Вверх
Пятница, 26-Апреля-2024, 11:48
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR

So'nmagan umid (Hikoya)

Jonlantirish bo‘limi… Bu so‘zni eshitgan insonning ko‘nglini xadik, xavotir va ba’zan biroz qo‘rquv qamrab oladi. Jonsiz tananing o‘lim bilan hayot o‘rtasida olishuvi bo‘lib o‘tadigan bu xona kishilarni mana shunday sarosimali holatga solishi tabiiy, albatta. Jonlantirish bo‘limida yotgan bemor yashash uchun kurashar ekan, hayotning naqadar go‘zalligini, betakrorligini, umrning totli hamda shirin ekanligini yanada chuqurroq his qiladi…

Sizlarga ish faoliyatimda bo‘lib o‘tgan voqeani so‘zlab bermoqchiman, zora.. zora shu bilan ko‘nglimdagi g‘uborlar sal bo‘lsa ham arisa…

O’zim hamshiraman. O’sha kuni kechki navbatchilikda edim. Har doimgidek ish qizg‘in. Bizning “Bolalar reanimatologiya va anesteziologiya” bo‘limimizda chaqaloqlardan boshlab, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalar davolanadi. Har bir bolajonning ko‘zlarida hayot uchun kurashga bo‘lgan shijoatni ko‘rib, ko‘zingizga beixtiyor yosh keladi.

Soat 22:30… Kutilmaganda shoshilinch xabar keldi: bosh miya jarohati bilan 4 oylik chaqaloq operatsiya qilinmoqda ekan, operatsiyadan so‘ng bizning bo‘limga yotqiziladi, bemor uchun darhol joy hozirlash kerak. Bemor bola uchun tezda joy tayyorladim, nafas beruvchi apparat, labaratoriyaga yo‘llanma, kerakli jihozlarni taxt qilib qo‘ydim. Oradan ikki yarim soat vaqt o‘tgach bemorni bizning bo‘limga olib kirishdi. Apparatlar ulanib, qon tahlillari aniqlandi. Bemor bolaning ahvoli juda og‘ir edi. Uning onasi, yaqinlari Jonlantirish bo‘limi eshigi oldida Tangridan najot kutib yig‘lashardi. Ayniqsa, ona… onaizor qo‘llari titrab “Bolajonimning dardiga shifo ber, Allohim”, deb duo qilardi. Ikki ko‘zini Jonlantirish bo‘limi xonasiga tikkancha shifokorlarning chiqishini, “Xavf ortda qoldi, farzandingizning sog‘lig‘i yaxshi”, deyishini intizorlik bilan kutmoqda.

Bolani qon guruhi aniqlanib, kerakli qon quyildi. Ahvoli birmuncha yaxshilandi. Ammo chaqaloqda “Travmatik shok”, ya’ni jarohatdan keyingi o‘tkir qon tomir yetishmovchiligining og‘ir darajasi bo‘lganligi sababli har lahzada xavf ta’qib etmoqda. Oldindan bir narsa deyish qiyin…

Shifokorlarning biri bemor bolaning onasini oldiga chiqib, uni tinchlantirdi, tibbiy ahvoli haqida ma’lumot berdi. Ona uchun bo‘lim palatasidan joy ajratildi. Bolaga kerakli hamma dorilar, muolajalar qilinmoqda. Afsuski, natija sezilarli darajada yaxshi emas. Ammo yurakda umid bor, u har bir shifokorni to‘xtab qolmaslikka undardi.

Shu asnoda ertalab navbatchilikni topshirib, uyga qaytdim. Tuni bilan uxlamaganman, charchoq… Ammo bular sezilmasdi, xayolim o‘sha jajji bemor bolajonda edi. Uning beg‘ubor va mahzun chehrasi xayolimdan sira ketmasdi. Shifoxonaga qo‘ng‘iroq qilib hamkasblarimdan uning ahvoli haqida tez-tez xabarlashib turdim, javob bir xil: ahvol o‘sha-o‘sha…

Oradan ikki kun o‘tib, yana navbatchilikka bordim. Borishim bilan darrov bemor bolajondan xabar olgani kirdim. O’zgarish yo‘q… Uni ko‘rib ko‘nglim yanayam ezilib ketdi.

Afsuski, meni boshqa bemorga biriktirishdi. Ishlarimni tezda bajarib, ora-orada uning ham ahvolidan xabardor bo‘lib turardim. Onasi kecha-yu kunduz mijja qoqmay qarog‘ining boshida yuz-ko‘zlarini o‘pib-silardi, Tangridan sog‘lik tilab duo qilardi faqat.

Soat tungi 02:30… Chaqaloqning ahvoli birdaniga og‘irlasha boshladi. Qon bosimi va yurak urishi tushib ketdi. Kerakli dorilar qilindi, qon bosimini ko‘tarish uchun harakat boshlangan. Ammo chaqaloqda harakat reflekslari yo‘q. Dorilar bilangina uning hayot ko‘rsatkichlari ushlab turilibdi, xolos…

Shu ahvolda yana tong otdi. Biz hamshiralar bemorlarimizni kunduzgi hamshiralarga topshirib, uyga yo‘l oldik. Ammo doimgidek yuragimning bir parchasi kasalxonada qoldi.

Oradan uch kun o‘tdi. Yana navbatchilikka keldim. Ammo bu safar ham o‘sha chaqaloqqa qarash nasib etmadi. Menga biriktirilgan bemorlarim ham ko‘p edi. Ammo vaqt topdim deganda chaqaloqdan xabar olardim. Uning munchoqdek ko‘zlari yumuq bo‘lsa-da, u bizni kuzatayotgandek, eshitayotgandek tuyulaverardi. Onasining ko‘zlaridan oqayotgan shashqator yoshlarni ko‘rib, “Onajon, men hali ko‘p yashayman, yig‘lamang”, deyotgandek bo‘lardi. O’zimni hech qachon bunday shikasta, ezgin, tushkun kayfiyatda tutmagandim, negadir, negadir shu bolachaga juda bog‘lanib qolgandim… Uni yashashini istardim…

Soat tongi 4:15 larda yonimdagi palatada yugur-yugur boshlandi. Xavotir bilan men ham yugurib bordim. Chaqaloqning ahvoli tobora og‘irlashmoqda edi. Onaga xabar berildi. Har daqiqa g‘animat…

Chaqaloqning yurak urishi tobora pastlamoqda. Qon bosimini apparat ham o‘lchashi qiyin. Zudlik bilan gormonlar, dorilar birin-ketin qilindi. Ammo barcha muolajalar besamar edi. Chaqaloq vujudidagi jajjigina yurak kutilmaganda urishdan to‘xtadi… Zudlik bilan yurak massaj qilindi. Ammo natija yo‘q. Klinik o‘lim o‘z o‘rnini biologik o‘limga bo‘shatib berdi…

Qarshimizda jonsizgina murg‘ak, hali hayotda yashab ulgurmagan, ma’yus chehrasida “Onajon, yig‘lamang, men osmonlarga qush bo‘lib uchib ketmoqdaman”, degan so‘zlar zohir edi. Chaqaloq oldiga barcha shifokorlar to‘planib muhokama qilishdi. Apparatlar o‘chirilmagan holda uning yaqinlari kiritildi. Ota-ona sho‘rlik chaqaloq boshida afsus, armon bilan qon yig‘lardilar…

Kerakli hujjatlar yozildi… Apparatlar o‘chirildi… Bolajon tozalanib, jag‘lari, qo‘llari, oyoqlari qotib qolmasdan oldin bog‘landi. Nazarimda, shu oqshom juda qisqa bo‘ldi, tezda oppoq tong otdi. Bolajonni “Patanatomiya”,  ya’ni o‘liklar bo‘limiga olib ketishdi…

Bemor chaqaloqning, to‘g‘rirog‘i, marhum chaqaloqning bo‘shagan karavoti oldiga kelib bir men emas, hamma yig‘ladi… Bir parcha go‘dak yashash uchun shuncha kurashdi, ammo…

Nigina BOTIROVA

 

SHERLAR.NET
Категория: TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR | Добавил: admin (07-Февраля-2017)
Просмотров: 6773 | Теги: tasirli hikoyalar, ibratli hikoyalar, yurakni ezuvchi hikoyalar, manoli hikoyalar, so'nmagan umid, qiziq hikoyalar toplami, eng ajoyib hikoyalar | Рейтинг: 5.0/55

So'nmagan umid (Hikoya) haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada So'nmagan umid (Hikoya) haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda So'nmagan umid (Hikoya) dan tashqari yana TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 26-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz