Ikki marta tok urgan va elektr uzatish tarmog‘ining 30 metrlik tayanchidan qulab tushgan erkak tirik qoldi. Yuz bergan hodisa videosi 1-mart kuni YouTube’ning Amazing — It’s Impossible kanaliga joylandi.
Rolik 25 ming martadan ortiq ko‘rilgan.
Jabrlanuvchining ismi va hodisa qayerda yuz berganligi noma’lum. Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, qora tanli erkak (kiyimiga qaraganda servis xizmati xodimi) balandlikdan qulab tushgandan keyin nafasini zo‘rg‘a tiklagan, biroq uning hech qayeri sinmagan.
Manba: Darakchi.uz
|