Qabringizga keldim Ota,
Sog‘inibman ochig‘i...
Yig‘layverib g‘amga cho‘kdi,
Ko‘zlarim qorachig‘i..
Na bir taskin, na – da dalda,
So‘zsiz qolgan mamlakat.
Balki menday yig‘layotir,
Sizsiz qolgan mamlakat.
Aytolmayman, ichim to‘lgan,
Dardim to‘lgan, Otajon!
To‘rt oy avval siz emas, yo‘q,
O’zim o‘lgan, Otajon!
Shu tuproqdan qo‘nim topdi,
Armonlar, ohlar bugun.
Qabringizga tiz cho‘kmoqda,
Ne buyuk shohlar bugun.
Ishonmayman, o‘lmagansiz,
Sira ko‘nglim to‘lmaydi.
Siz avliyo edingiz –ku,
Avliyolar o‘lmaydi!
Hazrat Hizr tuprog‘iga,
Xotirotlar cho‘mildi.
Ming yil o‘tib, shu tuproqqa,
Yana Hizr ko‘mildi.
Bu tong qalbim azob chekib,
Og‘rinibman,Otajon!
Kulib turgan chehrangizni,
Sog‘inibman, Otajon!
Na bir taskin, na – da dalda,
So‘zsiz qolgan mamlakat.
Balki menday yig‘layotir,
Sizsiz qolgan mamlakat.
SHERLAR.NET