 Avvalgi 14-qismni o'qish >>
Hurmatli saytimiz muxlislari. Serialni voqealar rivojini yozish jarayonida kamchilik va anglashilmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Buning uchun taxririyatimiz nomidan uzr so'rab qolamiz. Do'stlaringizni ham saytimizga taklif eting!
Shu payt ularning yoniga Emir keladi. Nihan esa ketadi.
Emir: - Nima uchun mendan o'zingni olib qochasan - deydi.
So'ng Ozan bilan gaplashib o'tirishadi. So'ng Ozanning qo'lidagi tumorchani ko'rib hayron bo'ladi:
- Sen sevib qoldingmi?
Ozan biroz dovdiraydi.
- Qiz bola sovg'a qildimi? Qani ko'raychi?
Ozan: - Men buni do'kondan sotib oldim - deydi.
Ozan endi turib ketmoqchi bo'lganida Emir uni yelkasidan ushlaydi va Ozanga qaraydi. Ozan biroz jim turib kulvoradi:
- Bu qiz boshqacha. Men uni birinchi bor ko'rganimda nimanidir sezdim. Men uni sur'atxonada ko'rdim. U uchrashishimizni aytdi. Men bilan mashinanm bo'lsa ko'rishishini aytdi. Men unga yo'q deya olmadim. Lekin mashinam yo'qligini qanday aytaman.
Emir: - Qani buni menga berchi.
Emir Ozandan tumorchani oladi va cho'ntagidan mashinani kalitini olib birga qo'shib beradi. Ozan esa hursand bo'ladi.
Asu ham Soyderelar oilasi bilan hayrlashib, uyiga ketadi. Soyderelar uyiga kirib ketishayotsa, Kemal akasi Tarikni to'xtatadi. Xuseyn va Fehime ularning o'zaro gaplari bor ekanligini bilib, uyga kirib ketishadi.
Kemal: - Aka, nega menga buni aytmagandingiz?
Tarik: - Xo'sh nimani aytishim kerak?
Kemal: - Men sizni ko'rdim.
Tarik: - Xo'sh, qayerda ko'rding?
Kemal: - Emir Ko'zchio'g'luning yonida.
Tarik: - Shu muammo edimi? Men senga aytgandim. Shaxsiy sartarosh bo'laman deb. Ana, u foydalanmoqda. Pulini kelishib oldik. Nega yuzing buzilib ketdi. Qani, uyga yur!
Kemal: - Aka, siz nimalar deyapsiz?
Tarik: - Olloh, Olloh...
Kemal: - Nima Olloh, Olloh? Aka, bu havfli yo'nalish. O'zingizga muammo orttiryapsiz. Siz bilmayapsiz. U yaqinlarim orqali meni boshqarmoqchi. Aka, u shuncha sartaroshlardan nega aynan sizni tanladi. O'ylab ko'rdingizmi?
Tarik: - O'yladim uka, o'yladim. O'ylashimcha men bu ishni yaxshi qilaman.
Kemal: - Aka agar siz ozgina meni gaplarimga quloq solganingizda edi. Bu ishlarni qilmagan bo'lardingiz. Bu sizga mening so'nggi so'zim.
Tarik: - Nima men qo'yga o'xshab qolib ketaverarkanmanmi? Meni eshit Kemal. Sen mening boshlig'im emassan.
Kemal: - Bu mening oxirgi gapim dedim.
Kemal ichkariga kirib ketayotsa, yana Tarik gapiradi:
- Nima uchun sen bu bolaning xotini bilan ishlayapsan?
Kemal akasini yoqasidan ushlaydi:
- Nimalar deyapsiz aka?
Soyderelar hammasi biroz sukut saqlaydi. Kemal akasini qo'yib yuboradi.
Tarik: - Ko'rib qo'yinglar. Erkatoyingiz qanaqaligini. Men ishga kirdim. Emir Ko'zchio'g'lining sartaroshiman.
Xuseyn, Fehime va Zeyneplar hammasi Tarikka qaraydi.
Tarik: - Nega jim bo'lib qoldingiz dada? U qachon ishlasa tinchu, men ishlasam notinchlik deysizlar.
Xuseyn Kemalni tergaydi. Hammasini u boshlaganini aytadi.
Emir Ozandan kalitni oladi va juda ham zo'r qizil mashinasini minib ko'chaga chiqib ketishadi. Uzoqroqqa borishgach, Emir mashinani Ozanga beradi. Ozan hursand bo'lganicha mashinani minib ketadi. Emir esa mashinaning hujjatlarini olib qoladi va Ozanning ortidan kulib qo'yadi.
Kemal ishga keladi. Asu uni kutib oladi. Ichkariga kirishgach ularning nigohi devorga qadaladi.
Asu: - men ularga aytgandim.
U jaxl qilib devor yoniga boradi. Undagi qog'ozni oladi. Devor esa yashil rangga bo'yalgandi. Kemal xonasiga chiqib ketadi.
Fehime Ko'zchio'g'lilar xonadoniga keladi va qo'riqchiga Nihan yoki Vildanni chaqirib qo'yishini aytadi.
Vildan: - Nihan kim kelibdi?
Nihan: - Kemalning onasi kelibdi.
Vildan: - Bu yerda nima ishi bor ekan? Efsane uni qabul qilma ketkazib yubor.
Nihan: - Oyi men uni qabul qilib bo'ldim. Uni eshitaylik.
Vildan: - Nihan yana o'zingga muammo orttirma.
Fehime keladi. Nihan uni kutib oladi.
Fehime: - Sening qizing meni o'g'limni tinch qo'ysin.
Nihan: - Fehime xonim men shu yerdaman. Nima gapingiz bo'lsa o'zimga ayting.
Fehime: - Qizingni eri bor. Biz esa yaqinda kelin olmoqchimiz.
Fehime Vildanni tergab tashlaydi va qizi o'g'lini tinch qo'yishini ta'kidlaydi.
Zeynep ishga keladi. Fatix bilan telefonda gaplashadi va ichkarida boshliq kelishini kutib turadi.
Stulda o'tirgancha telefonini kamerasini yoqadi va atrofni kamerada kuzatayotsa, kamerada erkak kishi kelayotganini ko'radi. Ro'parasiga qarasa uning oldiga kelgan erkak o'zini tanishtiradi
- Emir Ko'zchio'g'li
Zeynep unga tikilib qoladi. Onder esa qayernidir kuzatib turadi.
Emir Zeynepga qo'l uzatadi va yoniga o'tiradi. Emirning odami esa bir chetda ularni sur'atga oladi.
Emirni ko'rib Zeynep biroz o'ylanib qoladi. Emir nega rad etayotganini Zeynepdan so'raydi. Zeynep esa akasi Kemal tufayli ekanini aytadi. Emir biznesda shaxsiy narsalar bo'lmasligini aytadi. Zeynep esa akasi hali buni bilmasligini Fatix bilan tuzilgan shartnomadan Kemalni xabari yo'qligini aytadi.
Zeynep dovdiragancha u yerdan ketmoqchi bo'ladi. Shu payt Emir uni chaqiradi. Zaynap ortiga qarasa, Emir unga qolib ketayotgan telefonini ko'rsatadi. Zeynep telefonini olib ketadi. Emir esa Zeynepni qanday qilib ko'rib qolganini eslaydi. Emir Fatix bilan gaplashadi va Zeynep uchun sovg'a tayyorlashini bunga Fatixsiz erisholmasligini tushuntiradi.
Zeynep kayfiyati yo'q holatda Ozanni yoniga chiqadi. Ozan aylanib kelishni tavsiya etadi. Zeynep esa o'zini yomon his qilayotganini aytib, uyiga tashlab qo'yishini Ozandan iltimos qiladi. Ularni derazadan kuzatib turgan Emir yo'l harakati boshqarmasiga qo'ng'iroq qiladi. Emir kapitanga Ozanni ushlashini aytadi.
Onder Leylani uyini kuzatgancha keyin u yerdan ketadi.
Ozan va Zeynep mashinada gaplashib ketishayotsa ularni DAN xodimlari to'sadi. Ozandan mashina hujjatlarini so'raydi. Ozan mashinani hujjatlarini qidirishga tushadi.
- Hujjatlar... hujjatlar. Ular yo'q.
DAN xodimi: - Mashina o'zingiznikimi?
Ozan: - Aaa.. Yo'q. Opamni eriniki. Emir Ko'zchio'g'li
DAN xodimi: - Guvohnoma.
Ozan: - Menda u yo'q
Zeynep: - Ozan. Hazillashayapsanmi?
DAN hodimi ularni jarima maydoniga tortib qo'yishini aytadi.
Vildan esa xizmatkorlarga bo'lgan voqea hususida hechkimga aytmasligini buyuradi.
Vildan va Nihan gaplashayotsa, Nihanning telefoni jiringlaydi:
- Nima? Ozan nimalar deyapsan?
Ozan: - Bu haqida Emirga va dadamga telefon qilib aytolmayman. Mashinaning litsenziyasi yo'q ekan. Tezroq Emirga qo'ng'iroq qiling.
Zeynep: - Janob politsiyachi. Meni qo'yib yuboring. Meni bunga aloqam yo'q.
Politsiyachi: - Ketishingiz mumkin emas.
Zeynep havotirga tusha boshlaydi. Ozan esa telefonda gaplashadi. Emir esa kapitan bilan gaplashib, unga minnatdorlik bildirib yana kulib qo'yadi.
Shu payt Emirning telefoni jiringlaydi. U Nihanga tezda borishini aytadi.
Leyla gullarni tartibga solayotsa uning oldiga Onder keladi.
- Ozan sizda guvohnoma yo'q ekan.
Ozan: - Ha. Hozir uoilam va advokatim kelishyapti.
Hodim: - Tushunarli. Lekin nega kasalligingiz haqida indamadingiz?
Zeynep hayron bo'ladi va Ozandan kasalligi haqida so'raydi.
Hodim: - Ha xonim. Uning kasali bor. Istalgan vaqtda huruj berib qolishi mumkin.
Zeynep: - Sen nega menga bu haqida aytmading. Men bilan hazillashayapsanmi?
Ozan: - Sen menga mashinada kelishimni aytding. Men sening gapingni rad eta olmadim.
Zeynep Ozanni tergay boshlaydi. Ozan esa o'zini yomon his qila boshlaydi. Sekin stolga o'tiradi. Zeynep esa havotirlana boshlaydi. Shu payt Vildan va Nihan kelishadi va darxol Ozanga dorisini berishadi. Ularning ortidan Emir ham keladi va Zeynepga uning sirini saqlashini aytadi.
So'ng, bu yerga shosha-pisha Kemal ham yetib keladi va Zeynepga qaragancha hayron bo'lib qoladi:
- Zeynep!...
DAVOMI BOR...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.
|