Atab bôlmas odam deb,
Iflos harom qôllari.
Yurmas yôlda xudo deb,
Foxishaning qullari!
Qolmaydi boror dôsting,
Yôqlamas sodiq iting.
Bolangga urar kasring,
Foxishaning qullari!
Odam demas jigarlar,
Bir yôqlamas yaxshilar.
Eshik ochar dôzaxlar,
Foxishaning qullari!
Rôzg'ordan siqib tortgan,
Bolasin risqin qirqqan.
Yuragi g'aflat bosgan,
Foxishaning qullari!
Qôrqgin erta qiyomat,
Shirin joning omonat.
Qayda qoldi oqibat,
Foxishaning qullari!
Bordir gulday ayoli,
Boshqa kimda xayoli.
Urar uning uvoli,
Foxishaning qullari!
Otang halol tuzini,
Oqla Onang sutini.
Bôlmas dunyo ustini,
Foxishaning qullari!
Kasring urib bolangga,
Diling tôlar nolangga.
Sig'maysan bu olamga,
Foxishaning qullari!
Qoqsa qoshin qayrilmang,
Nogox loyga tayrilmang.
But oiladan ayrilmang,
Foxishaning qullari!
Tinglab ushbu sôzimni,
Uchratib gox ôzimni.
Ayblamang bu kôzimni,
Foxishaning qullari!
Og'ir botar haqiqat,
Ayblamang meni faqat.
Ôziz ôylang oxirat,
Foxishaning qullari!
Xom sut emgan bandamiz,
Ammo ôylab bilamiz.
Nega gunox qilamiz,
Foxishaning qullari!
Buni kôrgan farzandlar,
Yurak bag'rin qonlatar.
Shunday ba'zi erkaklar,
Foxishaning qullari!
Qarib qolgan chog'ingda,
Gullar unmas bog'ingda.
Bor nuqsoning dog'ingda,
Foxishaning qullari!
Dog' tushirib naslingga,
Qaytmaysan hech aslingga.
Kuzlar kelar faslingga,
Foxishaning qullari!
Hech sôzingga kirmaslar,
Tôy bazimda qôymaslar.
Hurmating hech qilmaslar,
Foxishaning qullari!
Olmas birov nasixating,
Tegmas birovga nafing.
Ôzingga yetmas aqling,
Foxishaning qullari!
Uchib ayol makriga,
Uchrab Xudo qaxriga.
Afsus qilma oxiriga,
Foxishaning qullari!
Shamshod Safar aytgan gapi,
Ôylantirsa biroz qani.
Atab bôlmas yôq hammani,
Foxishaning qullari!
Muallif: Shamshod safar
SHERLAR.NET