Вверх
Пятница, 19-Апреля-2024, 04:53
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Август » 30 » Sevgi Iztirobi Turk Seriali Voqealar rivoji 1-qism (Kemal va Nihanning tanishuvi)
Рекомендуемы
17:33
Sevgi Iztirobi Turk Seriali Voqealar rivoji 1-qism (Kemal va Nihanning tanishuvi)

Assalomu alaykum serialning va saytimizning ashaddiy muxlislari! 
Biz sizga endi Sevgi iztirobi serialining kunlik voqealar rivojini yoritib boramiz. ZO'RTV kanalida ismlar o'zgartirilgan bo'lishi mumkin. Bizda esa ismlar turk tilida keltirilgan. Kamchiliklar uchun uzr so'ragan holda voqealar rivojini yozishni boshlaymiz: 

Yigit Kutubxonadan kitobni oladi va kutubxonachi yoniga boradi: 
- Kemal Suyder. 4 guruh. 
Kutubxonchi tekshirib kitobni Kemalga beradi. Kemal kitobni olganicha kutubxonadan chiqib ketadi. 
Kemalning otasi va Tarik akasi sartaroshxonada ishlashadi. 
Kemal avtobusga chiqadi. Shu payt bir qiz shoshib keladi. Avtobus eshigini taqillatadi va avtobusga chiqadi. 
Haydovchi bilan suxbatlashgach, Kemal u qizga yordam berishini aytadi. Qizning ismi Nihan. Qiz hursand bo'lganicha Kemalning yoniga keladi. Avtobusning silkinishi sabab, Nihan Kemalga urilib ketadi va shu yerda ilk yonma-yon nigohlar to'qnashadi. 
Nihan Kemaldan uzr so'raydi. Kemal esa pulni haydovchiga bermoqchi bo'lganida yana avtobus silkinadi. Nihanning sumkasidagi narsalari to'kilib ketadi. Kemal unga narsalarini yig'ishda yordam beradi. 
Kemal Nihanga bo'sh joyni ko'rsatib yuboradi. Nihan esa Kemalga qaraydi va sumkasidan varaq va qalamni olib, Kemalni rasmini chiza boshlaydi. Kemal esa ora-orada Nihanga qarab shubxalana boshlaydi. Ancha vaqt o'tgach Kemal orqaroqqa o'tib oladi. Nihan esa boshqa varaqni olib boshqa odamni sur'atini chiza boshlaydi. 
Avtobus to'xtagach Kemal asta avtobusdan tushib ketadi. Nihan esa avtobusda ketadi. 
Nihan telefonda gaplashgancha uyiga yetib keladi. Ukasi Ozan bilan ko'rishadi. Uyga kirib, hammaga kelganini aytadi. So'ng honasiga kirib ketadi. Nihan xonasida o'tirarkan, Kemalning kitobiga ko'zi tushib qoladi. So'ng avtobusdagi voqeani eslaydi. Yana o'z kursisiga o'tirgancha rasm chizishga tushadi. 
Nihanning onasi kirib, Nihanni tergay boshlaydi. Nihan xonadan chiqadi. Uyga Emir va uning ota-onasi tashrif buyurgan edi. Hamma dasturxon atrofiga o'tiradi. Biroz suxbatlashishgach, Emir uchun qadax ko'tarishadi. 
Suyderlar xonadonida ham kechki ovqat. Ular dasturxon atrofida gaplashib ovqatlanishadi. 
Nihan ota-onasi xonasiga kirib kelayotib, eshik ortidan onasining gaplarini eshitib qoladi. Ular qandaydir kelishuv kelishuv haqida gaplashayotgan edi. 
Kemal oynaga tikilgancha Nihanni esladi. So'ng kulib qo'ydi. Nihan esa Kemalning ko'zlarini chizgan rasmga termulgancha yotardi... 
Oradan 1 oy o'tdi... 
Kemal va Salih do'kondan gaplashib chiqib kelishayotsa, Salih do'kondagi oyoq kiyimlarga qaraydi. 
Kemal: - Sen nima qilyapsan? Shoshib turibmiz. Nega to'xtab qolding? 
Salih: - Bizning Zeyneb uchun. Qara chegirma bilan sotilyaptikan. 
Kemal: - Pulimiz yo'q bola. 
Salih: - Menda bor. Qani unga sotib olamiz. Sovg'a qilamiz. 
Kemal bunga ko'nmay, Salihni tergay boshlaydi va yon tarafiga qarab, hayratga tushadi. 
Kemal: - Bu nima? Qanaqasiga...? 
Salih: - Bu qanaqa rasm bo'ldi. Bu sening rasmingku... 
Kemal va Salih yugura boshlashadi. Katta bannerda Kemalning rasmi turardi. Bir chetda esa uning to'liq chizilgan rasmi. 
Buni Nihan qilganini bilgach, Salih va Kemal hursand bo'lganicha ketishadi. 
Emir ofisidan chiqib boradi. Mashinaga o'tirib, uyiga yo'l oladi. 
Kemal bilan Salih gaplashganicha yo'lda kelishadi. Kemal qo'lidagi sumkalarni Salihga beradi va o'zi Nihanning tug'ilgan kuniga borishini aytadi. 
Kemal restoranga yetib kelgach, Nihan yugurgancha tabassum bilan chiqadi. Qo'lini Kemalga qarab siltaydi. Kemal hursand bo'lganicha tursa, bir yigit kelib unga mashinani kalitini tutqazadi va chetga olib qo'yishini aytadi. Nihan esa qo'lini asli dugonasi uchun siltagan edi. 
Kemalning ko'ngli xiralashadi. Shu payt Emir ham keladi. Kemal esa kemalarni ta'mirlashga ketadi. Nihanni boshqa yigit bilan raqsga tushayotganini ko'rgan Emir, ularning yoniga boradi va bolani turtib yuboradi. 
Emir Nihanga faqat o'zi bilan raqsga tushishini aytadi. Nihan esa Emirdan qo'yib yuborishini talab qilib, tortishib ketishadi. Ularning oldiga birga raqsga tushgan yigit keladi va nima bo'layotganini so'raganda, Emir uni turtib yiqitadi. 
Nihan esa jaxli chiqib, Emir bilan janjallashib ketadi. Tashqariga chiqib ham yana janjallashadi. Emirning g'azabi qo'zg'aydi. 

Kemal kemalarni ta'mirlayotganda, Nihan kelib, bir katerni arqonini bo'shatayotib, behosdan suvga tushib ketadi. Asta cho'kib borayotgan payti suvga Kemal ham tushadi va Nihanning oyog'iga boylangan arqonni bo'shatib, uni qutqarib qoladi. 
- Tug'ilgan kuningiz bilan tabriklayman! 
Kemalning bu gapidan Nihan hayron bo'ladi. 
Nihan: - Sen mening tug'ilgan kunim ekanligini qayerdan bilasan? Sen o'shamisan? 
Ular suvdan chiqishadi va gaplashishadi. Nihan Kemalga hayotini saqlab qolgani uchun rahmat aytadi. 
Ozan va bir qiz Nihanni qidirib kelishadi. Nihan ularga hammasi yaxshi ekanligini aytadi. Kemal esa Nihan bilan katerda sayr qilishadi. Ular anchagina suxbatlashadi. 

Nihan bilan raqsga tushgan yigit mashinadan tushadi. Shu payt uni ikkita barzangi yigit kelib, ura boshlashadi. Emir esa bu holatni kuzatib turadi. So'ng voqea joyidan ketishadi. 
Kemal va Nihan kemada qaytib kelishib chekkaga tushishadi. Nihan hammasi uchun rahmat aytadi. Nihan mashinaga chiqib uyiga ketadi. Salih esa Kemaldan nima bo'lganini so'raydi. 

"Sening tug'ilgan kuning, bu mening tug'ilgan kunim" 
Guldagi ushbu yozuvni o'qigan Nihan, qog'ozni yirtib tashlaydi. Nihan va Ozan Emir to'g'risida baxslashib ketishadi. Nihan Emirni yaramas yomon odam deydi. 
Shu payt xonaga Nihanning oyisi kirib keladi va sovg'ani ko'rsatadi. Bu sovg'a Emirdan edi. Undagi xatni oyisi o'qigach, Nihanning ensasi qotadi. Ozan esa opasini jaxliga tegib, hazil qilib xonadan yugurib chiqib ketadi. 

Zeyneb dasturxonni yig'ishtirardi. Kemal esa ishga ketishga tayyorgarlik qilayotgandi. Kemalning oyisi nega parishonxotir bo'lib qolganini so'raydi. Kemal esa hechnima ekanligini aytadi. So'ng ishga ketayotganda Kemalning oyisi Kemalning dadasidan Kemal uchun pul so'raydi. Kemalning dadasi pul qolmaganini aytadi. Shu payt Tarik chiqib, Kemaldan qancha pul kerakligini so'raydi. Kemal pul kerakmasligini aytib chiqib ketadi. Tuvakdagi gullarni ko'targancha Kemal Leyla xonim yoniga keladi. 
Leyla xonim Kemaldan nima muammo bo'layotganini so'raydi. So'ng esa o'sha qizni yana ko'rdingmi deya savol beradi. Kemal esa xa deb javob beradi. Kemal Leylaga Nihanni tariflab tursa, Nihan unga qo'ng'iroq qiladi. 
Nihan: - Kemal bu senmi? 
Kemal: - Nihan. Salom. Ha bu menman. Tinchlikmi? 
Nihan: - O'zim shunchaki nomering to'g'rimi yoki noto'g'ri shuni bilmoqchi edim. 
Kemal: - Ha nomerim to'g'ri. 
Nihan: - Bezovta qilmadimmi? 
Kemal: - Yo'q hech ham. Men Leylaning yonida edim. 
Nihan: - Haligi aytgan odamingmi? 
Kemal: - Ha huddi o'sha. 
Nihan: - Yoniga borsammikan? Qayerda turadilar? 
Kemal shu payt Leylaga Nihan uning yoniga kelmoqchi ekanligini aytadi. Leyla hursand bo'ladi va manzilni tushuntiradi. 
Kemal Nihanga hammasini tushuntiradi. Kemal va Leyla hursand bo'lishadi. Nihan uydan chiqib ketayotsa, Oyisi undan qayerga ketayotganini so'raydi. Nihan ishi borligini aytib chiqib ketadi. 
Emir uning ortidan chiqib, Londonda katta konsert uchun ikkita chipta olganini aytadi. Nihan esa bormasligini aytadi va ketadi. Emir esa chiptalarni yirtib tashlaydi. 
Nihan Kemal va Leylaning yoniga yetib keladi. Ular ancha suxbatlashib o'tirishadi. Leyla bir nimadan bezovtalanganday xonaga kirib ketadi. So'ng xonasida qutini ochib, rasmlarga qaraydi va yig'laydi. Derazadan mo'ralab: 
- Nahotki, bu sen, Nahotki bu sen! 
Kemal Leylaga yordam bergani ortidan kirib ketadi. 
Kemal: - Leyla! Xo'sh, qanday? 
Leyla: - Nima qanday? Juda ham chiroyli. 
Kemal Leylani quchoqlab, hursand bo'ladi. Kemal va Leyla yeguliklarni olib chiqib, Nihanni tug'ilgan kuni bilan tabriklaydi. 
Emir Ozan bilan miltiqda o'q otishadi. 
Kemal Nihanni kuzatib qo'yadi. 
Tun. Kemal va Salih yana kemani ta'mirlashmoqda. Kemal va Salih gaplashib turishsa, Nihandan sms keladi. "Ertaga ko'rishamiz." 
Nihan chizilgan sur'ati yonida Kemalni telefonida rasmga oladi. Ularni Ozan tepada kuzatib turadi. 
Emir Nihanga qo'ng'iroq qiladi. Nihan esa javob bermaydi. Qayta-qayta qo'ng'iroqlardan keyin, Nihan telefonini o'chirib qo'yadi. Emirning bu holatdan jaxli chiqadi. Emir ofisdagi xodimlarga tayyor emasligini aytadi va xonasiga kirib, jaxl ustida hamma narsani sindirib tashlaydi. 
Kemal o'qishga borishini aytadi. Shu yerda ikkalasi ikki tarafga ketishadi. 
Emirning xonasiga bir xodim kiradi. Emir esa unga so'kina ketadi. So'ng eshik yonida Emirning dadasi paydo bo'ladi. Emirdan nima bo'layotganini so'raydi. 
Emir esa Nihanni juda-juda sevishini, lekin Nihan beparvolik qilayotganini aytadi. U faqat Nihanni xoxlayotganini aytadi. Emirning dadasi Emirning kesilgan qo'lini o'rab, unga aytadi: 
- Sen mening o'g'limsan. Sen uchun dunyoni beraman. Kerak bo'lsa Nihanni ham seniki qilib beraman. 
Sezinlar oilasi yana oilaviy muammoni muhokama qilishadi. Shu payt Emir Ozanga qo'ng'iroq qiladi. Ozanning ortidan Nihan chiqadi va nima ekanligini so'raydi. Ozan bilmoqchi bo'lsa, o'zi telefon qilishini aytadi. 
Nihan oyisi va dadasiga Galip amakisi kelganini aytadi. Nihanning oyisi va dadasi Galip bilan gaplashishadi. Nihan esa xonasiga chiqib ketadi. Shu payt Nihanga Kemal qo'ng'roq qiladi. 
Kemal: - Salom Nihan. Axvoling qanday? 
Nihan: - Salom. Men yaxshiman. Xonamdaman. Nima bo'ldi? 
Kemal: - Hechnima. Faqat seni ovozingni eshitgim keldi. 
Ular biroz suxbatlashishadi. 
Onder Galipga fabrika sotilmasligini aytadi va uyidan ketishini so'raydi. Shu payt Nihan kelib qoladi. Galip Nihanga: 
- Nihan hammasi sening qo'lingda. Fabrikani saqlab qolish sening qo'lingda. 
Onder va Galip tortishib turganda Ozan birdan o'zini tashlab yuboradi. (Ozanning tutqanoq kasali bor). 
Nihan: - Ozan! 
Hamma Nihanning baqirganini eshitib, Ozanning yoniga yugurishadi. Nihan yostiq keltiradi. 
Nihan ukasi Ozanni bag'riga olganicha jim o'tirardi. Galip Vildanga Nihanni ko'ndirish kerakligini aytib, uyiga ketadi. 
Nihanning telefoni jiringlaydi. Nihan qarasa Kemal edi. Telefonni olish ko'ngliga sig'madi. 
Ertasiga Nihan va Ozan dengiz bo'yiga borib, gaplashishib o'tirishadi. 
Kemal uyidagi chiroqlarni tuzatib tursa, telefoni jiringlaydi. Tarik telefonga qaraydi: 
- Oooo.. Nihan ismli qiz. 
Kemal akasining qo'lidan telefonini tortib oladi va tashqariga chiqib ketadi. Nihan bilan telefonda gaplashishadi. Kechki payt esa kemada birga ovqatlanishadi. 
Galip va Vildan telefonda gaplashishadi. Galip Vildandan tezroq muammoni hal qilishini so'raydi. 
Kemal va Nihan dengiz bo'yida suxbatlashishadi va bir-biriga ishonch bildirishadi. Shu yerda ular birinchi bor bir-biridan bo'sa olishadi. Ular juda ham baxtli edi. 
Salih va Zeyneb ularni ko'rib qolishadi va halal bermaslik uchun bir chetga berkinishadi. 

Kemal kompyuterda xabarlarni o'qib ishga kirganini ko'rib baqirib yuboradi. Salih kelib uni tabriklaydi. Kemal katta konga ishga qabul qilingan edi... 
DAVOMI BOR... 


Категория: Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji | Просмотров: 1482 | Добавил: admin | Теги: tarjima kinolar, turk seriallari, kara sevda soundtracklari, kara sevda haqida, sevgi iztirobi voqealar rivoji, O'zbek Tilida, yangi serial | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 19-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Август 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz