Вверх
Суббота, 20-Апреля-2024, 12:31
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT

Chivinboy

Chivinboy uchib borib, yantoq ustiga qo’nibdi. Yantoqning tikani uning tumshug’iga kiribdi. Chivinning qahri kelib, echki akasining oldiga boribdi:

— Echki aka, echki aka, shu yantoqni esangiz-chi, — debdi.

Echki:

— Qoch, o’shanga meni ro’para qilma! Ko’m-ko’k o’t, barra maysa turganda, endi sening gapingga kirib, yantoqni eymanmi? — debdi.

Chivin:

— Xap senimi, shoshmay tur, to’g’ri bo’ri akamga borib, seni unga edirmasam xo’p yurgan ekanman, — debdi. Chivin bo’ri oldiga boribdi:

— Bo’ri aka, bo’ri aka, ana shu echkini esangiz-chi! — debdi.

Bo’ri:

— Ko’p meni laqillatma, qo’y go’shti turganda shayton echkining go’shtini eymanmi? — debdi.

Chivin:

— Xap sanimi, mergan akamga aytib seni o’ldirtirmasam, toza chivin bo’lib yurgan ekanman, — debdi-da, to’g’ri uchib merganning oldiga boribdi.

— Mergan aka, mergan aka, — debdi Chivinboy, — shu bo’rini otib tashlasangiz-chi, — echkini e, desam, emayman, dedi.

Mergan:

— Mening bo’ridan boshqa otadigan ovim ko’p. Sening gapingga kirib, bo’rini otib yuramanmi? — debdi.

Chivinboy:

— Xap sanimi, qarab tur, sichqon akamga aytib sening dori soladigan xaltangni teshdirmasam yurgan ekanman, — deb sichqonning oldiga uchib boribdi.

— Sichqon aka, ana shu merganning dori xaltasini teshing, u ko’p jonivorga zarar etkazadi, — debdi.

Sichqon aytibdi:

— Bug’doy bilan arpa turganida menga endi merganning xaltasini teshish qoldimi?

Chivinboy:

— Xap sanimi, shoshmay tur, mushuk akamga aytib, seni edirmasam, toza yurgan ekanman, — debdi-da, to’g’ri mushukning oldiga uchib boribdi:

— Mushuk aka, mushuk aka, ana shu sichqonni esangiz. Merganning dori xaltasini tesh desam, yo’q, deydi, — debdi.

Mushuk aytibdi:

— E, qo’ysang-chi, mening eydigan narsalarim ko’p: qo’yning go’sht-yog’i turganda, sichqonni poylab yurarmidim!

— Xap sanimi, seni kuchuk akamga aytib, bir talatmasam, yurgan ekanman, shopshay tur! — debdi Chivinboy.

Chivinboy:

— Kuchuk aka, kuchuk aka, ana shu mushukni bir o’xshatib tala! Sichqonni e, desam emaydi, — debdi.

— Sening gapingga kirib, bekordan-bekorga mushukni talaymanmi? — debdi kuchuk.

Chivin:

— Xap sanimi, bolalarga aytib, bir urdirmasam, qonga bulatib yasatmasam, yurgan ekanman, — deb uchib ketibdi. Chivin yo’lda bir to’da bolalarga yo’liqibdi.

Chivin bolalarga qarab:

— Hay bolalar, shu kuchukni bir boplab uringlar, mushukni tala, desam, talamaydi, — debdi.

Bolalar:

— Bizning boshimizni ko’p aylantirma, o’zimizning o’yinimiz ko’p. Endi o’yinni qo’yib, ovora bo’lib, kuchukni quvlab yuramizmi? — deb javob berishibdi.

Shuida Chivinboy:

— Xap sanimi, onalaringga aytib, bir o’xshatib savalatmasam, yurgan ekanman, — debdi.

Chivin charx yigirib o’tirgan momoning oldiga borib:

— Hoy onajon, shu bolalaringizning bir adabini berib qo’ying, — debdi.

Onasi:

— Mening ishim boshimdan oshib yotibdi, hali paxtalarim savaqsiz, endi men hamma ishni tashlab, biror sababsiz bolalarni quvib, urib yuraymi? — debdi.

— Xap sanimi, men borib shamol akamga aytib, sening paxtalaringni uchirib yubormasam, yurgan ekanmai, — debdi Chivinboy.

Shamol, bag’ri kamol,

Bolalarga qo’yningni och.

Ota-onang o’libdi,

Cho’loq ketmoningni olib qoch! —

deganda, bir qattiq shamol turibdi. Shamol momoning paxtasini uchiribdi. Momo qo’liga kaltak olib, bolalarni quvlabdi, bolalar kuchukni ura ketishibdi, kuchuk mushukni talay ketibdi, mushuk sichqonni quva ketibdi, sichqon xaltani tesha ketibdi, mergan bo’rini otibdi, bo’ri echkini quvlabdi, echki yantoqni eb qo’yibdi.

Shunda Chivinboyning vaqti xush bo’lib, murod-maqsadiga etibdi.

SHERLAR.NET
Категория: BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT | Добавил: admin (31-Января-2017)
Просмотров: 2976 | Теги: ertak bolalar uchun, bolalar uchun ertaklar, yangi ertaklar arxiv ertaklar, chaqaloqlar uchun ertaklar, qiziqarli ertaklar, o'zbek halq ertaklari | Рейтинг: 5.0/19

Chivinboy haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada Chivinboy haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda Chivinboy dan tashqari yana BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Суббота 20-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz