Dilimdagi tilimda,
Tilimdagi dilimda,
Men omadni kutmayman,
Omad turar yo‘limda.
Ko‘zlari xumormisiz,
To‘rt fasli bahormisiz,
Oshiqlarim ko‘p meni,
Aytingchi, xushyormisiz.
Sevildimey, sevildim,
Qalbingizda sezildim,
Sog‘inchdan bedormisiz,
Shuni o‘ylab ezildim.
Uchrab qolsam, “hm” deysiz,
Yoningizda kim deysiz,
Bu qiz qo‘shnimiz desam,
Aldamagin jim deysiz.
Egovlamay aqlimni,
Chiqarmagin jahlimni,
Shunchaki hazillashsam,
Rostga yo‘yma gapimni.
Dilimdagi tilimda,
Tilimdagi dilimda,
Men omadni kutmayman,
Omad turar yo‘limda.
SHERLAR.NET