Вверх
Пятница, 26-Апреля-2024, 19:48
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR

Oq changal parisining jodusi (Detektiv hikoya)

Yo‘qolgan sigirini izlab yurgan Haydar bobo bir tog‘ yonbag‘riga kelib qoldi. Bu joyni mahalliy xalq Oq changal deb atardi. Sababi bu yerda xosiyatsiz o‘simlik – oq changal (tikan) o‘sardi. Cho‘ponlar va ovchilar bu yerga kelishga qo‘rqishardi. Ularning ta’rificha Oq changalda parilar makon qilib olgandi. 

Quyosh botib qorong‘u tusha boshlagandi. Haydar bobo atrofga alangladi. Yon-atrof tikansimon o‘simlik – oq changalga to‘la edi. Haydar bobo bu o‘simlik haqida yoshligida otasidan eshitgan edi. Yetmish yoshga kirgan bo‘lsa ham oq changal tikanini biror marta ham ko‘rmagandi. Yo‘qolgan sigirining sharofati bilan ana shu xosiyatsiz o‘simlikni ko‘rib turibdi. Ko‘rinishidan qo‘shqo‘nmasga o‘xshab ketadigan bu tikanni nega oq deyishlarini bobo tushinmadi. Zero bu o‘simlik ham barcha o‘t-o‘lanlar kabi yashil rangda edi. Ammo uni ko‘rib qolgan odamning boshiga musibat tushadi.

Ancha payt shaharda yashagani bois Haydar bobo bu yerlarga ko‘p kelmasdi. Nafaqaga chiqib qishloqqa ko‘chib kelganiga yigirma yil bo‘lgan bo‘lsa ham biror marta Oq changalga kelmagandi. O’zi bu makonga oxirgi marta sobiq sho‘ro davrida, Fayzi cho‘pon bolaligida mol boqib yurib kelib qolgan. Bilib-bilmay oq changalni bosib o‘tgan va o‘sha kuni kechasi bilan isitmalab chiqib kasal bo‘lib qolgandi. Faqat Nurotaning dami o‘tkir mullalarigina Fayzi cho‘ponni oyoqqa turg‘izgandi. Keyin Elshod ismli yigit ham afg‘on urushidan qochib shu yerga yashiringanida uning ko‘ziga oq libosli pari ko‘ringan va bechora aqldan ozib qolgan. Mullalar Elshodni tuzatishga ojizlik qildi. Yigit bir umrga telba bo‘lib qoldi. Bu voqealar bo‘lganiga ham o‘ttiz yildan oshdi. Shundan so‘ng Oq changalga peshanasiga miltiq to‘g‘irlasa ham hech kim yaqinlashmaydi. 

Haydar bobo shular haqida o‘yladimi yoki atrofning vahimasi tutdimi, ichiga qo‘rquv oraladi. Shu payt teparoqdagi g‘or ichidan ayol kishining kulgusi eshitildi. Bobo xayratlanib g‘or tomonga yurdi. G’orning oldiga borib ichkariga qaradi-yu og‘zi ochilib qoldi. G’orning o‘rtasida gulhan yoqilgan, uning yonidagi tosh ustida uzun oppoq ko‘ylak kiygan, uzun sochlarini yoyib olgan bir go‘zal qiz turardi. 

Qiz g‘or og‘zida unga termilib turgan Haydar boboni ko‘rib katta qora ko‘zlari qo‘rquvdan chaqnab ketdi. Nima qilarini bilmay orqaga tisarildi. Haydar bobo esa bu qiz yarim tunda bunday kimsasiz joyda nima qilib o‘tirganini aqliga sig‘dirolmay xayron edi. Qiz g‘orning to‘rida turgan qora sharpaga qaradi. Qarilik sabab ko‘zlari xiralashgan bobo qorng‘uda sharpaning yuzini ko‘ra olmadi. Sharpa qizga nimanidir ishora qildi. Qiz o‘rnidan turib Haydar bobo tomonga oxista yurib keldi. Bobo esa bu qiz Oq changal parisi ekanini faxmlab ichida kalima qaytara boshladi. Qo‘l-oyoqlari dir-dir titrab, peshanasidan sovuq ter chiqib ketdi. Qiz unga jilmayib boboning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. Haydar boboning ichidagi vahima cho‘g‘i alangalanib ketib dodlab yuborishiga oz qoldi. Shu payt yelkasiga nimadir “jiz” etib sanchilgandek bo‘ldi. Bobo bir ayoldan qo‘rqayotgani uchun ichida o‘zini so‘kdi. Keyin shahd bilan qizni siltab tashladi-da ortiga o‘girilib g‘orni tark etdi. 

Haydar bobo qanday eshagiga mindi, qanday uyiga yetib keldi bilmaydi. Uyiga yetib kelganida soat tungi o‘n birdan oshgan edi. Cholining kech qolganidan xavotirga tushib uning yo‘liga qarab yurgan Xafiza momo eshakdan tushib kelayotgan boboning oldiga peshvoz chiqdi. 

– Suv ber! – dedi kampiriga hanuz tanasi titrayotgan Haydar bobo.

– Tinchlikmi? – dedi xavotir bilan Xafiza momo rangi oqarib ketgan choliga qarab. 

– K- ko‘p g- gapirma! Suv op chiq! – titroq tovushda dedi bobo. 

Og‘riyotgan oyog‘ini ham unutgan Xafiza momo oshxonaga qarab yugurdi. Qo‘lida bir kosa suv bilan qaytib chiqqan momo yerga yuztuban bo‘lib cho‘zilib yotgan cholini ko‘rib dodlab yubordi. 

***

So‘nggi bir hafta ichida qishloq odamlari orasida Haydar boboning Oq changalda parilarga yo‘liqqani, ularning jodusi ta’sirida dunyodan ko‘z yumgani haqida mish-mish tarqaldi. 

Uchastka noziri Dilshod Murodov derazadan Haydar boboning kichkina o‘g‘li Sherbekning kelayotganini ko‘rib kayfiyati tushib ketdi. “Hozir yana eski plastinkasini qo‘yadi” – dedi ichida.

Fursat o‘tmay xonaga Sherbek kirib keldi.

– Assalomu alaykum, Dilshod aka – dedi Sherbek.

– Vaalaykum assalom, Sher. Qani o‘tir – dedi Dilshod.

– Dilshod aka... 

– Yana o‘sha ish bilan keldingmi? Tibbiy xulosani ko‘rding. Otang yurak xurujidan vafot etgan. Haydar ota o‘sha kuni qorong‘u tushgunicha yo‘qolgan sigirini izlagan. Bir ovloq joyga borib qolib gal’yutsinatsiya ga uchragan. Qattiq qo‘rqqanidan yuragi dosh berolmay uyga kelib jon bergan. Bu yog‘i endi qarichilik. 

– Dilshod aka, siz aytayotgan o‘sha ovloq joy Oq changal, gal’yutsinatsiyangiz esa o‘sha yerdagi pari.

– Xo‘sh, mendan nima istaysan. O’sha Oq changalinga borib parilarni so‘roq qilaymi? 

– Bilmadim. Lekin otamning yurak xurujidan o‘lmagani aniq.

– Ish ochib, tergov qilishga asos yo‘q.

Sherbek qishloq militsiya bo‘limidan tushkun kayfiyatda chiqdi. “Balki u haqdir” – ichida o‘yladi. “Shifokorlar otamni qattiq qo‘rqish oqibatida yurak xurujiga uchragan deb aytishdi. Ammo bu qo‘rquvga nima sabab bo‘ldi ekan? Qazosi yetgunicha otamning biror kim yoki biror narsadan qo‘rqqanini na eshitganman, na ko‘rganman. Yaxshisi o‘zim bu ishning tagiga yetaman. O’sha Oq changalga borib otamga kim ko‘ringanini aniqlayman” 

***

Erta tongda uyg‘ongan Sherbek, o‘rnidan turib hovliga chiqdi. Oqib turgan ariq suviga yuz-qo‘lini yuvdi. Otini egarlab Oq changal joylashgan tog‘ tomonga jo‘nadi. Bir soat yo‘l yurganidan so‘ng Oq changalga yaqin qirdagi Fayzi cho‘ponning pastqam, loysuvoq uyiga yetib keldi. Hovlida ustida juldur chopon, oyog‘ida eski kalish kiyib olgan, ellik besh – oltmish yoshlardagi bir kishi ko‘rindi. Bu odam Fayzi cho‘pon edi. U Sherbekni ko‘rib yigitning oldiga bordi. 

– Assalomu alaykum, Fayzi aka – dedi Sherbek.

– Iye, Sher! O’zingmisan, uka! Vaalaykum assalom. Qani, kel-chi.

Sherbek otdan tushib Fayzi cho‘pon bilan ko‘rishdi. Cho‘pon yigitni uyiga boshlab kirdi. 

– Rahmatli otang juda yaxshi odam edi – dedi Fayzi cho‘pon yuziga fotiha tortib bo‘lgach. –Bolaligimda o‘sha befayz maskanga borib qanday ahvolga tushganimni ota-onangdan eshitgan bo‘lsang kerak. U yer juda yomon joy. Oq changalni yovuz parilar makon qilib olgan. Ular oq tikan o‘stirishadi. Odamzodni u yerga yaqin yo‘latishmaydi. 

Sherbek cho‘ponning gaplarini indamay eshitib turdi. Ikalasi u yoq bu yoqdan gaplashib o‘tirganida xonaga qo‘lida shirinlik va choynak qo‘yilgan patnis ko‘tarib bir juvon kirib keldi. Sherbek bu ayolni ilgari ko‘rmagandi. U juvonga zimdan nazar soldi. Egniga uzun eskicha ko‘ylak kiygan, boshiga ro‘mol o‘ragan, yigirma ikki-yigirma uch yoshlardagi bu ayol qishloq xotinlariga umuman o‘xshamasdi. Boshqa qishloq xotinlariga o‘xshab yuzlari ozg‘in, cho‘zinchoq emas, oftobda ham qoraymagandi. Yuzi oppoq, dumaloq, chap yonog‘ida kichkina holi bor edi.Faqat ro‘moli ostidagi sochlari qishloq ayollariniki kabi tabiiy qop-qora, bo‘yalmagandi.

Juvon xontaxta ustiga shirinlik va choynak-piyolani qo‘ydi. Sherbekka bir qur nazar tashlab qo‘ydi-da oxista yurib xonani tark etdi. 

– Uni tanimading-a? 

Fayzi cho‘ponning savoli ayolning ortidan o‘ychan termilib qolgan Sherbekning hayolini buzdi.

– A? Yo‘q. Ko‘rinishidan shaharlikka o‘xshaydi – dedi xijolatomuz.

– Ha sen bola! Besh yil shaharda o‘qib yurib ko‘p narsani o‘rganibsan! – deb kuldi Fayzi cho‘pon. – Topding. U shahardan. Ismi Anora. Singlimga qo‘shni turadi. Aytishicha uch yil avval bir yigitga turmushga chiqqan ekan. Eri Rossiyaga ishlashga ketganmish. Qaynona-qaynotasidan alohida turarkan. Baxtga qarshi bolasiyam yo‘q ekan. Bir kuni yarim tunda yolg‘izligidan foydalanib uyiga ikki erkak bostirib kirishgan. Ular – Ering Rossiyada bizdan katta qarz olgandi. Qarzini sen to‘laysan – deb sho‘rlik ojizaga tashlanishgan. Xayriyatki ayolning dodini qo‘shnilar eshitib uyga yugurib kelishgan. Bosqinchilar derazadan sakrab qochib ketishgan. Singlim eri qaytib kelgunicha xavfsizroq joyga yashab tursin deb Anorani biznikiga op keldi. O’ziyam qo‘l-oyog‘i chaqqon ekan, uy yumushlarida kampirga ish qoldirmadi. Yangang rosa xursand. Kelinlar shaharga ko‘chib ketishganidan so‘ng qiynalib yurgandi-da o‘zi. Shaharga ko‘chib ketaylik deydi, men ko‘nmayman. Tug‘ilib o‘sgan joyim. Lekin o‘ylab qoldim. Shuncha tog‘-tosh kezib cho‘ponlik qilib bolalarni o‘qitdim, shahardan uyli-joyli qildim. Endi o‘zim ham bir qarilik gashtini sursammikan-a? Ehtimol shaharga ko‘chib ketganimiz yaxshidir.

– Ketganingiz yaxshi. Shahar zo‘r! Issiq suv, sovuq suv hammasi muxayyo. O’tin-o‘choq degan narsa yo‘q. Lekin havosi sizga to‘g‘ri kelmaydi – dedi Sherbek. 

– Omon bo‘lsak ko‘ramiz. Ha aytgancha sen nima yumush bilan kelganding?

– Men Oq changalga borib otamni jodulagan o‘sha parini izlab topmoqchiman.

– Nimaaa? – o‘rnidan turib ketdi Fayzi cho‘pon. – Sen bola esingni yeganmisan? U yer qanday joyligini senga aytdimku! Buni gapini qaranglar! 

– Fayzi aka, men u yerga bormasam bo‘lmaydi. O’sha kuni otamga nima bo‘lganini aniqlamagunimcha ko‘nglim joyiga tushmaydi. 

Sherbek o‘rnidan turib eshikka qarab yurdi. Tashqariga chiqib otini mindi.

– Hey! Sher! – Fayzi cho‘pon yigitning ortidan yugurdi. 

– Xayr aka! 

Sherbek “Oq changal” tomonga ot choptirib ketdi. 

“ Quloqsiz bola! Boshinga yetadi, bu Oq changal!” Fayzi cho‘pon afsus bilan boshini qimirlatib Sherbekning ortidan qarab qoldi. 

***

Kunning qoq yarmida Sherbek Oq changalga yetib keldi. Otdan tushib atrofga alangladi. Atrof yashil va oq tikansimon o‘simliklar bilan qoplangandi. Past tekislikdan teparoqdagi tog‘da g‘or bor edi. Oq tikanlarga qarab Sherbek ular oq changal ekanini faxmladi. 

– Parilar o‘stiradigan gul! – dedi Sherbek. – Ammo bu tog‘-u toshlar va tikanlar o‘sib yotgan joyning nimasi qo‘rqinchli ekan? Bu yerda birorta ham pari ko‘rinmayapti. Balki ular g‘or ichidadir?

Sherbek teparoqdagi g‘or tomonga qarab yurdi. G’orning ichi biroz qorong‘u edi. Yigit g‘orda bir uyum toshdan bo‘lak hech narsa topolmadi. Barcha kelishga qo‘rqadigan bu joyning qo‘rqinchli yoki sirli tomoni yo‘q edi. Sherbekning hafsalasi pir bo‘lib ortiga qaytdi. Otining oldiga borib yana bir bor atrofni ko‘zdan kechirdi. Shu payt oq tikanlar orasida o‘zgacha chiroy bilan ochilib turgan lolani ko‘rdi. Yigit tikanzorga yaxshilab e’tibor berib tikanlar orasida ochilib yotgan lolalarga ko‘zi tushdi. Engashib lolalardan birini uzdi. 

– Demak, parilar oq tikanni emas, lolani qo‘riqlasharkan – dedi Sherbek. – Ammo...

Yigit lolaga termilib qoldi. 

– Bu lola... 

Birdan yigitning boshiga katta tosh “qars” etib urildi. 

Aaaah! – deb Sherbek yerga quladi.

***

Fayzi cho‘pon uyida ich-etini yeb o‘tirardi. “Bola nega buncha qolib ketdi?” – o‘yladi ichida. “Yoki bir baloga... Yo‘g‘-e Xudo asrasin! Tinchmikan ishqilib.” Miyasida turli o‘y bilan Sherbekning yo‘liga qaradi. Qorong‘u tushdi hamki yigitdan darak bo‘lmadi. Oxiri katta bo‘ribosar iti Qoplonni yechib oldi-da qamchisini qo‘liga olib eshagiga mindi. Itni oldiga solib Oq changal tomon yo‘lga tushdi. 

Yo‘lda ketib borarkan, Fayzi cho‘pon tanasi qo‘rquvdan titrayotganini sezib o‘zini o‘zi so‘kib ketardi.

– He erkak bo‘lmay o‘l! – dedi o‘ziga o‘zi. – Yoshing oltmishdan oshdi hamki hanuz yosh boladek qo‘rqoqsan. Pari bo‘lsa nima qipti? Kap-katta erkak bir paridan qo‘rqasanmi, endi? 

Shu gaplaridan so‘ng cho‘pon biroz tetiklashdi. Yonida sadoqatli do‘sti qoplonning borligi unga yanada taskin berdi. Ammo yoshligida Oq changalda eshitgan parilarning qiyqirig‘i va isitmalab yotib qolgani yodiga tushib yana yuragiga vaxima tushdi. Fayzi cho‘pon ming qo‘rquv iskanjasida Oq changalga yetib keldi. Atrof zim-ziyo qorong‘u edi. Cho‘pon qo‘lidagi mash’alasini tutib yon-atrofni yoritdi. 

– Sher! Qaerdasan? – deb baland ovozda chaqirdi.

Yigitdan sado chiqmadi. Fayzi cho‘pon yana bir necha marta baqirdi. Ammo bu safar ham jimlik hukm surdi. Mash’ala yorug‘ida tikanzor oralab yurganida Qoplon xurishni boshladi. Cho‘pon it vovullayotgan joyga borib mash’alasini yerga tutdi. Qoplon panjalari bilan qazib tashlagan yerning tuprog‘i qizg‘ish edi. Fayzi cho‘pon tuproqdan bir siqim olib unga sinchiklab termildi va tuproq qon bilan qorishganini sezib dahshatga tushdi.

***

Eshikdan yordamchisi Akmalning kirib kelishi uchastka noziri Dilshod Murodovning hayolini bo‘ldi. 

– Xo‘sh nima gap? – dedi Dilshod.

– Sherning akalari Oq changalga borib hamma yoqni izlashdi lekin uni topa olishmadi. O’sha kuni Sherbek otasining o‘limi sababini aniqlash maqsadida tashlandiq tikanzorga ketib qaytib kelmagan. Yo‘lda Fayzi cho‘ponnikiga kirib o‘tgan. 

– Bir kun avval menga uchrashib surishtiruv olib borishim kerakligini aytgandi.

– Balki topilib kelar.

– Umid qilaman. Ammo endi surishtiruv ishlarini boshlamasak bo‘lmaydi. Zero Fayzi aka olib kelgan tuproqdagi qon Shebekning qon guruhiga mos kelyapti. 

– Qotillik bo‘lgan demoqchimisiz?

– Tahminimcha shunday. Agar kimdir Sherbekning joniga qasd qilgan bo‘lsa, u pari bo‘ladimi yoki shayton baribir uni topib qamoqqa olishimiz shart. 

– Dilshod aka, jinoyatning bu ishdan hidi kelyapti. 

Sherbekning birdan g‘oyib bo‘lgani va Fayzi cho‘ponning bergan ko‘rsatmalari uchastka noziri Dilshod Murodovni surishtiruv ishlarini boshlab yuborishiga sabab bo‘ldi. Erta tongda yordamchisi Akmal bilan Oq changalga yo‘l oldi. Mashinada yarim soat yurishganidan so‘ng Fayzi cho‘ponning uyiga yetib kelishdi. Atrofda uning loysuvoq uyidan boshqa uy yo‘q edi. Uy oldidagi katta tosh ustiga to‘shalgan eski gilamcha ustida ancha cho‘kib qolgan, ayb ish qilib qo‘ygan boladek boshini quyi solganicha Fayzi cho‘pon o‘tirardi. Qadam tovushlarini eshitib boshini ko‘tarib qaradi.

– Assalomu alaykum, Fayzi aka.

– Vaalaykum assalom, Dilshod. Seni kutib o‘tirgandim. 

Fayzi cho‘pon Dilshod va Akmal bilan uyga kirdi.

– Qo‘ylarni qirga olib chiqmadingizmi, Fayzi aka? – dedi Akmal tashqarida ma’rab yotgan qo‘ylarga ishora qilib

– Qo‘lim ishga bormay qoldi. Haydar-ku qari edi, ammo navqiron o‘g‘li Sherbek... Agar o‘shanda qo‘rqoqlik qilmay u bilan birga Oq changalga borganimda...

– O’zingizni qiynamang. Sherbekning g‘oyib bo‘lishida mening ham aybim bor. Lekin aybdorni muhokama qilgancha tezroq yigitni izlab topishimiz kerak. 

– Ha. Ishqilib omon bo‘lsin-da! Yo‘qolganiga bir haftadan oshdi. 

– Biz Oq changalga borib tekshiruv olib bormoqchimiz.

– Men ham boraman. 

Shu payt xonaga qo‘lida ovqat solingan kosalar qo‘yilgan patnisni ko‘tarib Anora kirib keldi. Dilshod shaharlik juvonga o‘tkir nigohi bilan qaradi. Ayol ko‘rpachaga o‘tirib kosalarni xontaxtaga qo‘ydi. Undan ko‘z uzmay qarab o‘tirgan Dilshodni sezgandek boshidagi ro‘moli to‘g‘irlab qo‘yib, uchastka noziriga zimdan qaradi. Begona erkakning unga termilib turganidan uyalib boshini egdi. O’rnidan turib eshik tomon oxista qadam tashladi. Dilshod xonadan chiqib ketgunicha Anoraning ortidan qarab qoldi. 

– Nega hammang shu juvonga suqlanasan-a? – deb kuldi Fayzi cho‘pon. – Chiroyli, ammo boshida eri bor.

– A? Yo‘g‘-e! Men kelinlaringizdan biri bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim. Lekin qishloq qiziga o‘xshamaskan shunga... 

– Ha shahardan. Lekin hozir bu asosiy muammo emas. Qani sovimasdan tezroq ovqatlaringni yeb olinglar. Keyin Oq changalga jo‘naymiz. Anora haqida yo‘lda aytib beraman.

Bir narsa yoqmagandek Dilshodning negadir yuzi burishib ketdi. 

Tushlikdan so‘ng Didshod, uning yordamchisi Akmal Oq changalga yo‘l olishdi. Ketar chog‘i Dilshod hovlidagi dorga kirlarini yozayotgan Anorani qaradi. Ayol kirlarini ilish bilan ovora bo‘layotgan bo‘lsa ham Dilshodning unga qaraganini sezib u ham zimdan unga qarab qo‘ydi. Dilshod mashinaning old o‘rindig‘iga o‘tirdi.

– Oq changalga hayda! – dedi ruldagi Akmalga.



***

Yo‘lda Fayzi cho‘pon Anora haqida gapirib berdi. Mashina magnitofonidan yangrayotgan qo‘shiqqa maxliyo bo‘lgan Akmal uning gaplarini deyarli eshitmadi. Dilshod esa Fayzi cho‘ponning shaharlik juvon haqida aytgan gaplarini diqqat bilan eshitib ketdi. Nihoyat ular Oq changalga yetib kelishdi. Fayzi cho‘pon Dilshod va Akmalni Sherbekning qoni to‘kilgan joyga olib bordi. Uchastka noziri atrofni sinchiklab ko‘zdan kechirdi. Hamma yoq tikanzor edi. Bir soat Oq changalni aylanib chiqishdi ammo na Sherbekni na parini topishdi. Dilshod va Fayzi cho‘pon g‘orga kirishdi. G’or ichida toshlardan bo‘lak hech narsa ko‘rinmasdi. G’or ichidagi ifordan Dilshodning ko‘ngli aynidi. Shunda biroz o‘ylanib qoldi.

– Fayzi aka, bu yerdan shaharga boradigan katta yo‘lga chiqsa bo‘ladimi? – dedi.

– Oq changaldan katta yo‘lga boriladigan bitta yo‘l bor. Bu yo‘l uyimning oldidan o‘tgan. Agar kimdir bu yerga kelmoqchi bo‘lsa uyimning oldidan o‘tadi. Men shu paytgacha faqat Sher va uning otasi Haydar aka o‘tganini ko‘rdim. Kecha Sherning akalari ham bu yerga kelib uni izlashdi. 

– Demak bu yerga siz, Haydar ota, Sherbek va uning ikki akasidan boshqa hech kim kelmagan. 

– Xuddi shunday. Aslida Haydar aka va Sherbekning boshiga tushgan musibatlarga men aybdorman. Chunki Haydar ota Oq changalga borayotgan kuni men to‘yga ketayotgandim. Unga – Yo‘qolgan sigiringizni o‘zim topib beraman o‘sha befayz makonga bormang – deb uni yo‘ldan qaytarishga erindim. Sherni ham yo‘ldan qaytara olmadim. Hammasiga men aybdorman! 

– Shunday bo‘lishi taqdiriga yozilgan ekan. Afsus chekishdan foyda yo‘q. 

G’or ichini ko‘zdan kechirayotib Dilshod toshlar orasidan oyoq bilan majaqlangan sigareta qoldig‘ini topib oldi. Uni olib shimining cho‘ntagiga soldi. Shu payt g‘orga Akmal kirib keldi. 

– Dilshod aka, tog‘ning yonboshidagi qum tepalikda bir o‘ra bor ekan – dedi. 

Ular Oq changal tog‘ining yonboshidagi qirga o‘xshash qum tepalikka borishdi. Tepalik usti yantoq va tikanlar bilan qoplangandi. Tepalikda chuqur o‘ra bo‘lib uning og‘zi o‘rilgan tikan va o‘t-o‘lanlar bilan berkitilgandi. Diqqat bilan qaramasa tikanlar orasidagi bu chohni payqash mushkul edi. Shu bois Sherbekning akalari uni ko‘rmagandi. Akmal endi qo‘li bilan tikanlarni olmoqchi bo‘lganida Fayzi cho‘pon uni urishib berdi.

– Ey bola! Buncha shoshilasan? Bu tikan-ku! Qo‘lingda qasding bormi nima balo! – deb baqirdi. 

Fayzi cho‘pon o‘zining doimiy hamrohi – qo‘lidagi tayoq bilan choh ustiga yopilgan tikan va o‘tlarni chetga surib tashladi. O’raning og‘zi ochildi. Uchalasi engashib o‘raning ichiga qarashdi-yu dahshatdan ranglari oqarib ketdi. Ikki metr chuqurlikdagi bu chohning ichida Sherbekning jasadi yotardi. 

***

– Bu qotillik! – deb Akmal hujjatlarni stol ustiga qo‘ydi. – Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra Sherbekning boshiga tahminan besh kilogrammlik tosh bilan zarba berishgan. Natijada yigitning bosh miyasi qattiq shikastlanib u jon bergan. Jasad topilgan vaqtda uning o‘ldirilganiga bir hafta bo‘lgan. Demak Sherbekni Oq changalga borgan kuni o‘ldirishgan. 

– Buni parilar qilmagani aniq – dedi Dilshod horg‘in holatda. – Rahbariyatdan buyruq kelgan. Bu ish yuzasidan jinoiy ish ochib, tezkor surishtiruv ishlarini boshlashimiz kerak. 

– Ishni nimadan boshlaymiz?

– Men shaharga borib kelishim kerak. Sen esa qishloqda surishtiruv ishlarini olib bor.

– Xo‘p bo‘ladi. 

Ikki kundan so‘ng Murodov qishloqqa qaytib keldi. 

– Surishtirdingmi? – dedi Akmalga. 

– Ha. Qishloqdoshlar orasida Sherbekni Oq changal jinlari urib o‘ldirgan degan mish mish tarqaldi. Ko‘rsatma berganingizdek Fayzi cho‘ponning uyini kuzatuvga oldim ammo hech qanday shubhali narsa sezilmadi.Uning uyi oldidan manavi sigareta qoldiqlarini topdim. 

Akmal kichkina yelim haltachaga solingan sigareta qoldiqlarini stol ustiga qo‘ydi.

– Fayzi aka chekmaydi. Bu Sherbekniki bo‘lsa kerak. Hozircha bori shu.

Dilshod indamay yordamchisining gaplarini eshitib turdi. 

– Tayyorgarlik ko‘r. Oq changalga boramiz – dedi. 

***

Mashinadan tushgan Dilshod Fayzi cho‘ponning uyi oldida bir erkak bilan gaplashib turgan Anorani ko‘rib to‘xtab qoldi. Biroz qarab turgach, bir bir bosib ularga yaqinlashdi. Ular tomon kelayotgan Dilshodni ko‘rib Anora nim tabassum qildi.

– Assalomu alaykum, Dilshod aka.

– Vaalaykum assalom. Fayzi aka uydami?

– Fayzi tog‘am qo‘ylarni qirga op chiqib ketuvdilar. Robiya xolam uydalar. Chaqirib beraymi?

– Yo‘q, shart emas. Kelganimni Fayzi tog‘angizga aytib qo‘ying.

– Xo‘p bo‘ladi.

Dilshod Anoraga termildi. Ayolning ko‘zlarida qandaydir qo‘rqinch bor edi. Keyin uning yonidagi erkakka qaradi. Sochi kalta, yuzi dumaloq, qoshlari qalin, lablari do‘rdoq bu erkak tahminan o‘ttiz yoshlar atrofida edi. U Dilshodga o‘qrayib qaradi. Yuz qiyofasidan Anoraga qaragani uchun Dilshodni yomon ko‘rib ketayotgandek edi. Buni sezgan Anora vaziyatni yumshatishga urindi. 

– Bu kishi turmush o‘rtog‘im, Yoqub aka – deb erkakni tanishtirdi. – Kecha Rossiyadan qaytib keldilar.

– A? Ha. Salom. Yaxshimisiz? – deb so‘rashdi Dilshod.

– Salom. Yaxshi rahmat – deb qo‘ydi erkak.

– Qishloqdagi voqealarni eshitdim – dedi Anora. – Oq changal bizga yaqin. Qo‘rqib qoldim. Xayriyat Yoqub akam qaytib keldilar. Endi shaharga ketamiz. 

– Surishtiruv olib boryapman. Sizlarga esa oq yo‘l.

– Omadingizni bersin!

Dilshodning birdan yuzi burishib ketdi. Unga qarab turgan Anora va Yoqubdan xijolat bo‘lib ortga burildi. Tez-tez yurib mashinaga suyanganicha ularni kuzatib turgan Akmalning oldiga bordi. 

– Oq changalga hayda – deb mashinaga o‘tirdi.

Oq changaldagi manzarani ko‘rib Dilshod va Akmal hayratdan yoqa ushlashdi. Tikanzor yonib kulga aylangandi. 

– Endi oq changallar yo‘q! Parilar g‘azablanib ularni yoqib yuborishibdi shekilli – dedi Akmal.

Dilshod bir so‘z demay atrofga qaradi. “Nahotki chindan ham bu yerda parilar bo‘lsa?” ichida o‘yladi. Uchastka noziri bu yerda qolishdan foyda yo‘qligini tushunib yordamchisi bilan qishloqqa qaytdi. Fayzi cho‘ponning uyi oldidan o‘tayotib Dilshod mashina derazasidan Fayzi cho‘pon va xotini Robiya xola bilan xayrlashayotgan Anorani ko‘rdi. 

– U sizga yoqib qoldi-a? – dedi Akmal.

– Kim?

– Anavi shaharlik juvon-da!

– Anorami? Yo‘g‘-e! Nimalar deyapsan?

– Rosa ketvorgan ekan o‘ziyam. Qishloqda unaqasini topish qiyin. Ammo ehtiyot bo‘ling. Yangam bilsalar bormi...

– Jim bo‘l! Uning eri bor. 

– Haligi turqi sovuq yigitmi? Aft-turishi yoqmadi menga. 

– Har xil odam bo‘ladi. 

***

Qishloq militsiya bo‘limiga Viloyat Ichki Ishlar bo‘limidan mayor Aliev tashrif buyurib Sherbekning o‘limi yuzasidan ochilgan jinoiy ish bilan tanishdi. Mayor uchastka noziri Dilshod Murodovga bu ishni tezroq yopishni buyurib shaharga qaytib ketdi. Ketar chog‘i bo‘shanglik qilayotgani uchun Murodovni rosa “tuzlab” ketdi. Rahbariyatdan gap eshitgan xodimga qiyin. Dilshod kayfiyatsiz holda kompyuterini yoqdi. “Pari bo‘lmay har balo bo‘l!” dedi to‘ng‘illadi. Shu payt xonaga shoshib-pishib Akmal kirib keldi.

– Dilshod aka, jiddiy muammo chiqdi – dedi u xansirab. – Fayzi cho‘pon og‘ilxonasida o‘zini osib qo‘yibdi!

Tezlik bilan Fayzi cho‘ponning uyiga yetib kelgan uchastka noziri va yordamchisi uyda to‘plangan tumonan odamni ko‘rishdi. Butun qishloq shu yerda edi. Dilshod bilan Akmal odamlar orasidan o‘tib Fayzi cho‘ponning hovlisiga kirishdi. Ustiga chopon, boshida do‘ppi, belida belbog‘ bilan hovlida yurgan cho‘ponning katta o‘g‘li Murtazo Dilshodni ko‘rib uning oldiga keldi. Otadan ayrilgani uni qattiq iztirobga solgani yig‘idan qizargan ko‘zlaridan bilinib turardi. 

– Assalomu alaykum, Murtazo aka. Xudo sabr bersin! – dedi Dilshod.

– Vaalaykum assalom. Rahmat, Dilshod. 

– Fayzi akani ko‘rishim kerak.

– Albatta. 

Murtazo Dilshodni Fayzi cho‘ponning mayiti yotgan xonaga olib kirdi. Murdani tekshirayotgan qishloq shifokori ularni ko‘rib o‘rnidan turdi. Shifokor Dilshodga Fayzi cho‘pon vos vos bo‘lganini tushuntirdi. Uchastka noziri jasadni yaxshilab ko‘zdan kechirdi. Jasadning bo‘ynida arqon izlari bor edi. Shifokor xulosasini eshitgach indamay tashqariga chiqdi. Murtazo va Robiya xolaga taziya izhor qilib janozaxonani tark etdi. 

– Aka, meni bir narsa o‘ylantirib qo‘ydi – dedi Akmal yo‘lda ketayotib. 

– Nima?

– Taziyaxonada odamlardan bir gap eshitdim. 

– Xo‘sh?

– Og‘ilxonada osilib yotgan Fayzi cho‘ponni birinchi bo‘lib ko‘rgan xotini Robiya xola ayollarga erining oyoq yalang holda o‘zini osganini aytgan. Fayzi akaning oyoq yalang yurishi juda g‘alati hol. Axir kechasi bilan yomg‘ir yog‘di. Atrof loy va nam. 

Dilshod o‘ylanib qoldi. U Sherbekning jasadi g‘am oyoq yalang holda topilganini esladi. 

– Uch qotillik! – dedi beixtiyor.

– Nima? – Akmal xayratlanib unga qaradi. 

– Hech narsa. O’zim shunchaki – dedi Dilshod. 

Ertasi kuni Dilshod telefonda kim bilandir uzoq suhbatlashganidan so‘ng Akmalni chaqirdi. 

– Tayyorgarlik ko‘r. Bugun tunda bir joyga boramiz. O’sha yerda hammasiga nuqta qo‘yamiz – dedi yordamchisiga.

– Xo‘p bo‘ladi – dedi Akmal. 

Yarim tunda ikki niqoblangan odam devordan oshib Haydar boboning hovlisiga tushishdi.Ular ilgari marhum Haydar bobo yashagan xona eshigini buzib ichkariga kirishdi. Ichkaridagi hamma narsani ag‘dar-to‘ntar qilib nimanidir axtarishdi. Sha payt xona chirog‘i yondi.

– Manavini izlamayapsizmi? – dedi eshik oldida turgan Dilshod.

Uning qo‘lida bir juft etik bor edi. O’g‘rilar bir-biriga qarashdi. Ulardan jussasi kattasi Dilshodga tashlandi. Uchastka noziri tezlik bila chap berib bir zarba bilan o‘g‘rini yerga qulatdi va qo‘liga kishan soldi. Ularni jimgina kuzatib turgan ikkinchi o‘g‘ri qo‘rquvdan titray boshladi. Dilshod polda yotgan kishanlangan o‘g‘rining niqobini olib tashladi. 

– Salom, Yoqub – dedi alam bilan unga qaragan o‘g‘riga. 

Xonaga kirib kelgan Akmal toshdek qotib qolgan past bo‘yli ikkinchi o‘g‘riga yaqinlashib keldi va qo‘li bilan yuzidagi niqobini olib tashladi. O’g‘rining uzun sochlari beliga tushdi. Uning dumaloq, oppoq yuzi yanada oqarib ketgan, g‘uncha lablari qo‘rquvdan titrardi. Bu o‘g‘ri Anora edi. 

– O’yin tugadi, Oq changal parisi! – dedi Dilshod. 

– Siz... siz buni qanday aniqladingiz? – dedi Anora yig‘lamsirab.

Dilshod ayolga yaqinlashdi va birdan yuzi burishdi.

– Shu atiringiz sizga pand berdi! – dedi.

– Nima? – dedi Anora hech narsaga tushunmay.

– Siz sepadigan atirning hididan ko‘nglim ayniydi. Hidi juda o‘tkir. Ammo bu ifor menga yoqmaydi. Oq changaldagi g‘ordan ham aynan shu hid anqib turardi. Fayzi akaning uyiga borganimizda bizga ovqat olib kelganingizda ham shu hidni sezgandim. Shu sabab shaharga borib siz haqingizda yaxshilab surishtirdim. Siz Fayzi akaning singlisiga qo‘shni uyni ijaraga olgansiz. Qo‘ni-qo‘shniga eringizni xorijga ketgani haqida yolg‘on ertak to‘qigansiz. Aslida eringiz, yani manavi kimsa Yoqub hech qaerga ketmagan. Bu oldindan tuzilgan puxta reja edi. Siz yolg‘onlaringizga shaharga ko‘chib borgan qishloqlik sodda qo‘shningiz, Fayzi akaning singlisini ishontirgansiz. Shahar chetidagi o‘z uyingizda qolgan eringiz bir kecha do‘sti bilan siz yashayotgan ijara uyga bostirib kirishni ajoyib tarzda uyushtiradi. Keyin sizlar maqsadingizga erishdingiz, yanijabrdiyda ayol sifatida qishloqqa ko‘chib keldingiz. Sizga Oq changal kerak edi. 

– O’sha tashlandiq joyingizni bizga nima keragi bor – dedi Yoqub.

Dilshod unga shunday qaradiki Yoqubning yuragi orqaga tortib ketdi.

– Yoqub Ahmadjonov, sizni muqaddam sudlanganingizdan xabarim bor. Siz og‘ufurushlik bilan shug‘illanasiz. Giyohvand moddalarni yurtimizga olib kirish xavfli edi. Ilgari qo‘lga tushganingiz uchun buni yaxshi bilardingiz. Shunda siz giyohvand moddani o‘zingiz yetishtirishga qaror qildingiz. Buning uchun sizga xavfsiz, e’tibordan chetda tashlandiq yer kerak edi. Ayrimlardan eshitganingiz Oq changal ana shunday yer edi. Keraksiz, tashlandiq , e’tibordan nari eng muhimi hech kim bu yerga kelmaydi. Siz bu yerga yashirin ravishda bir necha marta kelib ketgansiz. Ammo Oq chagalga serqatnov bo‘lib qolishingiz odamlarda shubha uyg‘otardi. Shu sabab tikanzorda qolib ko‘knori yetishtirgansiz. Xotiningiz har kecha sizdan xabar olib turgan. G’orda yashab kun kechirganingizni u yerdan topilgan sigaretangiz qoldiqlari tasdiqlaydi. Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari har oyda vertolyotda aylanib qo‘riq yerlarni nazorat qiladi. Siz ularni chalg‘itish maqsadida ko‘knorini tikanlar orasiga ekkansiz. Tabiiyki tikanlar orasidagi giyohvand moddani hech kim ko‘rmaydi. Xullas toki yo‘qolgan molini izlab Haydar ota Oq changalga kelib qolmaguncha hammasi yaxshi ketayotgandi. Garchi u qorong‘uda hech narsani payqamagan bo‘lsada, g‘ordagi Oq changal parisini ko‘rib qoladi. Bu pari siz edingiz Anora! Cholni ko‘rib qo‘rqib ketasiz. G’orning boshidagi qorong‘u burchakda o‘tirgan eringizning ko‘rsatmasi bilan bechora qariyaga uchiga zahar surilgan nina sanchib olasiz. Kuni kecha qabrni ekskumatsiya qildirib Haydar otaning murdasini ekspertizaga bergandim. Tibbiy-ekspertizadagilar qariyaning tanasidan zahar topilganini aytishdi. 

Choldan qutildingiz ammo kutilmaganda Oq changalga tashrif buyurgan Sherbek sizni sarosimaga solib qo‘ydi. Yoqubning kuchli zarbasidan bechora yigit ham halok bo‘ldi. Jasadni Oq changal yaqinidagi qum tepada hosil bo‘lgan tabiiy o‘raga olib borib tashlagansizlar. Lekin tikanlarni bosib kelgan yigitning oyoq kiyimining ostiga giyohvand modda qoldiqlari yopishib qolgandi. Shu bois yigit oyoq kiyimini yechib olgansizlar. Muammo ko‘paya boshlagach, tezlik bilan “hosil”ni yig‘ishtirib olgansizlar. Iz qoldirmaslik uchun tikanzorga o‘t qo‘yib yuborgansizlar. Bu hali hammasi emasdi. Anora Fayzi cho‘ponning oyoq kiyimida ham og‘uning qoldiqlarini payqab qoladi. Shunda Fayzi cho‘ponning o‘zini osib qo‘yishini ham uyushtirgansizlar. “Hosil”ingiz yig‘ishtirib olinmasidan avval Oq changalga borganlarning ikkkitasining oyoq kiyimidan xalos bo‘lganingizdan so‘ng muammolaringizning bosh sababchisi Haydar otaning oyoq kiyimini yo‘q qilish payiga tushgansiz. Men sizlarga tuzoq qo‘ydim Haydar otaning uyida hech kim yo‘qligini uyushtirib, oyoq kiyimni izlashingizga imkon yaratib berdim. Oqibatda esa sizlar bilan shu yerda uchrashdik.

– Gaplaringiz quruq tuxmatdan boshqa narsa emas! Bizning aybimiz yo‘q! – deb baqirdi Anora.

– Ha. Qo‘lingizda dalil yo‘q! – dedi Yoqub.

– Shaharlik hamkasblarim bilan bog‘landim. Ular shahar chetidagi befayz uyingizdan Oq changalda yetishtirilgan ko‘knorini topishibdi. Bu ham sizlarga kammi? Er-xotin Ahmadjonovlar, sizlar qasddan odam o‘ldirish, giyohvand modda yetishtirish va o‘g‘rilikda ayblanib qamoqqa olinasizlar!

Yoqib hammasi tamom bo‘lganini tushunib ko‘zlarini yumdi. Anora esa hiqillab yig‘lay boshladi.

SHERLAR.NET
Категория: DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR | Добавил: admin (24-Января-2017)
Просмотров: 5053 | Теги: 2017 detektiv, detektiv qissalar, detektiv, qissalar, detektiv hikoyalar, hikoyalar, detektiv asarlar, sherlar.net, manoli detektiv qissalar | Рейтинг: 5.0/46

Oq changal parisining jodusi (Detektiv hikoya) haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada Oq changal parisining jodusi (Detektiv hikoya) haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda Oq changal parisining jodusi (Detektiv hikoya) dan tashqari yana DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 26-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz