14 yoshli pokistonlik o`smir ko`zini kosasidan bir necha santimetr tashqariga chiqara olishi bilan ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Ahmad Xon o`zining “super iqtidori”ni namoyish qilgan video ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`ldi.
“O`tgan yili tasodifan qovog`imni ishqalaganimda ko`zim soqqasidan chiqib ketdi. Men ko`zimga shikast etkazdim, deb o`yladim. Ammo keyinchalik bunday harakat ko`zimga hech qanday ziyon etkazmasligini angladim”, deydi bola.
Hozirda Ahmad Xon Pokistonda juda mashhurdir. Mahalliy telekanallardan bir nechtasi undan intervyu oldi. Ammo Ahmad Xon o`qiydigan maktabdagi bolalar uning “o`ziga xos odati”dan hayiqishadi. “Men o`zimdagi bu qobiliyatim bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirishni niyat qildim”, deydi o`smir.
|