Agar sevsak, telba kabi sevamiz
Yonib kuyib jinni, bo‘lib yuramiz
Qiynalib zor bo‘lib, kuni tunlari
Yig‘lab tinmay, yomon o‘ylar suramiz
Sevgi shunday, qudratli bir ilohdir
Chin sevganlar, bu dunyoda serobdir
Yetolmagan, bir umirga harobdir
Orzulari, bir umirli sarobdir
Hayotingni o‘zgartadi, bir kunda
Yoki yaxshi, yoki yomon, bir zumda
Agar bo‘lsa yoring, hayot go‘zaldir
Yo‘q bo‘lsa bil, hayot u siz harobdir
O‘ldim kuydim, degan so‘zlar bekormas
Sevgisiz hech bir inson ham, yasholmas
Yashasa ham, ruxi vujidi o‘zi
Ammo yurak, taskin topmas chidolmas
Agar sevsang, kurush aslo yengilma
Chin sevgani, tuyg‘ularin o‘yin qilma
Aldab yolg‘on, sevaman deb ham yurma
Sevganlarni yo‘liga, to‘siq bo‘lma...
S.Gulshad
SHERLAR.NET