Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIBga 2017-yil 17-iyul kuni xotin o‘z eri bilan janjallashib, uni pichoqlab qo‘ygani haqida ma’lumot kelib tushgan, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Soat 20:00 larda O‘zbekiston tumanida yashovchi uy bekasi Nazira Sharipova (ism-sharifi o‘zgartirilgan) shifokor bo‘lib ishlovchi turmush o‘rtog‘i Jaloliddin Vohidov bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik oqibatida janjallashib qolgan.