Вверх
Пятница, 26-Апреля-2024, 20:17
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Февраль » 14 » Valentin kunini musulmonlar nishonlaydimi?
Рекомендуемы
21:31
Valentin kunini musulmonlar nishonlaydimi?

Musulmonlarga Valentin kunini, boshqacha nom bilan aytganda «sevgi bayrami»ni nishonlashga ruxsat yo‘q bo‘lib, sababi bu bayram nomusulmon xalqlarning bid’atidir. Islom dinida faqat ikkita bayram bo‘lib, bu o‘rinda hech qanday mustaqil hukm va shaxsiy fikr ortiqchadir. Alloh aytadi: «Biz har bir ummatga shariat berganmiz. Ular o‘shanga amal qilguvchilardir. Bas, bu ishda hargiz sen ila nizo qilmasinlar. Robbingga da’vat qil. Albatta, sen mustaqiym hidoyatdasan» (Haj surasi, 67 oyat).

Payg‘ambarimiz Muhammad (sollalohu alayhi vasallam) musulmonlarga kofirlarning marosimlari va odatlariga taqlid qilishni taqiqlaganlar, chunki tashqi ko‘rinishdan ularga o‘xshashlik o‘z ortidan ularga ruhan yaqinlikka sabab bo‘lib, musulmonlarni ularning xulqi va harakatlariga rozi bo‘lishiga majburlaydi. Va, aksincha, ulardan tashqi ko‘rinishdan ajralib turishlik Allohga ishonuvchilar uchun ular bilan ruhan yaqinlashmaslik va ularning yomon harakatlarini oldini olishga yordam berib, Allohning qahriga duchor bo‘lishdan va Allohning marhamatidan mahrum bo‘lishdan asraydi. Abu Dovud ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v) aytdilar: «Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, bas u o‘shalardandir».

Shu bilan birga, Payg‘ambar alayhissalom musulmonlar orasida boshqa dinlarning izdoshlari, jumladan, yahudiy va nasroniylarning izdoshlari paydo bo‘lishidan ogohlantirganlar. Imom Buxoriy va Muslim Abu Said Xudriydan (r.a) rivoyat qiladilar: Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) aytadilar: «Sizlar o‘zingizdan avval yashab o‘tgan xalqlarning turmush tarziga qarichma-qarich, gazma-gaz ergashasizlar (rioya qilasizlar). Hatto kaltakesakning iniga kirsalar, sizlar ham kirasizlar» Sahoblar so‘rashdi: «Yo Rasululloh, (ular) yahudiy va nasroniylarmi?!». «Bo‘lmasa, kimlar?!» – deb javob berdilar.

Boshqa bir hadisda keltiriladi. Nabiy alayhissalom aytadilar: «To ummatim o‘zidan oldingi qavmlar ushlagan narsalarni qarichma-qarich va gazma-gaz ushlamagunicha qiyomat bo‘lmaydi», dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh, fors va rumga o‘xshabmi?» deb so‘raldi. «O’shalardan boshqa kim ham bo‘lardi?!» dedilar. Bu hadisni Buxoriy Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilgan.

Afsuski, bu bashoratlar allaqachon haqiqatga aylandi va kofirlar tomonidan musulmon mamlakatlarga keng ko‘lamda tarqatilmoqda. Musulmonlar ichida shunday «musulmonlar» ham bor bo‘lib, ular yot marosimlar, odatlar va hatto o‘z hayot yo‘llarini kofirlarga taqlid qilgan holda «bayramlar» tashkil qilib, nishonlamoqdalar. So‘ngi vaqtlarda musulmon yoshlar orasida ham bu «bayram» tarqatilayotganligi bois Valentin kunini nishonlash xavf-xatar tug‘dirmoqda.

Bu bayramning tarixi qadimgi Rimga borib taqaladi. Fevral oyining o‘rtalarida rimliklar, cho‘ponlar va ovchilar homiysi bo‘lmish afsonaviy xudo Pan sharafiga qurbonlik keltirib, Luperkaliya festivalini o‘tkazishgan. Qurbonlikka it va echki keltirilgandan keyin mushaklari baquvvat ikki nafar yoshlar (qoidaga binoan, ular taniqli oiladan bo‘lishgan) qurbonlikning qonini o‘z badanlariga surtgan. Ularni qovurishdan oldin echkining terisini shilib, undan uzun bo‘laklar hosil qilishgan. Marosimdan keyin yalang‘och yoshlar echki terisidan olib, katta namoyishni boshlagan. Namoyishdagilar ularning yo‘lini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan barchani teri bo‘lagi bilan savalashgan. Hatto ayollar ham bu savalashlar bepushtlikka davo bo‘lishiga va tug‘ruq jarayoni oson o‘tishiga ishonib, o‘zlarini savalashlariga atayin imkon yaratib berishgan. Vaqt o‘tishi bilan ayollar ham butunlay kiyimsiz (yalang‘och) holga kelgan.

Boshqa bir bayramona marosim xulosasiga ko‘ra, ayollar o‘z ismlarini yozib, uni buklab qutiga tashlagan va xohlovchilar ulardan birini olgan. Shu tarzda bayram davomida ba’zan kelgusi yilga qadar u o‘zi uchun juft topgan. Tarixchilarning tasdiqlashiga ishonadigan bo‘lsak, bu odat miloddan avvalgi V asrdayoq mavjud bo‘lgan.

Luperkaliya festivali rimliklar tomonidan shunchalik qadrlanganki, hatto nasroniylik dinini qabul qilganlaridan so‘ng ham bu festivaldan voz kechishmagan. Biroq bu odat faqatgina 469 yilda imperator Gelatsius tomonidan qonuniylashtirilib, unga ko‘ra 14 fevral avliyo Valentin kuni deya e’lon qilingan.
Nasroniylar tomonidan «Sevgi bayrami» deb nomlanadigan bu «bayram»ga avliyo Valentin ismi bog‘liqligi haqida turli afsonalar mavjud.

Afsonalardan biriga qaraganda, imperator Klavdiy II rimlik askarlarga oila qurishni taqiqlab qo‘yadi. Uning fikricha, oilaviy majburiyatlar ularni jangovar holatlardan chalg‘itar edi. Imperatorning hukmiga askarlik niqobidagi Valentin ismli ruhoniy qarshilik qiladi. Bundan xabar topgan imperator uni zimistonga zindonband etib, o‘lim jazosiga hukm qiladi.

Zindonda Valentin zindon boshlig‘ining qizini sevib qoladi, lekin o‘z sirini oshkor qilmaydi. Chunki nasroniylikning qonunlariga ko‘ra, katolik ruhoniylari va monaxlari turmush qurishlari taqiqlanadi. Imperator unga joni evaziga nasroniylikdan voz kechib, Rim xudolarini tan olishni taklif qilganda ham u o‘z diniga sodiq qoladi. Valentin milodiy 269 yilning 14 fevralida Luperkaliya bayrami arafasida qatl qilinadi. Keyinroq katolik cherkovi uni «avliyo» deb e’lon qiladi va oddiy xalq 14 fevralni «sevgi bayrami» sifatida nishonlashni boshlaydi.

Dastlab cherkov bu bayramning marosimlariga qarshi chiqadi. Buning asosiy sababi bayram jamiyatning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblangan. Hatto, bu bayram ruhiyatga ta’sir etishligi e’tirof etilib, bir qancha Yevropa mamlakatlarida ham taqiqlab qo‘yiladi. Lekin keyinchalik XVIII-XIX asrlarda sevgi iqtiboslari va sevgi xatlaridagi she’rlarga ega bo‘lgan «Valentin kitobi» paydo bo‘lishi bilan unutilgan odat qayta tiklandi.

Shunday qilib, «Sevgi bayrami» majusiylarning e’tiqodi va qadimiy rimliklarning afsonalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, nafaqat musulmon shariatiga hatto umumiy ma’noga ham zidligini ko‘rishimiz mumkin.
Majusiylarning bayramini nishonlashni qabul qilish, ularning eng jirkanch ifodasiga to‘laqonli ravishda rozilikni anglatadi. Ularning ba’zi bir rasm-rusumlarini qabul qilish kufrga rozilikni bildiradi. Shuning uchun musulmonlar «sevgi bayrami» deb atalmish bu kunda bir-birlarini tabriklashga, sevgi xatlarini yo‘llashga kofirlarga ergashishga ruxsat yo‘q. Yanayam Allohga ayon.

Sardor Saidov tayyorladi

 


Категория: Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar | Просмотров: 1769 | Добавил: admin | Теги: valentin kuni haqida, valentin kuni to'g'rimi? savol javo, 14 fevral haqida, sevishganlar kuni haqida malumotlar, sherlar.net, Sevishganlar haqida | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 26-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz