Doya ko‘rib xayron qolgandi.
Quloq solmay ular dodiga.
Xomila besh oylik bo‘lgandi.
Doya dedi yuzi qizarib.
Iloji yo‘q buni olishni.
Ota ketdi shunda bo‘zarib.
Udallaysiz dedi bu ishni.
Xomila besh oylik bo‘lipdi.
Kotta bo‘lib qolibdi ancha.
Qarang omad sizga kulipdi.
Farzand ko‘rmay yurganlar qancha.
Katta pulga so‘z berdi ota.
Oldindan xam pulini berdi.
Kim qoladi jabrini torta.
Doyani xam pul napsi yengdi.
Yotqizishdi onani birdan.
Boshladilar jallod ishini.
Ishlar edi jallodlar ildam.
Qochirmasdan pulni kuchini.
Kesishdilar bolani asta.
Teng yarimdan kesib oldilar.
Qiz xam ko‘rmay yurganlar qancha.
So‘ngra unga razim soldilar.
Qoq yarmidan uzilgan bola.
Onasida turli talvasa.
Voy dod solib yig‘ladi ona.
O’g‘il ekan unga qarasa.
Ming pushaymon ming bitta alam.
Afsus endi bari kech edi.
Kechir meni besh oylik bolam.
Seni otang va onang yidi.
Otasiga yetdi bu xabar.
Yutgan edi ota so‘zini.
Yuragi bir tindi shu maxal
Kechirolmas ota o‘zini.
Yaratganning karomatida.
Bergan ekan Ollox imkonlar.
Bu xudoning alomatida.
Sabr qilmas ekan insonlar.
Ona xam shu qilgan ishidan.
Bir o‘g‘ilning kasriga qoldi.
Dard siljimas uning boshidan.
Bir umurga xasta bo‘pqoldi.
Qizmi o‘g‘il farzand dur xar-on.
Xudo berganini ko‘rasiz.
Eh insonlar ayting siz qachon.
Berganiga shukur qilasiz.
SHERLAR.NET