Siring sotsa agar do'stlaring,
Manzilidan adashsa yo'ling,
Xatto boshga yetmasa qo'ling,
Dardingni kimga aytasan,
Ojizliging bilib qolasan.
Kuning mehnatda qoraysa,
Topganing baraka qilmasa,
Agar oilang notinch bo'lsa,
Dardingni kimga aytasan,
Qay devorga boshing urasan.
Sevsang majnundek kuyib,
Ketsa u Yuragingni yulib,
Ketasanda ummondek to'lib,
Dardingni kimga aytasan,
Saxrolarda sarson bo'lasan.
Niyyat qilib bir ishni tutsang,
Sal o'zingni o'nglab olsang,
G'iybatlarda qolib ketsang,
Dardingni kimga aytasan,
O'zingdan xam qo'rqib qolasan.
Tushib ming xil xolatlarga,
Javob izlab bu gumonlarga,
Kuning qolsa iymonsizlarga,
Faqat xudodan so'raysan,
Bu xayotdan vafo topmaysan...
SHERLAR.NET