar ekan. Ukasi uyda qolar ekan.
Bir kuni akasi kechqurun kelganida ukasi:
— Aka, siz har kuni erta ketib, kech qaytasiz. Ertaga o‘zingiz bilan meni ham birga olib keting, — deb iltimos qilibdi.
Batafsil o'qish / Читать далее
|
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir boshpanasiz cho‘pon bor ekan. U juda qashshoq va kimsasiz ekan. Lekin cho‘pon juda mehnatkash ekan, doimo odamlarning og‘irini yengil qilib, qo‘lidan kelgan yordamini ayamas ekan. Cho‘pon taqdir bir kun kelib unga kulib boqishiga umid qilib yurar ekan.
Batafsil o'qish / Читать далее
|
Qadim zamonda barcha moddiy imkoniyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, doim hayotdan nolib yuradigan, tajang shahzoda bor edi. Og‘a-inilari, o‘rtoqlari darslarga qatnar, ovga borishar, uni ham yonlariga chaqirishsa, rad qilardi. Xonasiga qamalib olib, o‘yga botib o‘tirardi. O’g‘lining ahvolidan xavotirga tushgan podshoh yurtining eng donishmand kishisini huzuriga chaqirdi....
Batafsil o'qish / Читать далее
|
"Bir kishiga ziyoratchilari qovun keltirishdi. U yoniga sirdosh-ko‘ngildoshi, sodiq xizmatkori Luqmonni chaqirdi va qovundan bir tilim kesib, uzatdi. Luqmon uni shunday rohat bilan yediki, ko‘rgan odamning ishtahasi ochilib ketishi tabiiy edi.
Batafsil o'qish / Читать далее
|
Hayotning fazilatlaridan biri shundaki, kimgadir, nimagadir, intilib yashaymiz. Bu intilishlarda ilk orzular, ilk qadamlar va ayniqsa ilk yutuqlar bizni nihoyatda o‘ziga jozibali bog‘lab oladi.
Erkak kishiga shunday ilk jozibali tayanch nuqtalardan biri uning sevikli yorining uyalib, chirmanib ibo iffatini yorib, «…bo‘yimda borga o‘xshaydi…», degan so‘zlari bo‘lsa kerak.
Batafsil o'qish / Читать далее
|
Ajab odamman-da. Men ushlagan tovuqning patini yulib qo‘yganlar ham bor ekan bu dunyoda.
Yaqinda ishxonada xunob bo‘lib o‘tirsam, kotiba bir kishi meni so‘rab kelganini aytdi. Biror tanish yo‘qlab kelgandir-da, deb o‘ylab, kirsin, dedim.
Batafsil o'qish / Читать далее
|
O’zi bizda shundog‘am vrachlar yetishmaydi-ku, ba’zilari bo‘lsa pul ketidan quvib Amerika va Yevropaga ketib qolyaptilar. O’zimizda o‘sgan donolar bo‘lsa, chet elda o‘qib qaytgan vrachlar oldin qayta imtixon topshirib, keyin davolash ishlariga kirishishlarini talab qilishmoqda.
Batafsil o'qish / Читать далее
|
Bola edim. Kech kuzning izg'irinli kunida uyga o'qdek uchib kirdim:
– Qor! Birinchi qor!
Onamning har doimgidek quvonib ketishini, biron-bir yoqimli so'z aytishini kutgandim. U esa: “A?” dedi-yu, derazaga tikilgancha bir zum qotib qoldi.
Batafsil o'qish / Читать далее
|
Yomon tush ko'rib uyg'onib ketdim. “Tavba qildim, bu nimasi? Yaxshilikka bo'lsin” deb o'yladim xo'rsinib. Qorong'uda paypaslab telefonimni topdim. Qatorasiga beshta SMS turardi.
Batafsil o'qish / Читать далее
|
Qani, o‘g‘lim, kundaligingni olib kel-chi. Hmm, ne, nega hech narsa yozmabsan! Yozolmayman? Sakkizinchi sinfda o‘qib-a? Voy kallavaram-ey. Kelajagingni o‘ylaysanmi, o‘zi? Axir sen boshliqning o‘g‘lisan-a. Demak, hech bo‘lmaganda ism-sharifingni to‘g‘ri yozishni o‘rganishing shart. Chunki sen ham kelajakda bir idoraga boshliq bo‘lasan. Hujjatlarga qo‘l qo‘yishing, birov yozib bergan nutqlarni o‘qishing kerak bo‘ladi.
Batafsil o'qish / Читать далее
|
|
Погода |
Пятница 26-Апреля-2024
|
|