Вверх
Пятница, 29-Марта-2024, 00:21
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 336
Статистика
Главная » 2017 » Август » 14 » O'zbekistonda 50 ming so'mlik banknotlar muomalaga kiritilmoqda (FOTO)
Рекомендуемы
20:31
O'zbekistonda 50 ming so'mlik banknotlar muomalaga kiritilmoqda (FOTO)

2017 yilning 22 avgustidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 50000 so'm bo'lgan banknot ko'rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi. 

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 50000 so'm bo'lgan pul belgilari 144 x 78 mm. o'lchamdagi himoyalangan qog'ozda tayyorlangan. 

Banknotning o'ng tarafidagi keng oq rangli sathda O'zbekiston Respublikasi Gerbi va “50000” raqami ko'rinishida suv belgisi mavjud. 

Oq rangli sathning chap tarafidan qog'oz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi eni 4 mm. bo'lgan himoya ipi o'tkazilgan. 

Banknot old tomonining markazida Mustaqillik maydonidagi «Ezgulik» arkasi tepasidagi parvozga shaylangan laylaklar tasvirlangan. 

Chap yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi mavjud. Ushbu matn «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» so'z birikmali takrorlanuvchi mikromatnli chiziq bilan ajratilgan. 

Mikromatnli chiziq ostida «O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART» matni aks etgan. 

Matn ostida to'q yashil rangdagi O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. 

Banknot chap tarafining pastki qismida 50000 raqami va «ELLIK MING SO‘M» yozuvi mavjud bo'lib, banknotning qiymatini bildiradi. 

Yuqoridagi barcha tasvirlar va yozuvlar bo'rtib turadi, ushlab ko'rilganda seziladi. 

Markazda O'zbekiston Respublikasining hoshiyalangan xaritasi joylashgan bo'lib, uning foni «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» so'z birikmali takrorlanuvchi mikromatn ko'rinishida ishlangan. 

Chap taraf pastki qismidagi va oq rangli sathda joylashgan “50000” raqamlari tepasida yettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan. 

Oq rangli sathning yuqori qismidagi maxsus belgi arka tasviri ko'rinishida bo'lib, yorug'likka qaratilganda arkaning rangi banknot orqa tomonidagi rangli fon bilan to'ldiriladi. 

Arkaning ostida banknot chiqarilgan yil “2017” ko'rsatilgan. 

Oq rangli sathning pastki qismida ko'rish burchagiga qarab rangini bronza rangidan yashil rangga o'zgartiruvchi va ushlab ko'rilganda bilinadigan bo'rtib turuvchi “50000” raqami mavjud.

Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari ko'rinadi. Oq rangdagi sathning yuqori qismida arka tasviri mavjud bo'lib, yorug'likda ko'rilganda banknot old qismidagi tasvir bilan bir-birini to'ldiradi. 

Banknotning markazida “ANJUMANLAR SAROYI” me`moriy binosi tasvirlangan. 

Tasvirning yuqori chap burchagida bir-birini kesib o'tuvchi “50000” va “SO‘M” yozuvlari mavjud bo'lib, ularning tepasida banknotning qiymati so'z bilan “ELLIK MING” ko'rsatilgan. 

Shuningdek, banknot qiymati “50000” ko'rinishida yuqori o'ng va pastki chap burchaklarda aks etirilgan. 

Ostki fon nafis chiziqlar qo'llanilgan holda ishlangan milliy naqshinkor bezaklar va bo'rtib turgandek taasurot uyg'otuvchi banknot qiymati ko'rinishidagi raqamli tasvirlardan iborat. 

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni joylashgan. 

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 50000 so'm bo'lgan pul belgilari, ayni paytda muomalada bo'lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo'jalik yurituvchi sub`yektlar va aholi tomonidan o'z qiymati bo'yicha barcha turdagi to'lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart. 


Manba: Kun.uz

Категория: Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 2263 | Добавил: admin | Теги: o'zbekistonda yangi pul, ellik ming so'm rasmlari, yurtimiz yangiligi, uzb 50 ming pul, 50 ming so'mlik, dollar narxlari, yangi pul, 50 ming fotolari | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 29-Марта-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Август 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz