Goho yoshlik qilib qalbingiz tildim,
Kechiring mendayin farzandingizni.
Olis yurtlarda men qadringiz bildim,
Onajon sog'indim, sog'indim sizni
Har tong issiq non yo'q dasturxonimda,
Oromim yo'q na kunim, na tunimda.
Garchi shuncha yaqinlarim yonimda,
Onajon sog'indim, sog'indim sizni