Xamon yo'lda meni sevgim,
Og'rinadi g'arib bu dilim,
Xotiralardan izlab bahtim,
Yonishimni bilsang edi.
Qayga boqmay seni aksing,
Qanday ekan xozir xoling,
Tashlab xamma yumishing,
Bu axvolim bilsang edi.
Qolib ketdim qaylarda men,
Goho shirin tushlarda men,
Izing tushgan yo'llarda men,
Parvonaman bilsang edi.
Ey yuragim nimalar qilding,
ishq sharobin nega tutding?
Azoblarimga ko'zing yumding,
Yumiq kozim ko'rsang edi.
Talpinaman xuddi buloqdek,
Tunda bedor oq hiloldek,
Bir nishon yo'q uchqundek,
Devonaman bilsang edi.
Rahming kelsin ey gulyuzim,
O'zim sevgan, kuygan o'zim,
Senga balki bu so'ngi so'zim,
Bu xolimni bilsang edi.
Dardim eshitmas xechkim,
Kelar goho og'uni ichgim,
chaynab yutay shu tilim,
So'ngi bora kelsang edi...
SHERLAR.NET