Shuncha satrlarim shuncha baytlarim Nahot qo'llaringa yetib bormadi Sevaman deb yozgan qancha xatlarim Yoki tosh yuraging eritolmadi
Qaysarginam beg'uborginam Ko'zlaringni sog'inayapman Shirin so'zli chiroyliginam Yuzlaringni sog'inayapman
Meni unut deding ayt qanday unutay, Sensiz Bu olamda endi man netay. Sevgimni xor etding , bir so'zga for etib, Endi ayt gulim , men qayga ketay.
Goh tushimga kirib tergaysan Deysan ; « Naxot meni sevmaysan » Axir bizlar kelishgan edik Men kutmayman va sen kelmaysan ...
Bilib bilmay osmonga uchding, Sevmay turib qòyniga uchding. Bilsang agar qaytar dunyo, Yolg'on ertak sózga uchding.
Yurak qoldi jabir ostida Dard atalmish og'ir ostida Tashqarida yo'lingga qarab Kutayapman yomg'ir ostida
Tunlar bedor bo'lib meni o'ylamaysizmi Eslaganda oz bo'lsada yig'lamaysizmi Osmondagi yulduzlarga aytib dardingiz Bir kun mensiz yashasangiz sog'inmaysizmi
Seni deb ne kuyga tushdim, Seni deb ko'klarga uchdim, Kuydirdi ku ishq otashi, Sinib qanotim yerga tushdim.
Xamon yo'lda meni sevgim, Og'rinadi g'arib bu dilim, Xotiralardan izlab bahtim, Yonishimni bilsang edi.
Olamni chulg'ab olib qora bulutlar Zulmat ichra qoldim seni kutiblar Unutmasman gulday jamoling Ammo unitibman gulning neligin