Вверх
Четверг, 28-Марта-2024, 15:32
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 336
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR

Shartnoma (Detektiv qissa)

— Agar yosh bo‘lganimda shu ishni o‘zim ham uddalardim, — dedi Jon Xarper. — Revolverimni o‘qlab, to‘rtoviniyam birin-ketin itday otib tashlardim.

Qariyaning yonida o‘tirgan Kasl uning gapini ma’qullab bosh irg‘adi.

— Gaplarimga hayron bo‘layotgandirsiz. Bank va savdo palatasining prezidenti, Arlingtonning eng obro‘li amaldori odam o‘ldiraman, deb tursa g‘alati eshitiladi, albatta. Lekin bu to‘rt kasofat — Beron, Mileyni, Xollander va Ross shahrimizning boshiga bitgan balo bo‘ldi. Shu to‘rtovi kelganidan so‘ng Arlingtonimizdan fayz ketdi. Shahrimiz o‘g‘ri, yo‘lto‘sar va bezorilarning makoniga aylandi. Fohisha, qimorboz, yulg‘ichu firibgarlar hammayoqni bosib ketdi. To‘rtta maraz hamtovoqlari bilan butun shaharni qo‘lga oldi. Ularning mushugini pisht deyishga politsiyaning ham haddi sig‘maydi. Shuning uchun sizni yordamga chaqirishga majbur bo‘ldik.

— Lekin men pulga ishlayman, mister Xarper, — dedi Kasl jilmayib.

— Xabarim bor. Yollangan qotillar orasida eng ashaddiysi ekaningizniyam bilaman. Biz sizga o‘n ming dollarlik shartnoma taklif qilmoqchimiz. Lu Beron, Jo Mileyni, Albert Xolland va Mayk Rossni tinchitsangiz bo‘lgani.

— Faqat shularni o‘ldirish kerakmi?

— Ha. To‘dani boshqarib turgan shu ifloslarni gumdon qilsangiz, qolgan yugurdaklar har tomonga to‘zg‘ib ketadi.

— Ish haqini oldindan to‘laysiz, — dedi Kasl labiga sigaret qistirib.

— Ma’qul. Shahar politsiyasi sizga halal bermaydi. Lekin shtat politsiyasiga mening gapim o‘tmaydi. Shuning uchun ishni bitirgach, darrov juftakni rostlaysiz.

Kasl Xarper uzatgan konvertdagi o‘n ming dollarni cho‘ntagiga soldida, chol bilan xayrlashib, tashqariga chiqdi va mashinasiga o‘tirib, tun qorong‘isiga singib ketdi.

Beron, Mileyni, Xollander va Ross.

Kasl mayda shaharlarni talashdan boshqasiga yaramaydigan bu to‘rt pandavaqi haqida avval ham eshitgandi. Chikago, Nyu-York yoki Vegasdek yirik shaharlarga yaqin yo‘lashgayam botinolmaydigan bunaqa mayda to‘dalar, odatda, rizqini o‘ttiz-qirq ming aholisi bor Arlingtonga o‘xshash shaharchalardan topishadi.

Kasl ertasi kuni qosh qorayganda shahardagi yakka-yu yagona mehmonxona yonida mashinasini qoldirib, shimining kamariga qirq beshinchi kalibrli to‘pponchani qistirdi-da, markaziy ko‘cha bo‘ylab piyoda yo‘lga tushdi. Arlingtonning qonini so‘rayotgan bu to‘rt zulukni bitta-bitta yanchishi kerak. Avval Beronni tinchitadi.

Lu Beron. Pakana baqaloq. Kerriganning to‘dasidan quvilgach, Kanzas-sitidan bu yerga o‘rmalab kelgan bu go‘ngqo‘ng‘iz Arlingtonga bir to‘da suyuqoyoqni chaqirib, qo‘shmachilik qilib mo‘may pul topayotgandi. Kasl fohishaxonaga aylangan 137-uy yaqinidagi bir pana joyga berkinib, Beronni kuta boshladi. Kechki soat o‘nlarda baqaloq ishshaygancha uydan chiqdi-da, nariroqda turgan uzun qora mashinasi tomon yurdi. Shunda Kasl uning nomini aytib chaqirdi va xomsemiz o‘girilganda tepkini bosdi. O’q Beronning og‘zidan kirib miyasini teshib o‘tdi.

Yana uch kishi qoldi.

Mileynini tinchitish qiyin bo‘lmaydi. Bu firibgar Sent-Luisda soxta lotereya chiptalarini sotib, qo‘lga tushishiga bir bahya qolganda Arlingtonga qochib kelgan va endi “biznes”ini shu yerda davom ettirayotgandi. Mileyni hech kimdan qo‘rqmay shaharda ochiqchasiga savdo qilar, yugurdaklari orqali lotereya tarqatib jaraq-jaraq pul ishlardi.

Kasl to‘ppa-to‘g‘ri muttahamning uyiga borib eshik qoqdi. Ichkarida kayf-safo qilib o‘tirgan Mileyni tirqishdan qarashgayam erinib, eshikni lang ochdi-yu, qirq beshinchi kalibrli to‘pponcha o‘qi yuragini teshib uni polga qulatdi.

Yana ikki kishi qoldi.

Xollander ham Kaslga o‘xshagan yollangan qotil edi.Ko‘zi murdaning ko‘ziday chaqchaygan bu turqi sovuq barzangi haqida har xil mish-mishlar tarqalgandi. Aytishlaricha, u avval tansoqchilik qilgan, keyin pulga odam o‘ldirishni boshlab, bu ishga mukkasidan ketgan, hozir o‘z ishidan huzurlanarmish. Beron va Mileynini suvaraklarday hech qiynalmay ezib tashlagan Kasl kasbdoshini o‘ldirish bunchalik oson bo‘lmasligini yaxshi bilardi. Xollander Beron va Mileyniga o‘xshab shahar markazida yallo qilib yurmas, chekkaroqdagi ko‘pqavatli binodan ijaraga kichkina kvartira olib yolg‘iz yashardi. Zombisifat bu kimsaning to‘pponchadan boshqa ishongan do‘sti yo‘q, u doim olazarak va hushyor yurardi. Aynan yolg‘izlik unga pand berdi. Kasl arzimagan pul evaziga ko‘pqavatli bino qorovulidan Xollander haqida ko‘p narsani bilib oldi. U eshikni taqillatgan mahal Xollander tirqishdan qarab ham o‘tirmay qarsillatib o‘q uzishga tushdi. Lekin Kasl bunga tayyor edi. Raqibi qurolini qayta o‘qlayotganida u bir o‘q bilan qulfni buzib eshikni tepib ochdi-da, ikkinchi o‘q bilan Xollanderni asfalasofilinga jo‘natdi.

* * *

— Sizga o‘n besh ming dollar beraman, — dedi Ross zo‘rma-zo‘raki jilmayib. — Meni o‘ldirib nima qilasiz? Shundoq ham to‘damdagi uchta sherigimni tinchitibsiz.

Kasl ro‘yxatidagi so‘nggi qurbon Mayk Rossning xonasida u bilan gaplashib o‘tirar, Arlingtonni qo‘lga olgan to‘daning boshlig‘i qotilni niyatidan qaytarish uchun unga tinmay yolvorardi.

— Yigirma ming, mayli, o‘ttiz ming beraman, — dedi Ross qimmat kostyumining yengi bilan ko‘z yoshini artib. — Qancha pul beray, o‘zingiz ayting?

— Men savdogar emasman. Shartnomani bajarishim kerak.

Peshonasiga tekkan o‘qdan Rossning joni uzilgach, Kasl to‘pponchasini dastro‘moli bilan artib, barmoq izlarini yo‘qotdi-da, qurolni polga tashlab xonadan chiqdi.

Oradan bir soatlar o‘tgach, Chikago shahridagi boshqa bir xonada telefon jiringladi. Trubkani basavlat bir kishi ko‘tardi.

— Salom, men Kaslman. Ishni bitirdim.

— Nechtasini o‘ldirding?

— To‘daboshilarning hammasi o‘ldi. Endi shahar bizniki, bemalol kelaveringlar.

— Barakalla, — dedi basavlat kishi mamnun jilmayib. — Bizni o‘sha yoqda kut.

Rus tilidan A.Otaboev tarjimasi

 

SHERLAR.NET
Категория: DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR | Добавил: admin (31-Января-2017)
Просмотров: 4115 | Теги: qissa, dfetektiv qissalar to'plami, asarlar, qiziqarli detektiv voqealar, detektiv qissalar, detektiv, detektiv hikoyalar, hikoyalar, yangi hikoyalar | Рейтинг: 5.0/13

Shartnoma (Detektiv qissa) haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada Shartnoma (Detektiv qissa) haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda Shartnoma (Detektiv qissa) dan tashqari yana DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 28-Марта-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz