Germaniyadagi Edeka supermarketi faqatgina kulrang bo`tqasimon atalaga o`xshash taomni iste`mol qilib, semizlikdan aziyat chekuvchi shahar aholisi haqidagi reklama roligini yaratdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
15 fevral kuni Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylashtirilgan mazkur rolikni 36 milliondan ortiq foydalanuvchi tomosha qilgan bo`lsa, YouTube kanalida uni 2,7 million kishi tomosha qilgan.
Videorolikning bosh qahramoni bo`lgan bola shahardan qochib ketmoqchi bo`ladi, ammo semizligi tufayli hech qayoqqa ketolmaydi. Qushlarning meva tanovul qilayotganini ko`rgandan keyin u ham kulrang atalani iste`mol qilishdan bosh tortib, meva bilan qorin to`ydiradi. Natijada esa ozishga erishadi.
Edeka mazkur videorolikni sog`lom turmush tarzi kechirishni targ`ibot qilib, foydali mahsulotlar iste`molini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqardi. Supermarket vakillarining so`zlariga qaraganda, “odam tom ma`nodagi inson bo`lib qolishi uchun insonga o`xshab ovqatlanishi lozim”.
Manba: Darakchi.Uz
|