Вверх
Четверг, 25-Апреля-2024, 04:06
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Январь » 15 » Pul o`ylab sarflansa, iqtisod qilish shart emas!
Рекомендуемы
18:38
Pul o`ylab sarflansa, iqtisod qilish shart emas!

Maoshgacha hali bir hafta bor. Ammo hamyoningizda bir necha kundan beri shamol sayr qilib yuribdi. Yana topadiganingizdan ortig`ini xarajat qilib, kamiga qarzga ham botib o`tiribsizmi? Unda sizning byudjetingiz ustida jiddiy ishlash kerak.

Muammo nimada?

Bir o`rtog`im bor, ismi Zarina. Gap shundaki, uning oylik daromadiga har qanday boyvuchcha havas qilsa arziydi. Bunaqa maoshni ko`plar tushida ham ko`rmagan. Shundanmi u kimgadir dabdurustdan, «qarz berib tur, oylikdan qaytaraman» deb qolsa, odam dastlab, jiddiy so`rayaptimi yo kalaka qilayaptimi, degan xayolga ham boradi. Aslida u aytarli darajada shopogolik ham emaski, topgan puliga do`kon aylanib, uyum-uyum kiyim xarid qilsa. Shunchaki, Zarina pulni to`g`ri xarajat qilishni bilmaydi. Oyligini oliboq, qarzlarini qaytaradi. Bundan ortganini mayda-chuyda xarajatlariga ishlatadi. Qarabsizki, oy oxirida yana qarz so`rashga majbur.  Bir gal esa u butun bir oylik maoshini to`laligicha kreditor do`stlariga taqsimlagan.

Zamondoshlarimizning aksariyatida aynan mana shu—pulni to`g`ri xarajat qila olmaslik muammosi bor. Qancha pul topish emas, topganingizning qanchasini va nima maqsadda sarflaganingiz muhim.

Byudjetingizni himoya qiling!

Pullaringiz har doim va har narsaga etishi uchun oilaviy byudjetga ayrim qonun-qoidalar va o`zgartirishlar kiritish zarur.

Xullas, siz maosh oldingiz. Va peshana teringiz bilan ishlab topilgan yap-yangi pullar hamyoningizni qappaytirib, ko`zingizni quvontirib turibdi. «Bizda maosh plastik kartochkalarda beriladi», deysizmi? Xo`sh, nima bo`libdi? Har tugul u o`zingizga ishonch hissini bag`ishlab turibdi-ku! Qaytanga, plastik kartochkadagi mablag`ni yig`ish qulayroq ham.

1. Maoshni olgan kuningizoq uning 10-15 foizini alohida ajratib qo`ying (agar oila qurgan bo`lsangiz, siz va turmush o`rtog`ingizning maoshi qo`shib hisoblanadi). Bu pul orzu havaslaringiz (mashina sotib olish yoki sayohatga) yoki shunchaki, «qora kunlar»ga yaraydi. «O`zi shundog`am oylikdan oylikkacha yashayapmizu, shundan ham keyinga deb kessak nima qoladi», demoqchisiz to`g`rimi? Unda daromadingiz 10 foizga kamaydi deb tasavvur qiling. Axir shunday bo`lgan taqdirda ham qolgan 90 foiziga ro`zg`or tebrata olardingiz-ku.

Pul yig`ishni endi boshlagan paytingizda ertangi kun uchun daromadning 10-15 foizidan ortig`ini olib qo`yish ham yaramaydi. Qat`iy tejamkorlik rejimida 1 hafta, 10 kun, uzog`i 1 oy yashay olasiz, lekin keyin, pulingiz bo`la turib o`zingizga shuncha cheklovlar qo`yayotganingizdan jahlingiz chiqib, yig`ayotgan pulingizni ishlatib qo`yasiz. Va kamiga «men pul yig`olmas ekanman», degan xulosaga ham kelasiz.

2. Alohida konvertga majburiy to`lovlar uchun muayyan summani solib qo`ying. Har oy uy, soliqlar uchun, qolaversa, bolalar bog`chasiga ham pul to`lashingiz aniq. Bunday to`lovlarni baribir amalga oshirish kerak bo`lsa, shuning harakatini oldindan qilib qo`ygan ma`qul.

3. Qo`lingizga taqvim olib, shu oyda o`tkaziladigan tadbirlar—to`y, tug`ilgan kun, o`tirishlar bor-yo`qligini ko`rib chiqing.Chunki agar oy davomida to`y, tug`ilgan kunlar bo`lsa, baribir sovg`a olishingizga to`g`ri keladi.  Shuning uchun uchinchi konvertning ustiga tortinmay, «sovg`alar uchun», deb katta qilib yozingda, unga ataganingizni soling!

4. Xo`sh shunday qilib, yuqoridagi xarajatlardan keyin maoshingizdan qancha qoldi? 100 mingmi, 150 mingmi yoki 200mingmi? Ishqilib qancha qolgan bo`lsa ham bu aynan o`sha kundalik xarajatlaringiz uchun oy davomida sarflashga mo`ljallangan summangizdir. Yuqoridagi gapda «oy davomida» jumlasi asosiy ekaniga ahamiyat bergandirsiz? Arifmetika borasidagi bilimlaringizga ishonchingiz komil bo`lmasa, qo`lingizga kalkulyatorni oling (yaxshiyamki, bu mo`jazgina texnika taraqqiyoti qo`l telefonlarida ham bor). O`sha qolgan 100, 150 ming summani 30 kunga bo`ling. Natija 3333, 5000 yoki 6666 chiqdi, to`g`rimi?  Endi siz oilaviy byudjetingizga zarar qilmaslik uchun har kuni tahminan qanchagacha pul sarflashingiz mumkinligini bilasiz. To`g`rirog`i, kundalik me`yordan ortiqrog`ini sarflashingizku mumkin, lekin grafikdan chiqib ketmaslik uchun boshqa kunlar xarajatni yana kamaytirishingizga kerak bo`ladi.

Mayda xarajatlar

Hech e`tibor berganmisiz, biz mayda-chuydalar xarid qilishda hech o`ylanib o`tirmaymiz. Aynan shu mayda xarajatlar hamyonimizni «ozdiradi». Masalan, bir plitka shokolad va saqich xarid qilishning o`zidayoq, bir pasda 3,5-4 ming so`m pul sarflanadi. Bozordan qaytgach, «aytarli hech narsa olganim yo`g`-u, bor pulimni ishlatib qo`yibman-a», degan fikr har birimizning xayolimizdan hech bo`lmasa bir marta o`tgani aniq. Mayda xarajatlar katta qarzlarga olib kelishi mumkinligini unutmang!

Yo`q, bu bilan hayotingizga rang beruvchi, yoqimli xaridlardan tiyiling demoqchimasmiz. Shunchaki, nima muhimu, nima ikkinchi darajaliligini va qaysi xaridning umuman foydasi yo`qligini o`ylab tursangiz bo`ldi. Ba`zi bir keraksiz xaridlardan voz kechish evaziga dengiz bo`yida dam olsangiz, chiroyli mebel sotib olsangiz yoki ajoyib avtomobil sohibi bo`lsangiz yomonmi?!


Категория: Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari | Просмотров: 4026 | Добавил: admin | Теги: pulni iqtisod qilish, boy bo'lish, millioner bo'lish, pulni tejab sarflash, pulni tejash, pul topish, pul topish yo'llari, qiziqarli malumotlar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 25-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Январь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz