"HAYRLI TONG JONIM QANDAY DAM OLDINGIZ"
Shunday habar kelmay qo'ydi telefonga
Shirin - shirin gaplar aytib bir go'zal qiz
Ulashardi har tunimni yangi tongga
Bilmadim bu taqdirmidi, Yoki shunday o'yimnidi,
Rostin aytish qiyinmidi? Axir seni sevardim-ku.
Tilimdan isming gulim, Hilolday xusning gulim,
Ushlamay qo'ling gulim, Axir seni sevardim-ku.
Ko‘ngil uzib ketay desam, yurak bunga ko‘nmaydi
Ayriliqni azobiga, mening kuchim yetmaydi
Hammasidan kechib ketish, qo‘limdan ham kelmaydi
Sevmayman deb aytolmayan, bunga tilim bormaydi
Nega seni sevib qoldim, bilmayman
Beparvosan menga, nega sendan kechmayman
Yoningda o‘zga yor, buni bilsamda nachora
Nega sendan yurak kechmas, hech tushunmayman