Umrimiz ótyapti dóstlarim qarang,
Ba'zida haqiqat sarsonu,garang.
Qalbimiz tubita qasos bòlmasin,
Mehrli bólaylik kóngil qolmasin!
Xayrli otsinda har bir tongimiz,
Mayin shabadadek botsa shomimiz.
Ishlatsak yetadi kópdir ongimiz,
Mehrli bólaylik kóngil qolmasin!
Qóllab tursa dóstlar bir-birin,
Uchrashganda diydorlar shirin.
Aytsam sizga buning sirin,
Mehrli bólaylik kóngil qolmasin!
Diydorlashsak shirin sòzlar,
Tóysin bunda mehr kòzlar.
Olislarda dilim muzlar,
Mehrli bólaylik kóngil qolmasin!
Yaxshi yomon kunga hamrox,
Olloh òzi bersin panoh.
Hech biringiz qilmang gunox,
Mehrli bólaylik kóngil qolmasin!
Yaxshi orzu ushalsinda xóp,
Dilda armon bólmasinda tóp.
Yiroqlashib ketmangizda kóp,
Mehrli bòlaylik kòngil qolmasin!
Mehr tóla Shamshod qalbi,
Orzular kóp osmon hali.
Qaytib kelar bahor fasli,
Mehrli bólaylik kóngil qolmasin!
Muallif:Shamshod Safar!
SHERLAR.NET