Вверх
Пятница, 19-Апреля-2024, 06:25
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR

Onamning boshiga yoqqan qor

Bola edim. Kech kuzning izg'irinli kunida uyga o'qdek uchib kirdim:

– Qor! Birinchi qor!

Onamning har doimgidek quvonib ketishini, biron-bir yoqimli so'z aytishini kutgandim. U esa: “A?” dedi-yu, derazaga tikilgancha bir zum qotib qoldi.

– Qor yog'yapti, aya! – ta'kidladim yana bir bor. – Endi maza qilamiz!

– Ha-a... Rostdanam yog'yapti. Muncha erta...

So'ng sapchib o'rnidan turdi-da, taxlayotgan kiyimlarini yig'ishtirishga tushdi.

– Bor, akangni chaqir. Keyin xolangnikiga o'tib, biryo'la uni ham aytib kel. Biznikiga xotinlar kelishar ekan, degin.

Otam qazo qilganidan beri “xotinlar kelyapti” degan so'z menga yig'i-sig'ini eslatar, yuragimda ezgin tuyg'ularni uyg'otardi. “Qirq”dan keyin bir necha hafta o'tgan, uyimizda asta-sekin ilgarigidek sokin hayot hukmronlik qila boshlagandi. Nega yana ayollar kelisharkin? Onamni savolga tutish payti emasdi, chunki undagi behalovatlik meni zudlik bilan aytganlarini bajarishga da'vat qilardi.

Xolamnikiga etib-etmasimdan o'ziga ro'para bo'ldim.

– Bilaman, – dedi og'iz ochishim bilan. – Qorni ko'riboq sizlarnikiga otlangandim.

– Nima bo'ldi o'zi, xola? Nimaga xotinlar kelishadi?

– Otangning “qor yog'di”siga. Odam o'tganidan keyin birinchi marta qor yoqqanda shunaqa marosim bo'ladi.

– Nima qilishadi, yig'lashadimi?

– Otangni eslab, haqqiga duo qilishadi.

So'ng ancha jim qolgan xolam xo'rsinib qo'ydi va xuddi o'zi bilan gaplashayotganday, sekin so'zlay ketdi:

– O'limning ishi qiyin. Hali bahorda “gul”i bor, yozda “qovun”i... Opam sho'rlik “qirq”ni amallab o'tkazgandi. Endi, mana, boshiga qor ham yog'di...

Hovlimizda opalarim, bir-ikkita qo'ni-qo'shni kuymalanib yurar, qozon osilgan, katta uyga joy hozirlangandi.

– Esim qursin, – dedi onam xolam bilan ko'risha turib, – uch-to'rtta piyoz ola kelsin, demabman. Uyda ozroq edi.

– Hechqisi yo'q, hozir opkeltiraman. Go'sht bormidi ishqilib? – so'radi xolam ovozini pasaytiribroq.

– Oldik. Qassobimiz tuzuk odam, nasiyaga beraveradi...

Sho'rva qaynab chiqib, er oqarishib qolganda ayollar kela boshlashdi. Onam, opalarim yana yig'lashdi. Otamning bevaqt vafotidan keyin mening bola ko'nglimda paydo bo'lgan, oxirgi kunlarda esa asta-sekin g'oyib bo'la boshlagan ichki bir og'riq yana zo'raydi.

Biz choy ustiga choy, non ustiga non tashib turdik. Ostonaga etganda beixtiyor quloq solaman: ichkarida qizg'in suhbatlar borar, hatto ora-sira engil kulgu ko'tarilardi. Bola ko'nglim og'rinadi: nega ular otamni eslab xafa bo'lishmayapti? Nega otam haqida gapirishmayapti?

Rangi za'faron onam esa kirtaygan ko'zlarini uzoq-uzoqlarga tikib, chuqur o'yga tolgandi. Qor esa tobora tezlashar, yuzimga qo'nayotgan oppoq uchqunlar birinchi marta sovuq va yoqimsiz tuyulayotgan edi...

Undan beri ko'p suvlar oqib o'tdi. Zamon o'zgardi. “Qor yog'di”lar, “qovun pishdi”lar kamayib ketdi. Lekin hamon bor. Hamon inson aza marosimlarini cho'zish bilan ovora... Eskilarini yo'qotsa, yangilarini topadi.

– Shahar juda o'zgarib ketibdi. Etti yilcha bo'lgandi kelmaganimga, – deydi chekka tumanlik yo'lovchi hamrohim. Unga savol nazari bilan qaragandim, ma'yus gap qotdi:

– Uyimizda ketma-ket uchta aza bo'ldi. Avval onam, keyin qaynog'am, otam...

– Xudo rahmatiga olsin. Ammo shuncha vaqt aza tutish... uzoq emasmi?

– Endi, qishloq joyda shunaqa-da. Bir-ikki yil chetda yurmasangiz, kulishadi.

Kulishadi... Kimning ustidan? Yaqinidan judo bo'lib yuragidan qon silqib turgan, motamning tor qafasida bazo'r nafas olayotgan mushtiparning ustidanmi?

Bolaligimdagi birinchi qorni esladim. Qulog'imga dardimizni bo'lishgani kelgan ayollarning engil kulgusi eshitilgandek bo'ldi. Balki, o'zimizning ustimizdan kulayotgandirmiz?..

Manba: "Irfon" taqvimi

SHERLAR.NET
Категория: OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR | Добавил: admin (29-Января-2017)
Просмотров: 8415 | Теги: hikoya, volidalar haqida hikoyalar, ona haqida hikoyalar, onalar haqida hikoyalar to'plami, onam boshiga yoqqan qor, tasirli hikoya | Рейтинг: 5.0/32

Onamning boshiga yoqqan qor haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada Onamning boshiga yoqqan qor haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda Onamning boshiga yoqqan qor dan tashqari yana OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 19-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz