Вверх
Четверг, 25-Апреля-2024, 20:50
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Июль » 22 » O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ijodiy imtihon bahosidan norozilik bildirgan fuqaroga kuch ishlatishdi (video)
Рекомендуемы
20:46
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ijodiy imtihon bahosidan norozilik bildirgan fuqaroga kuch ishlatishdi (video)

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining Marhabo Alimova ism-sharifli foydalanuvchisi “Prezident Sh.M. Mirziyoyev tarafdorlari va qo‘llash komandasi” guruhida 20-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yuz bergan hodisa haqida xabar qoldirgan, xabarga hodisa joyidan olingan videoyozuv ilova qilingan.

Guruhda qoldirilgan shikoyatning muallifi Xalqaro jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirish bo‘yicha ijodiy imtihon natijalaridan qoniqmay, apellyatsiya berish istagini bildirganida, universitet va fakultet xodimlari tomonidan qarshilikka duch kelganini ma’lum qilgan.

Assalomu alaykum! Men Toshkentdagi universitetlarning birida bo‘lgan adolatsizlik haqida yozyapman. Mazkur holat yuzasidan chora ko‘rilishini xohlardim.

Biz 20-iyul kuni soat 9:30 larda ijodiy imtihon baholarini bilish uchun universitetga bordik. Baholardan qoniqmay, apellyatsiya bermoqchi edik, lekin bo‘lgan voqealarni so‘z bilan tasvirlab bera olmayman. Oxir-oqibat, menga shu universitet xodimi kuch ishlatib (qo‘llarimni qattiq qayirib, har xil haqoratli so‘zlar bilan haqoratlab), telefonimni qo‘limdan yulib oldi.

Ular hech kimdan apellyatsiya arizalarini qabul qilmayotgan edi. Lekin biz bilan sodir bo‘lgan janjaldan so‘ng, birinchi arizani 10:25 da ro‘yxatdan o‘tkazishdi. Keyin ichkaridan xona tayyorlab, ariza yozish uchun sharoit bor, deb shuni ko‘rsatishdi. Shu sharoitlarni oldindan tayyorlab qo‘yishsa va bizga insondek muomala ko‘rsatishsa bo‘lardi-ku!

Marhabo Alimova, Facebook foydalanuvchisi

Ushbu xabarga ilova qilingan videoyozuvda telefonidagi kamerani yoqqan shikoyat muallifiga qarata: “Shantaj qilmoqchimisiiz?”, ma’nosida fikr bildirganini eshitish mumkin. Video oxirida esa kimligi hozircha noma’lum bo‘lan shaxs (shikoyatchiga ko‘ra — universitet xodimi) videoga olayotgan fuqaroning telefoniga tashlanganini ko‘rish mumkin. Qayd etish joiz, butun video davomida mazkur shaxs yuzini yashirishga harakat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan na O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va na Xalqaro jurnalistika fakulteti munosabat bildirgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa ikkiga bo‘lingan. Bir guruh foydalanuvchilar universitet xodimlarining qo‘pol muomalasini tanqid qilgan.

“Hali bu meshqorinlarga navbat kelgani yo‘q. Prezidentimizning hali bular bilan shug‘ullanishga vaqtlari bo‘lgani yo‘q. Hali ko‘pchilikka imkoniyat berilgan, biroq ba’zilar bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib ololmayapti”, — deb yozgan bir foydalanuvchi.

“Prezidentimiz aytganlaridek, ayrim domlalarning o‘zini qayta o‘qitish kerak. Nima qilayotganini, nima deyayotganini bilmay qolyapti, yog‘ bosib ketganidan. Yoshlarimizga qiyin”, — deb qo‘shimcha qilgan boshqa bir foydalanuvchi.

Ba’zi foydalanuvchilar esa videoxabar muallifi qoldirgan murojaatdagi imloviy va grammatik xatolarga ishora qilib, u (yoki unga aloqador inson)ning ijodiy imtihondan yiqilgani to‘g‘ri bo‘lganini ta’kidlagan.

Rasm ochilmagan bo'lsa ustiga bosing

Facebook’dagi guruhda qoldirilgan shikoyat matni (skrinshot)

“Arz qilishdan oldin savodingizni to‘g‘rilang”, — deb qat’iy ta’kidlagan foydalanuvchilardan biri.

“Imtihonning birinchi bosqichidan nima uchun o‘ta olmagani shu yerdan ham ma’lum. U baribir o‘qishga kira olmaydi. Jurnalistlarimiz bu qadar savodsiz bo‘lishini istamasdim”, — deb yozgan yana bir foydalanuvchi.

“Yozgan murojaatingizda xatolar juda ko‘p. Shu sababli imtihon savodli topshirilganiga katta shubham bor. Farzandingiz yaxshilab tayyorgarlik ko‘rib, keyingi yil qayta topshirsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi”, — deb qo‘shimcha qilgan boshqa foydalanuvchi.

O‘z navbatida, shikoyat muallifini shantajda ayblaganlar ham topiladi. “To‘polon va shallaqilik qilib, hammani telefon va Facebook bilan qo‘rqitib, ishni bitirib yuradigan noinsoflar ham ko‘payib ketdi”, — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

“Rosa ommalashdi-da bu telefon, internet deganlari. Hojatxonagacha qo‘yildi, qoyil! Stol-stul yo‘q bo‘lsa ham, mana internetda!”, — deb kinoya qilgan boshqa foydalanuvchi.


Manba: Daryo.uz

Категория: Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1897 | Добавил: admin | Теги: bahosidan, universitetida, Imtihon, Jahon, ijodiy, davlat, bildirgan, tillari, norozilik, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 25-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Июль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz