Вверх
Пятница, 26-Апреля-2024, 15:27
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Январь » 17 » Xushta`m ziravorlar qanday xastaliklarga davo?
Рекомендуемы
10:06
Xushta`m ziravorlar qanday xastaliklarga davo?

Qadim-qadimdan ovqat tayyorlashda turli-tuman ziravorlardan foydalanib kelingan. Shu bilan birga ziravorlar turli kasalliklarga davo hamdir. Ziravorlarning asl vatani Hindiston. Ammo har bir mamlakat o`z dorivor o`t va giyohlari, ziravor o`simliklariga ham ega. Tabiblarning fikriga ko`ra eng yaxshi shifoni o`z o`lkangizda o`sgan o`t-giyohlardan topish mumkin ekan. Xalqimizda ham turli giyoh va ziravorlardan foydalanish odat bo`lgan. Taomlarimizni ularsiz tasavvur qilish ham mushkul. Yurtimizda ishlatiladigan aksariyat ziravorlar va ularning foydali jihatlari barchaga ham ma`lum emas. O`ylaymizki, ziravorlar haqida keltirib o`tilgan ma`lumotlar barchangizga birdek foydali bo`ladi…

 

Ishlatishni bilasizmi?

  • Ba`zi tibbiyot kitoblarida aytilishicha, ziravorlarni yog`da qovurib bo`lmaydi. Ziravorlar yog`da qovurilganda uning tarkibidagi foydali moddalar yo`qoladi va toksinlar ajralib chiqa boshlaydi.

  • Hatto ziravorlarni ovqatga qo`shish tartibi ham mavjud ekan. Lavr yaprog`i, xushbo`y murch, qora kardamon, dolchin va boshqa “katta” ziravorlarni ovqat pishira boshlanganda solinadi. Qora murch, zira ovqat pishishining o`rtasida, zanjabil va boshqa maydalangan ziravorlarni esa ovqatni olovdan olishdan avval qo`shish lozim.

  • Saroy oshxonalarida esa avvaliga ziravorlar yog`da qovurib olinadi va so`ngra bu yog`da boshqa mahsulotlar qovurilgan. Albatta, ziravorlar yog`ga qovurilgach, bu taomga boshqacha xushbo`ylik va ta`m beradi, lekin bunday ovqatni salomatlik jihatidan foydali deyish mushkul.

  • Ziravorlar kundalik hayotda me`yorida ishlatilsa, inson salomatligiga ham jismoniy, ham ruhiy tomondan yaxshi ta`sir ko`rsatadi. Faqat ziravorlarni shisha yoki qopqoqli idishda to`g`ri saqlash, to`g`ri ishlata bilish lozim.

 

ARPABODIYON

Arpabodiyon – o`tkir va shirin ta`mga ega, tanani engil qizdiradi, oshqozon hazm qilish tizimini yaxshilaydi. Arpabodiyon efir, moyli yog` va oqsillarga boy. Og`riq qoldiruvchi, shamollashga qarshi xususiyatlari bor. Ikkinchi ovqat hozirlashda, choyda ishlatiladi, ezilgan va butun holatda ham taomlarga takrorlanmas ta`m beradi. Ishtahani ochadi, ginekologik kasalliklarga yaxshi yordam beradi, jigar faoliyatini yaxshilaydi. Emizikli ayollar 1 stakan qaynagan suvga yarim choy qoshiqdan qashqarbeda va arpabodiyon solib, damlab, bu damlamadan kuniga to`rt mahal yarim stakandan ichishsa, sutini ko`paytiradi.

 

QALAMPIRMUNCHOQ

Momolarimiz qalampirmunchoqni “yomon nazardan asraydi” deyishadi. O`tkir hid va ta`mga ega bo`lgan bu ziravor oshqozon-ichak tizimiga yaxshi ta`sir ko`rsatadi. Tanani qizdiradi, tish, quloq og`rig`ida yordam beradi. Oshqozon, jigarni baquvvat qiladi, shuningdek, miya qon aylanishini yaxshilaydi. Shamollashga qarshi vositalar sirasiga kiradi. Biroq bu ziravorni ovqatga ko`p solmang, uning o`tkir ta`mi ovqat mazasini kesadi.

 

ZANJABIL

Bir qarashda kartoshkani eslatuvchi bu ziravor o`tkir ta`mga va tanani qizdiruvchi xususiyatga ega. Bundan tashqari, yumshoqligi sabab, me`yorda shirasi ko`tarilishiga olib kelmaydi. Shamollashga qarshi yaxshi vosita. Oshqozon-ichak faolligini yaxshilash va qonni tozalash uchun yarim choy qoshiq quruq zanjabil, 7 tomchi limon sharbati, biroz tuzni aralashtirib, har kun ovqatdan oldin tanovul qilish lozim. Umurtqa pog`ona, bo`g`in og`riqlari, nevralgiya, asab qo`zg`aluvchanligi va ba`zi bir teri kasalliklarida zanjabil damlamasidan vanna qabul qilish foyda beradi. Og`riq qoldiruvchi, yurak-qon tomir kasalliklari, shamollashga qarshi yaxshi vosita. Ishtaha yo`qligida zanjabil sharbatini asal bilan qo`shib qabul iste`mol qilish kerak.

