Вверх
Среда, 08-Мая-2024, 23:14
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Февраль » 7 » Husnixatimiz biz haqimizda nima deydi? (Psixologik maqola)
Рекомендуемы
22:06
Husnixatimiz biz haqimizda nima deydi? (Psixologik maqola)

Bir parcha qog‘ozdagi yozuv biz haqimizda nimani anglatishi mumkin, deb o‘ylarsiz? Grafologiya, ya’ni insonning husnixatiga qarab uning xarakterini bilish nazariyasi orqali qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

So‘zlar orasida bo‘sh kataklar ko‘p bo‘lsa, yozuv sohib yoki sohibasi o‘zini yolg‘iz his qilyapti.

Tartibsiz yozuvlar  turmushini nazorat qila olmaslik.

Katta harflar  tartibsizlik.

Juda kichik harf (“chumoli yozuv”)  o‘ziga ishonchi past inson, ehtiyotkor, realist, lekin texnika bilan tez til topishadi.

Uzun harflar  estetika, mardlik, qobiliyat va adabiyotga mehr.

Semiz harflar  ochiqlik ramzi.

Raqamlarga o‘xshash harflar – o‘qimishli, sabrli va biroz sovuqqon.

Varaqqa siyoh ko‘p tomizilgan, yozuvida surkalgan joylari ko‘p bo‘lsa – noziktabiat, shuningdek, kutilmagan, ajoyib ishlarni bajarishga rag‘bat kuchli.

Harfdagi belgilarni tashlab yozish – yolg‘iz qolganda o‘ziga xizmat ko‘rsatolmaydi, o‘ziga nisbatan bee’tibor.

Ilgaklarni gajak bilan yozish – qarorni oson va tez qabul qiladilar. Nazoratni yaxshi ko‘radilar, qonunlarga bajonidil amal qiladilar. Shuningdek, optimist bo‘ladilar.

Yirik-yirik yozadiganlar – o‘ta iltifotli, saxiy, ko‘ngilchan va san’at shaydolari.

Ingichka yozuvlar – harakatchan, lekin birovning dardini tushunmaydigan kishilar.

Harf oralarini katta-katta ochib yozish – mablag‘ni besamar sovurishdan darak.

Ilgakni uzun tushirish – zavq-shavqqa to‘la insonlar.

Tepaga chiqqan uzun chiziqlar – hissiyotga boy kishilar.

Ilmoq uchlari o‘tkir – haqqoniylik va ochiqlik.

Xattotlar xatiga o‘xshash – fantaziya kuchliligi, yuksak qobiliyat egasi, shu bilan birga qo‘rqoq va beqaror.

Bezaklarsiz, oddiy, so‘zlar orasida bo‘sh kataklar xammasida bir xil tashlangan bo‘lsa, harflarning shakli ham deyarli bir xil  –aql ustuvorligi.

Harflar bir-biri bilan bog‘langan, qo‘lcha hosil qilgan – o‘z fikrini hurmat qilish.

Yengil, ortiqcha kuch va harakatsiz – xarakteri ham yengil, hayotdan rozi, birovga quloq tutuvchi va ergashuvchi, mehribon.

Kerakmas paytda, masalan so‘z o‘rtasidagi harflarni ham kattada yozish, so‘zlar orasida ko‘p joy tashlash – quvnoq, hazillarni yoqtiradigan, sevgi va orzuga moyil, shuningdek matematik qobiliyatga ega.

O’ng tomonga og‘ishtirib yozish – faol va orzularga boy,
o‘ng tomonga juda ham ko‘p egilgan, natijada oxirgi xarflar deyarli ko‘rinmay qolgan, bir qarashda titrab yozilganga o‘xshasa – ta’sirchanlik.

Titrab yozish – talabchan, go‘zallikka mehri baland, dangal, ayni vaqtda qo‘rqoq.

To‘g‘ri qilib yozadiganlar – xarakterida qo‘rquv yo‘q.

Yozuv aniq, o‘qishga oson, harflar bir-biriga bog‘langan bo‘lsa, bu mehnatkash, ishlarni chin dildan qilish, ba’zida pessimist. Bunday odamlar gohida ochiq gapirib, qo‘pollik ham qilib qo‘yadilar.

Chap tomonga og‘ishtirib yozish – erkin emaslik, doimiy xarakteri yo‘q, aniq qadamni qo‘ya olmaydi.

Kichik varaqqa ko‘p narsa sig‘dirish (tejamkor usul) – buning iqtisodga dahli yo‘q. Aynan shunday yozadiganlarga o‘zboshimchalik yot bo‘ladi.

Tez va chiroyga kam e’tibor berib yozish – bu odamning ishi yozishni ko‘p taqozo qiladi va u ko‘p vaqtlarda biror joydan ko‘chirib emas, o‘zi o‘ylab, ichidan to‘qib yozadi.

 Buni qarangki, husnixatimizning tashqi qiyofamiz bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlari ham bor ekan.

Baland bo‘yli insonlar. Deyarli hech vaqt bo‘g‘in ko‘chirib o‘tkazmaslikka harakat qiladi, yozuvida chalkashlik yo‘q, chiziqlar tortilmagan toza oq qog‘ozga ham bir tekisda, chiroyli yoza oladi.

Past bo‘yli insonlar. So‘zni to‘liq yozishga joy yetsa ham bo‘g‘in ko‘chirish oati bor, harf va so‘zlarni cho‘zibroq yozishadi, ilmoqlarni uzun-uzun qo‘yishadi.

O’rta bo‘yli insonlar. So‘zlarni qisqartirib yozish odati bor, qator oxiridagi so‘z yo harflar pastgacha tushib ketadi.

Oq-sariqdan kelgan, malla sochli insonlarning yozuvi aniq, did bilan yozilgan, harf va so‘zlari mayda, cho‘zilmagan bo‘ladi. Qator chizilmagan varaqqa ham bir tekisda chiroyli yoza oladi. Ularning ko‘pchiligini husnixati chiroyli.

Qora sochli insonlar ulardan farqli ravishda, qator chizilmagan qog‘ozga bir tekisda yoza olishmaydi, ko‘pincha husnixatlari tepaga qarab chiqib ketadi. Shunga qaramay, chiroyli yozishga urinishlar sezilib turadi. Ular bosh harflarni ajratib ko‘rsatishni xohlashadi, ba’zan keraksiz joyda ham bosh harfni ishlatadi.

Davlat ishida ishlovchi kishilar harflar formasiga e’tiborsiz yozishadi.

Pala-partish yozadiganlar esa ko‘pincha ishchi, hunarmand, xizmatchilarga tegishli bo‘ladi.

Faoliyatida bevosita pul bilan ishlovchi, masalan, sotuvchi, dorixona xizmatchisi, tadbirkorlar ko‘p o‘chirishadi, bo‘yashadi. Umuman olganda, ularning husnixati kamdan-kam chiroyli bo‘ladi.

Qator chizilmagan qog‘ozga yozganda pastga tushib ketish shoirlarga xos.

Grafologiyada kuzatilgan yana bir qiziq holat: eng chiroyli, benuqson va bexato husnixat egalari ko‘p hollarda tikuvchilarga xos bo‘ladi.

Xo‘sh, grafologiya har doim ham oqlanadimi? Bu borada psixologlarning fikri ham turlicha. Zero, inson murakkab, uning ruhiyatini aniq aytib berish mushkul.

Nima bo‘lgandayam, o‘zlikni anglash hamma uchun har qachon qiziqarli bo‘lib kelgan. Balki endi siz ham oddiygina qaydlarga befarq qaramassiz…

 

SAMO tayyorladi.

 


Категория: PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI | Просмотров: 6305 | Добавил: admin | Теги: xarakter bilib olish, psixologik testlar, yangicha testlar olami, qiziqarli o'yinlar, ajoyib testlar, yozuvga qarab xarakter bilish, psixologik test | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Среда 08-Мая-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz