Xitoyning Ninbo shahridagi hayvonot bog`iga chiptasiz kirish uchun yashirincha, devor oshib kirgan erkakni yo`lbarslar g`ajib tashladi, deb xabar qildi “Ria.ru” nashri.
Voqea yakshanba kuni Chjeszyan viloyatidagi hayvonot bog`ida ro`y berdi. Guvohlarning ma`lumot berishicha, erkakka avvaliga bitta yo`lbars hujum qilgan bo`lsa, keyin ularning soni uchtaga etdi.
Chjan familiyali erkak hayvonot bog`iga rafiqasi va bolalari bilan kelgan. Chjan ularga chipta sotib olgan, o`ziga chipta olmasdan, taqiq belgilari bo`lganiga qaramay, hayvonot bog`ining uch metrli devoridan ichkariga sakrab tushishga qaror qildi. Devordan ichkariga sakragan erkak yo`lbarslar yashovchi katakka tushib qoldi. U erga tushishi bilan yo`lbarslardan biri hujum qildi. Hayvonot bog`i va polisiya xodimlari yo`lbarslarni mushaklar yordamida haydashga urindi. Birinchi bo`lib tashlangan yo`lbars esa otib o`ldirildi.
Ma`muriyatning xabar berishicha, hozirda hayvonot bog`i yopilgan. Mahalliy hukumat vakillari sayyohlar tashrif buyuradigan joylarda xavfsizlik chora-tadbirlarining qay holatda ekanligi yuzasidan tekshiruv ishlarini boshladi. Baxtsiz hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
|