Tanim tuproqqa kirguncha, xech kimga xor qilmagin ,
Berma mayli, mol-dunyo, tirnoqqa zor qilmagin.
Kodir Egam, doimo yaxshilarga oshno et ,
Zahar so‘zli, xayosiz pasga duchor qilmagin.
Do‘stlardan jabr ko‘rsam, sabr ila tuzim ber ,
Egdirib nomardga bosh, yuzim anor qilmagin.
Ne sitam - azob bo‘lsa, bu yorug‘ dunyoda ber ,
Kabrimni bir bog‘ ayla, o‘tda abgor qilmagin.
Sirot ko‘prigidan xam, o‘tmog‘imni qil oson ,
Oyog‘imni toydirma, yulimni tor qilmagin.
Dilda ne umidim bor, tilarman Sendan Tangrim ,
Ketar chog‘im rahm ayla, shaytonga yor qilmagin ...
SHERLAR.NET