 

SEDANA

Achchiq ta`mga ega, el haydovchi, miya faoliyatiga yaxshi ta`sir ko`rsatadi, ko`rish qobiliyatini yaxshilaydi. Hozirgi kunda sut ko`paytiruvchi vosita sifatida ham foydalaniladi. Tarkibi turli efir moylari va boshqa foydali moddalarga boy. Ayniqsa, katta yoshli kishilar uchun juda foydali. Non va boshqa pishiriq mahsulotlarda ishlatiladi. Oxirgi paytda olib borilgan tadqiqotlarga ko`ra sedana inson imunitetini ko`tarishga juda yaxshi yordam beradi, shu bilan birga quvvatni oshiradi.

 

KASHNICH URUG`I

Kashnich urug`i achchiq va shirin ta`mga ega. O`tkir bo`lishiga qaramasdan tanani sovutadi. Bu ziravor tarkibi ham turli efir moylari, oqsil va boshqa foydali moddalarga boy. Buyraklarni davolaydi, qum hamda toshdan tozalaydi. Tanada yog`ning to`g`ri taqsimlanishini ta`minlaydi. Ichburug` kasalligiga qarshi dori vositalarga qo`shiladi. Bo`yrak xastaligi sizni bezovta qilsa 3 choy qoshiq kashnich urug`ini bir stakan qaynagan suvda damlang va kuniga 3 marta 2 osh qoshiqdan iching.  Turli taomlarda ishlatiladi.

 

KUNJUT

Kunjutni ziravor emas, oziq-ovqat mahsulotlariga qo`shimcha deyish mumkin. Yoqimli va biroz taxir ma`zasiga ega bo`lgan kunjut  tana quvvatini oshirishda, oshqozonni tozalashda, jigar faoliyatini yaxshilashda ishlatiladi. Kunjut, ayniqsa, katta yoshli kishilarga, kasallarga va quvvatsizlarga foydali. Pazandachilikda turli pishiriqlarda, nonlarda ishlatiladi.

 

LAVR YAPROG`I

Taxir va o`tkir ta`mi bor, tanani qizdiradi. Jig`ildon qaynashiga olib kelishi mumkin. Ayollarga homiladorlik va emizikli davrlarida iste`mol qilish zararli. Asabiy qo`zg`aluvchan kishilarga antidepressant sifatida tavsiya etilishi mumkin. Ko`p iste`mol qilinganda mushaklarda og`riq uyg`otadi. Ko`p miqdorda iste`mol qilish mumkinmas. Qichima, revmatizm, falaj va ba`zi teri kasalliklarida, o`smalarda lavr yaprog`i damlamasini badanga surtish lozim. Tomoq og`riganda lavr yoprog`i damlamasi yordamida nafas olish (ingalyasiya) mumkin.

 

ZIRA

Ko`p hollarda o`zbek oshlarida ishlatiladigan bu ziravorning mazasi o`tkir, shu bilan birga og`izga shirin ta`m ham beradi. Tarkibida, efir moylari va oshlovchi moddalar mavjud. Pediatriyada bola qorni dam bo`lishiga qarshi qo`llanadi. Emizikli onalarning esa sutini ko`paytiradi. Miya faoliyatini mustahkamlaydi, ko`rish qobiliyatini, ishtahani va xotirani yaxshilaydi, safro haydaydi. Pazandachilikda deyarli barcha issiq ovqatlarda ishlatiladi. Ba`zida nonga ham qo`shiladi.

 

YALPIZ

Yalpiz ham dorivor o`simliklar, ham ziravorlar sirasiga kiradi. Turli choy, sous, hatto yashil rang uchun ham ishlatiladi. Qurutilgan, toza shaklida ham turli salat va sabzavotli ovqatlar tayyorlashda qo`llaniladi. Toza yalpizdan tort hamda boshqa shirinliklarda bezak sifatida foydalanish mumkin. Tibbiyotda esa safro haydovchi, jigar kasalliklari, o`pka va oshqozon-ichak tizimini yaxshilash uchun foydalaniladi. Tarkibida, vitamin, efir moylari bor. Biroq yalpizni erkaklar iste`mol qilishi tavsiya etilmaydi.

 

QORA MURCH

Qora murch achchiq va yoqimli mazaga ega. Tanani qizdiradi. Xotirani yaxshilaydi, miyani tozalaydi, tonzillit, bronxit va yurak kasalliklarini davolaydi. Yilda bir marta ikki-uch hafta mobaynida ovqatdan so`ng uch dona qora murch donasini ichish zarur. Bu oshqozon-ichak tizimini tozalaydi.

Madina LUQMONOVA 


Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR | Просмотров: 1776 | Добавил: admin | Теги: sedananing foydalari, kunjut, ziravorlar haqida malumotlar, kujutning foydasi, qiziqarli malumotlar, kashnich haqida malumotlar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 26-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Январь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz