Вверх
Пятница, 26-Апреля-2024, 14:53
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR

Yigirma yil kutilgan baxt

— Turmush qurganimizga yigirma yil bo`ldi, — dedi tahririyatga qo`ng`iroq qilib o`zini Dinora opa deb tanishtirgan muxlisamiz. — Turmush o`rtog`im ikkimiz institutda o`qib, sevishib, ota-onamizning roziligi bilan oila qurganmiz. Bir qarashda hayotimizda hamma narsa to`kis edi: yaxshi ko`rgan ishimiz, uy-joyimiz, muhabbatimiz, ota-onamiz bilan yaxshi munosabatlarimiz bor…

Lekin yillar o`tib borayotgan bo`lsa-da, farzand ko`rish orzumiz amalga oshmasdi. To`yimizdan uch yil o`tib, qaynonam birinchi marta bu haqda og`iz ochdi. Shundoq ham ich-etimni eb, turmush o`rtog`imga ayta olmay yurgandim. Qaynonamning gapi turtki bo`lib, shifokorga uchradik. Ikkalamizda ham shamollash bor ekan, davolandik. Shifokor bir kurs muolaja olsanglar bo`ldi, darrov farzandli bo`lasizlar, dedi. Uning gapini qonun bilib, barcha aytganlarini bajardik. Lekin oradan uch oy o`tsa-da, uning bashorati amalga oshay demasdi. Xavotirlanib yana shifokorga uchradik. Bu gal boshqasiga. Qaytadan tekshiruvdan o`tdik, yana uzoq muddatli muolajalar boshlandi. Natija esa yo`q. Endi erim men bilan poliklinikalarga qatnamay qo`ydi.

— Mendagi shamollash tuzaldi, muolajalarni o`zing davom ettira qol, — dedi u. — Shifokorlar qabulida sarg`ayib yurishlar jonimga tegdi.

Aslida xonama-xona yurishlar, navbat kutishlar, har bir shifokorga farzandimiz yo`qligini tushuntirishlar, ularning og`ziga hukm kutgandek termulishlar o`zimning ham jonimga tekkandi. Lekin boshqa ilojim yo`q edi. Galdan galga shifokor qabulidan umidim pasayib chiqayotgan bo`lsa-da, klinikalarga qatnashni qo`ymasdim... Shunday kunlarning birida bir tanishim: «Poytaxtga borib, zamonaviy uskunalar yordamida to`g`ri tashxis qo`ydirib kelsanglar bo`lmaydimi?» deb qoldi. Bu gap erimga ham ma`qul bo`ldi. Harholda poytxatda bizni hech kim tanimaydi, tekshiruvdan bemalol o`tish mumkin. Tanishim aytganidek poytaxtda bizga to`g`ri tashxis qo`yishdi. Turmush o`rtog`im harbiy xizmatni Chernobilda o`tagani uchun organizmida nurlanish kuchayib ketgan ekan…  Shundan keyin yana ancha vaqtgacha muolajalar oldik, er-xotin birgalikda davolanadigan sanatoriyda ham davolandik. Lekin samarasi sezilmasdi.

Bu orada yillar o`tib, yaqinlarimizning toqati tugab borardi. Shu paytgacha san-manga bormagan qaynonam va qaynopalarim endi ochiqchasiga janjal chiqaradigan bo`lishdi. Xotin-qizlar bayramiga erim menga katta guldasta olib kelganini ko`rgan opasi o`sha kuni qiyomat qildi.

— Etagini to`ldirib bola tug`ib berib qo`yibdimiki, buni boshingga ko`tarasan? Umringni shu quruq yog`och bilan o`tkazib, hayf ketkazayapsan!..

Haqoratlardan boshim aylanib ketdi, yig`lagancha uyga kirib ketdim. O`sha kuni kayfiyati bir pul bo`lgan erim ortimdan kirdi va:

— Bo`ldi, sabrim tugadi! Hammaga ayb senda emas, o`zimdaligini aytaman. Nima bo`lsa bo`lar. Haqorat eshitishingga ortiq chiday olmayman! — dedi boshini erdan ko`tara olmay.

Yig`lab bo`yniga osildim:

— Iltimos, unday qilmang, yana biroz sabr qilaylik, balki… mendan xavotir olmang, bu gaplarni birinchi marta eshitishim emas-ku, chidayman, — dedim.

— Seni majburlab olib o`tirish niyatim yo`q, agar hammasini ochiqcha aytsam, keyin… istasang sen ham ketishing mumkin.

Aynan shu gapni eshitishdan qo`rqqandim. Erimning erkak boshi egilib, ko`zi yoshga to`lib turganiga chidayolmadim.

— Bu gapni ikkinchi eshitmay! Ketaman deganim yo`q-ku, nega meni haydayapsiz? Sizsiz qanday yashayman?!

Shundan keyin erim ham yig`lab yubordi… Axir besh yil davomida ayb kimdaligini bilmagan paytimizda biror marta «farzand ko`rmading» deb yuzimga solmagan, yaxshi-yomon kunlarimda, odamlardan ta`na eshitganimda yonimda turgan sevimli odamimni qanday tashlab ketaman? Mayli, farzand ko`rmasam ham baribir erim bilan ajrashmayman! Ta`na-dashnomlarga chidayman. O`sha kuni shunday qarorga keldim.

Lekin bu qarorni amalga oshirish men o`ylaganchalik oson emasdi. Hamma kelishib olgandek bizni ajratishga kirishgandi. Bu tomondan o`z ota-onam ham «farzandsiz oila oilami? Ajrashasan. Ikkalang ham baxtingni sinab ko`ringlar», deb  turib olishdi. Qiyin ahvolda qoldik, na qaynonam, na o`z onam bizni tushunadi. Shundan keyin erim bir kun «men bir reja tuzib yuribman, agar amalga oshsa, hammasi yaxshi bo`ladi», dedi. Ko`p o`tmay ish bilan Toshkentga ketdi, ikki kundan keyin qaytib kelib, «ko`chingni yig`ishtir, Toshkentga ko`chib ketamiz», dedi. Anqayib qoldim. Lekin erim hazillashmayotgandi. U aytganidek ertasi kuni faqat kerakli narsalarni olib, Toshkentga ko`chib keldik. Birinchi gal kelganida erim bir do`stining uyini ijaraga olib ketgan ekan. Shundan keyin Toshkentda yashay boshladik. Lekin hali farzand ko`rishdan umidimizni uzmagandik. Tanish shifokorimiz hozirda tibbiyot rivojlanib, bepushtlikning turli davo usullari topilganini aytdi va ekstrakorporal urug`lantrishni tavsiya etdi.

Lekin bu muolaja uchun ham uzoq muddatli muolajalardan o`tish lozim ekan. Er-xotin bir yil davomida davolandik, keyin so`nggi umidimiz bo`lgan muolajani amalga oshirdik… Homilali bo`lganimni bilgan kunim mendan baxtli odam yo`qdek edi. Xushxabarni eshitib, er-xotin bir-birimizni quchoqlab yig`lab yubordik.

Shifokor esa bizni ajrata olmay «Hoy, baraka topkurlar, nega yig`laysizlar? Bo`ldi qilinglar, sizga hayajonlanish mumkin emas», degancha atrofimizda girdikapalak bo`ladi. Homila yaxshi rivojlanishi uchun bir oy shifoxonada qimirlamay yotdim, erim kuniga ikki mahal yonimga qatnaydi. «Qachon qimirlashni boshlaydi? Qachon o`g`il-qizligi aniqlanadi?» deb do`xtirlarni ham hol-joniga qo`ymaydi… Homilam besh oylik bo`lganida Termizdan noxush xabar keldi, qaynotam og`irlashib qolgani sabab zudlik bilan bizni chaqirtirishdi. Avvaliga erim meni ham olib ketishga qarshi bo`ldi. «O`zim boraman, sen uzoq yo`lda charchab qolasan», deb menga ruxsat bermadi. Lekin qaynotam «Kelin o`sha arazlab ketgani bo`yicha kelgani yo`q, olib kel, oxirgi marta uni ham ko`rib qolay», deganlari uchun ilojsiz olib ketishga rozi bo`ldi. Uzoq yo`lmi, qaynotamning dafn marosimidagi asabiylashishlarmi yoki boshqa sababmi, bilmadim, borganimizning ertasi kuni ahvolim yomonlashdi. Shoshilinch shifoxonaga olib borishgan bo`lsa-da, hech narsa qila olmadik. Besh oy kiprigim ustida tutgan bolamdan ayrilib qoldim. O`g`il ekan…

Boshimga tushgan ko`rguliklarga ko`nib, yana hayotga qaytishim uchun bir yil vaqt ketdi. Erimning iltijolari, mehri tufayli biroz o`zimga keldim. Shundan so`ng onam bosh bo`lib singlimning olti yoshli o`g`ilchasini biznikiga olib keldi va «ota-onasi rozi, istasang, o`g`il qilib olishing mumkin», dedi. Lekin mehmonga keldim deb o`ylagan bola uzog`i bilan ikki oy sabr qildi, keyin esa ketaman deb yig`lay boshladi. Bolaning onasini sog`inib yig`lashlari yuragimni ezib yubordi, u yoqda singlim ham zo`rg`a chidab yurganini sezardim.

Jiyanimni onasining yoniga qaytarib yubordim. O`zimning muammolarimga go`dakni aralashtirib nima qilaman, meni deb ona-bola ayriliqda yashashi kerakmi?..

Shu tarzda umrimizning yigirma yili o`tibdi. Bu orada qishloqdan kim o`qishga kelsa, biznikida turdi, barcha qarindosh-urug`larimizning talaba bolalariga ota-onalik qildik. Ularga xuddi o`z farzandimdek mehribonlik ko`rsatishga, ota-onasi uzoqdaligini bildirmaslikka harakat qildim… Lekin erimning bola etaklab ketayotgan ayollarning ortidan qarab qolishini ko`rganimda ich-ichimdan ezilib ketaman. Yoshimiz ham o`tib borayapti, tabiat ato etgan onalik mehrimni sarflash uchun birovlarning bolalariga bosh-qosh bo`layapmanu, lekin… Noshukrlik qilmoqchimasman, qarindoshlarimning bolalari yaxshiliklarimizni unutishmagan, tez-tez xabar olib turishadi, bayramlarda qo`ng`iroq qilishni ham kanda qilishmaydi. Lekin o`zimning jigarbandim bo`lishini juda xohlayman. Bu dardimni erimga ayta olmayman, ko`nglini battar o`ksitgim kelmaydi.

Yaqinda erim senga bir maslahatli gap bor deb qoldi. Nima gap ekan, deb rosa ichim qizidi. Bugun ertalab ishga ketishdan avval «Yangi yilda senga sovg`a qilmoqchiman. «Bolalar uyi»dan bola asrab olsak… shunga nima deysan?» deb qoldi. Quvonganimdan yig`lab yubordim. Chunki shu gapni o`zim ayta olmay yurgandim. Nuqul «rahmat» deyman nima deyishni bilmay. Erim esa «senga rahmat» dedi va ko`z yoshlarini ko`rsatmaslik uchun shoshib ishiga yo`l oldi. Men esa avval to`yib-to`yib yig`lab oldim, keyin esa quvonchimni kim bilandir bo`lishgim keldi. Shu sabab sizlarga — sevimli gazetamga qo`ng`iroq qilishga qaror qildim. Ertaga erim ikkalamiz «Mehribonlik uyi»ga boramiz. Yangi yilda orzularim amalga oshishini, baxtim to`kis bo`lishini o`ylasam, quvonchim ichimga sig`may ketayapti…

Dilfuza SOBIROVA oqqa ko`chirdi

 

SHERLAR.NET
Категория: SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR | Добавил: admin (23-Января-2017)
Просмотров: 7369 | Теги: ajoyib voqea, yangi hikoyalar, hikoyalar, real voqealar, tasirli hikoya | Рейтинг: 5.0/79

Yigirma yil kutilgan baxt haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada Yigirma yil kutilgan baxt haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda Yigirma yil kutilgan baxt dan tashqari yana SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 26-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz