Вверх
Среда, 24-Апреля-2024, 18:54
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Февраль » 1 » Qoraqalpog'iston respublikasi haqida
Рекомендуемы
09:07
Qoraqalpog'iston respublikasi haqida

Qoraqalpogʻiston , Qoraqalpogʻiston Respublikasi — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi respublika. 1924 yil 14 okt.da Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 1569,4 ming kishi (2005). Poytaxti — Nukus shahri tarkibida 14 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor.

Davlat tuzumi. Qoraqalpogʻiston — parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan suveren demokratik respublika. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi — koʻp partiyaviylik asosida 5 yil mud-datga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi (QR JK). QR JK raisi respublika rahbari hisoblanib, u JK deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ket-ma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi huku-mati hisoblanadi. Q.da Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda q.Oliy kengashining 1993 y. 9 apr.dagi 12-chaqiriq 12- sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega.

Tabiati. Qoraqalpogʻiston Qizilqum choʻlining shim.-gʻarbiy, Ustyurt platosining jan.sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining jan. qismi Qoraqalpogʻiston hududida. Qizilqumning shim.gʻarbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik boʻlib, qator tepa va qumli bar-xanlar (balandligi 75 m dan 100 m gacha) uch-raydi. Alohida togʻ massivlari (eng , yirigi — Sulton Uvays togʻi, choʻqqilari 473m va 485 m) bor. Sugʻoriladigan yerlar va sugʻorish kanallari, asosan, deltaning oʻng sohilida. Gʻarbida bir nechta botiqli (Borsakelmas, Asakaovdon botiqlarining balandligi 29– 101 m) Ustyurt platosi joylashgan. Plato Orol dengizi va Amudaryo deltasiga tik yon bagʻirli jarlik — chinklar hosil qilib tushgan. Ustyurtdan jan.sharqda Sariqamish soyligining shim. chekkasi joylashgan.

Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va boshqa bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yogʻadi. Yanv. oyining oʻrtacha temperaturasi janubda —4,9°, shim.da — 7,6°^ iYulda jan.da 28,2°, shim.da 26°. Yillik yogʻin 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 194— 214 kun. Eng yirik daryosi—Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qad. sugʻoriladigan hudud sifatida maʼlum. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Nukus shahrida joylashgan suv xoʻjaligi boshqarmasi Taxiatosh gid-rouzeli, Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha boʻlgan (283 km) hududdagi daryoning barcha suv chiqarish inshootlarini nazorat qiladi. Oʻrta va yuqori oqimlarda daryo suvi sugʻorishga koʻp sarflanishi natijasida hozirgi Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi.

Qoraqalpogʻistonning eng yirik koʻli — Orol dengizi, shuningdek, Xoʻjakoʻl — Qora-jar koʻllar sistemasi bilan bogʻlangan Sudochye koʻl sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida tashkil etilgan sunʼiy suv havzalarida mavjud. Soʻnggi 40 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida sugʻoriladigan yerlarning kengayishi natijasida Orol dengizi suv sathi 2005 yil boshiga 23 m pasaydi. Q.ning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xoʻjaliklari tashkil etilgan.

Tuproqlari. Amudaryo deltasida allyuvial-oʻtloq, allyuvial oʻtloq-toʻqay, qurib qolgan koʻl va botqoqliklarda tipik shoʻrxok, Ustyurt platosida va Qizilqumda taqir tuproqlar, Qiziljar, Toʻqmoqtogʻ va Ustyurt platosida kulrangqoʻngʻir, Orol dengizining qurib qolgan tubida qumli choʻl tuproqlari tarqalgan.

Qoraqalpogʻistonda yuksak oʻsimliklarning 979 turi uchraydi. Ularning 41 tasi madaniy turga mansub. Yovvoyi oʻsimliklarning 176 tasi endemik, 11 tasi qoldiq (relikt) va 33 turi madaniy oʻsimliklarning yovvoyi ajdodlari. 7 turdagi oʻsimlik Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Qoraqalpogʻiston hududi tropik boʻlmagan choʻl zonasida joylashganligi sababli oʻsimlik qoplami zonalar boʻyicha ajralib turadi: Ustyurt platosi, Amudaryo deltasi, Qizilqum shim.-gʻarbi va qoldiq past togʻlar tabiiy geografik zonasi. Ustyurt land-shafti gipsli, shoʻrxok va qumli choʻl boʻlib, oʻsimliklari gipsofit, galofit va ozroq psammofitlardan iborat. Bu hududda 400 dan ziyod yuksak oʻsimlik turi mavjud.

Amudaryo deltasida 655 turdagi gulli oʻsimlik oʻsadi. Deltaning suv havzalarida, aksincha, oʻsimlik turi kam, asosan, qalin toʻqay oʻsimliklari va qamishdan iborat. Qizilqumning shim.gʻarbiy qismida katta maydonlarda siyrak oʻt-butali choʻlga xos oʻsimliklar (kserofil boshoqlilar, qorabosh, efemerlar, yulgʻun, oq sak-sovul) oʻsadi.

Qoldiq togʻlarda oʻsimlik turi nisbatan koʻp. Bu yerda 506 turga mansub yuksak oʻsimlik uchraydi.

Hozirgi vaqtda Qoraqalpogʻiston tabiiy oʻsimliklaridan yem-xashak, oʻrmon (toʻqay) xom ashyosi va dorivorlar sifatida, 50% yer maydonidan (9387,7 ming ga) yay-lov sifatida foydalaniladi. Q. oʻrmon-toʻqay fondi 1129 ming ga maydonni egallaydi. Toʻqaylar asalarichilikda ham ahamiyatga ega. Respublikada dorivor oʻsimliklarning 364 turi mavjud.

Hayvonot dunyosi ham xilma-xil: umurtqali hayvonlarning 500 ga yaqin, shu jumladan, sut emizuvchilarning 68, qushlarning 300 dan ziyod, sudraluvchilarning 33, suv va quruqlikda yashovchilarning 2, baliqlarning 50 ga yaqin turi maʼlum. Umurtqasiz hayvonlarning 3500 dan ortiq turi aniqlangan. Soʻnggi 10 yil ichida Qoraqalpogʻiston hayvonot dunyosi ancha oʻzgarishlarga uchradi. Koʻpgina turlar soni qisqardi va ular noyob yoki yoʻqolib borayotgan turlar qatoriga kiritildi. Sut emizuvchilarning 10, baliqlarning 12, qushlarning 37, sudraluvchilarning 10 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Choʻlda sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilonlar; kemiruvchilardan yumronqoziq, qumsichqon, qoʻshoyeq; yirik sut emizuvchilardan jayran, boʻri, tulki; qushlardan saksovul soykasi, burgut, tuvaloq, soʻfitoʻrgʻay; oʻrgimchaksimonlardan chayon, falanga va boshqa yashaydi. Toʻqaylarning hayvonot dunyosi nisbatan boy: qirgʻovul, oʻrdak, gʻoz, qoravoy, loyxoʻrak; sut emizuvchilardan chiyaboʻri, toʻqay mushugi, boʻri, tulki, tolay quyon, qobon va boshqa Ondatra iqlimlashtirilgan. Amudaryo va Oroldan pilmay, sazan, taran, laqqa baliq va boshqa ovlanadi. Baʼzi turlar yoʻqolib ketgan va sanoat ahamiyatini yoʻqotgan. Shu bilan birga Qoraqalpogʻiston suv havzalarida baliqning yangi 14 turi iqlimlashtirilgan.

Respublikada 3 maxsus qoʻriqlanadigan tabiiy hudud: “Badaytoʻqay” davlat qoʻriqxonasi, “Saygʻoq” va “Sudochye” buyurtma qoʻriqxonalari tashkil etilgan. Qoʻriqlanadigan hududlarning umumiy maydoni 1056,5 ming ga.


Категория: Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot | Просмотров: 2650 | Добавил: admin | Теги: Qoraqalpog'iston respublikasi haqid, qoraqalpog'iston haqida, qoraqalpog'iston, qoraqalpoq, qoraqalpog'iston ko'chalari | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Среда 24-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz