Suriyaning Tartus shahrida dunyoga kelgan chaqaloqqa Vladimir Putin ismi qo`yildi. Suriya armiyasida xizmat qiluvchi harbiy xizmatchining so`zlariga ko`ra, u o`g`lini Rossiya prezidenti ismi bilan nomlab, Putinga mamlakat hududida terrorizm bilan kurashda ko`rsatayotgan yordami uchun minnatdorchilik bildirmoqchi bo`lgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, bola o`zini yaxshi his qilmoqda. Ota-onasi chaqaloqni Rossiya bayrog`iga o`rab, suratga olishgan. Mazkur surat Xmeymim aviabazasining Facebook`dagi sahifasiga joylashtirildi.
Bundan avval Misrda tug`ilgan chaqaloqqa Putin ismi berilgani haqida xabar berilgan edi.
Manba: Darakchi.uz
|