Вверх
Суббота, 07-Декабря-2024, 17:46
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR

Har zamonda...

Ajab odamman-da. Men ushlagan tovuqning patini yulib qo‘yganlar ham bor ekan bu dunyoda. 

Yaqinda ishxonada xunob bo‘lib o‘tirsam, kotiba bir kishi meni so‘rab kelganini aytdi. Biror tanish yo‘qlab kelgandir-da, deb o‘ylab, kirsin, dedim.

Bir odam iymanib kirdi, salom berdi. Soch-soqoli o‘sgan, yuz-qo‘liga to‘rt-besh kundan beri suv tegmagani ko‘rinib turibdi. Egnida eski kostyum, ko‘ylagining bir yoqasi chiqib ham turibdi. Tanimadim.

Hol-ahvol so‘rashgach:

— Xo‘sh, xizmat uka, — dedim.

— Shu, aka, ozroq yordamingiz kerak, — deya gap boshladi u. — Oxirgi paytlar har zamonda ro‘zg‘orim qiynalib qoldi.

— Har zamonda?

— Yo‘q, tez-tez, deganim…

— Nima bo‘ldi o‘zi?

— Ish so‘rab keluvdim.

— E, shunday demaysizmi? — dedim uning gapga no‘noqligidan ensam qotib. — Ish, ish… Bizda yo‘q-ku?

— Aka, firmangizda ish ko‘p deb eshitgandim, iltimos, yo‘q demang.

Qarasam, u azbaroyi kuyunib-o‘tinib so‘rayapti. Borgan sari qorayib, yuz-ko‘zidagi Qam-anduh alomatlari kuchayib ketyapti. Juda qiynalgan ekan, deb o‘yladim. «Kel, shu bechoraga bir yordam qilay, savob bo‘ladi!»

—O’zingiz nima ish qilasiz? Kasb-koringiz nima?

— Men texnikumni bitirganman, mexanikman.

— E, mutaxassisligingiz chatoq-ku? Bizniki savdo tashkiloti bo‘lsa…

— Qorovullikka bo‘lsayam oling, aka, – chin dildan yalindi u. — Men… har zamonda… yaxshi ishlayman!

— «Har zamonda» deysizmi?

— Yo‘q, har doim. Har zamonda shunday deb yuboraman-da, endi…

— Ayni paytda farroshning o‘rni bo‘sh, u kuni kecha dekretga ketdi. Keyin­… o‘rinbosarim ham vakant… Yana..

— Men o‘rinbosar ham bo‘laveraman, har zamonda! — ko‘zlari chaqnab ketdi uning. Keyin gapimni bo‘lganidan sal xijolat tortdi, shekilli, nigohlarini tuflisining uchiga qaratdi.

— Mutaxassisligingiz…

— Ishonuvring, bir kirishsam, uddalay olaman, har zamonda! — gapimni ilib ketdi yana u. — Agar ishonsangiz, men ilgari glavniy mexanikning zami edim. Tashkilotimiz yopilib, har zamonda… ishsiz qoldim.

— Savdoni tushunasizmi, o‘zi?

— Tushunaman… har zamonda!

— Yo‘q, bizda doim tushunish kerak bo‘ladi, uka, — deya hazilga burdim.

— Doim tushunaman, har zamonda… — dedi uyam soxta jilmayib.

Endi jahlim chiqdi:

— Uka, iloji bo‘lsa, shu sabil qolgur «har zamonda»ni qo‘shmay gapiring, iltimos. ChalQitayapti odamni.

— Xo‘p. O’rganish bo‘p qolgan, aka, uzr, har zamonda…

— Bo‘lmasa, uka, sizni o‘rinbosarlikka ololmaymanu, lekin bir ilojini qilarmiz.

Shunday deb «otdelkadr» raqamlarini terdim. Yaqinda qishloqdan ko‘chib ketgan bir bo‘lim boshlig‘ining o‘rni haliyam bo‘sh ekan. Shunga olmoqchi bo‘ldim.

— Umringizdan baraka toping, aka, har zamonda, — dedi u suyunib.

Aytishga aytdimu, uning qo‘lidan biror ish kelishiga shubhalanib turgandim. Axir, o‘zingiz bilasiz — mexanika qayoqda-yu savdo qayoqda!

Yana o‘yladim: bechora, yaxshi ishidan ayrilib, qiynalgan ekan. Ko‘zi ochilgan bo‘lsa, endi tinimsiz ishlab, o‘rganib ketar. Bo‘shatish bo‘lsa, xamirdan qil sug‘urganday-ku!

Xullas, uni tabriklab, qo‘lini siqib qo‘ydim. Ertadan boshlab ishni boshlashi mumkinligini aytdim.

U o‘zida yo‘q xursand, ishshayib, qayta-qayta rahmat aytdi. Keyin xuddi tomdan tarasha tushganday so‘radi:

— Aka, uzr, qaysi kunlari ishlaymiz o‘zi?

— Har kuni! — dedim.

— Ishlaymiz, ishlaymiz, har zamonda… — dedi u qullik qilar ekan. Keyin yana tilga kirdi: — Yana bir gap so‘rasam maylimi?

— So‘rang.

— Shu… shu, oylik ham berasizmi?

— Beramiz, — dedim soddaligidan kulib. — Ishlaganingizdan keyin­ olasiz-da!

— O’ar oyda berasizmi, har zamonda?

— O’ar oy beramiz, xavotir olmang, uka! Ishlasangiz bo‘ldi.

— Erkakcha gapingizmi bu? — tirjaydi yangi xodim.

— Erkakcha gapim! – dedim bo‘sh-bayov bo‘lim boshliQining yelkasiga qoqib.

— Gapdan tonish yo‘g‘-a, har zamonda? — savollar qaynar xumchasi biqirlab ketdi uning.

— He-e-ech qa-chon! — dedimu gapga nuqta qo‘ydim.

Shunday qilib, u ertasi kuni bir keldi-yu ikki hafta yo‘q bo‘lib ketdi. Oylik beriladigan kuni paydo bo‘ldi. Jahl otiga mingan ekanman, shu zahotiyoq majlis o‘tkazib, bunday mas’uliyatsiz, surbet xodimning ta’zirini berib, sharmanda qilib, ishdan haydamoqchi bo‘ldim.

Qarasam, u tirjayib o‘tiribdi. Battar tutaqib ketdim.

— Sarmanov, turing o‘rningizdan! Nega iljayasiz? — dedim vajohatim ortib.

U ishshayib o‘rnidan turdi.

— Nega ishga kelmadingiz shuncha vaqt?

— Keldim-ku, har zamonda…

— Ishga kirgandan keyin turqingizni atigi bir marta ko‘rsatdingiz?!

— Ikki marta…

— O’chiring ovozingizni!

U jim bo‘ldi. Jahlim borgan sari chiqib ketyapti.

— Yozing arizangizni!! — dedim. — Bugundan boshlab bu yerda qorangizni ham ko‘rmayin! Oylik-poylik berilmaydi, hayf sizga!

— O’echam unday qilolmaysiz, aka! — dedi u. — Axir ikkovimiz kelishgan edik-ku?

— Nima deb kelishgan ekanmiz?

— Men har zamonda ishlayman, deganman, siz, yaxshi, ma’qul, degansiz. Men har oyda oylik berasizmi, har zamondami, deb so‘raganman. Siz har oyda, degansiz.

— Kelishuvimiz bo‘yicha siz ishlashingiz kerak edi!

— Kechirasiz, kelishuvimiz bo‘yicha men har zamonda ishlab, har oyda maosh olishim kerak!

— Qanaqasiga?

— Erkakchasiga…. — dedi u ko‘rsatkich barmog‘ini sirli qilib tepaga niqtab.

Shu so‘zni eshitdimu, o‘sha suhbat yodga tushib, tilimni tishladim.

Va men har qanday vaziyatda ham tezkor qaror qabul qila oladigan rahbar sifatida bo‘lim boshlig‘ini, ya’ni, tilginangga chipqon chiqqur Sarmanovni ishdan… bo‘shatmadim!

Shunaqasi ham bo‘lib turarkan, har zamonda…

Jasur Kengboev.

«Oila davrasida» gazetasining veb-saytidan olindi.

 

SHERLAR.NET
Категория: HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR | Добавил: admin (31-Января-2017)
Просмотров: 5230 | Теги: har zamonda, hajviyalar, kulguli latifalar, prikol hikoya, ajoyib maqolalar, kulgili hikoyalar, ajoyib hangomalar toplami, Prikollar, hajv | Рейтинг: 5.0/20

Har zamonda... haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada Har zamonda... haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda Har zamonda... dan tashqari yana HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Суббота 07-Декабря-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz