Bu tun sog'inchimdan ko'zim bo'ldi nam.
Sherga buyurtmani yozayotgan dam.
Shungacha men xudbin eslamabmana.
Meni xayolidan qo'ymagan ONAM.
Men shoir emas sharmandadurman.
Dunyodagi eng xudbin bandadurman.
Bu boshim tik yurishga aslo noloyiq.
Asl joyim kundadadurman.
Doim duodasiz, siz panoximsiz.
Siz meni quvonchim chekkan ohimsiz.
Sevganimga yolg'izim deganim yolg'on.
Faqat o'zingiz sajdagoximsiz.
Sizdan olisdaman, qismatim ekan.
Dilim vayron- yashashim ko'rkam.
Poyimda dunyolar to'lib yotsaxam.
Qalbimda kemtiklik, boisi siz kam....
Tushimga raxmatli momom kiradi.
"qadam tashla sen onang tomon."
Onasizlar bo'zlar tunu-kun.
Tirik ayriliq undanda yomon.
Besh yil bo'ldi diydor be nasib.
Sizni yozmabmana shuncha she'r yozib.
Bugun tunda ming faryod bilan.
Yig'ladim suratiz bag'rimga bosib.
Qo'ng'iroq qilaman pul yubordim deb.
So'raysiz xolimni sog'misan bolam?
Qachon qaytasan yolg'iz o'g'lonim?
Keginroq qo'ng'iroq qilarman onam. (tuuuut-tuuuuut)
Va bo'ldi shu bilan tugaydi suxbat.
Xayotdagi nomim , janob-beshavqat.
Men o'ris qizlarga gap sotayotgan dam.
Qo'ng'iroq kutasiz bechora onam.
1- aprelda qo'ng'iroq qildim.
"eshikni oching onam men keldim".
Go'shakdan sezildi yig'layotganiz.
Men axmoq aslo o'ylamabmana.
Xar kun ko'cha boshida kutayotganiz.
Lain ushlab olibdi juft bilagimdan
Ushbu sherni yozdim chin yuragimdan.
Yurtga qaytolmasam yetkazib qo'ying.
Onamga tosh bag'ir o'g'li nomidan.
SHERLAR.NET