Вверх
Пятница, 26-Апреля-2024, 06:32
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT

Kenja o'g'il (O'zbek halq ertaklari)

Bir chol bor ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan. Bir kun chol o‘libdi. Choldan bolalariga uchta narsa: keli, kelisop, narvoncha qolibdi. Katta o‘g‘li, kelini, o‘rtanchasi kelisopni, kichigi narvonchani olibdi. Kichik o‘g‘il narvonchani ko‘tarib yetti kunlik yo‘lga tushibdi. Bir joyga borsa, bir boyning uyidan tutun chiqib turgan emish. Narvonchadaa tuynukka chiqib qarasa, bir xotin hadeb har xil ovqatlarni pishirib, yashirib qo‘yayotgan emish. Bola hammasini aniq ko‘rib olibdi. Pastga tushib o‘tiribdi. Bir qancha vaqtdan keyin boy kelibdi. Bolaning bir zaxchasi bor ekan, bola boy kelishi bilan zaxchani turtibdi. Zaxcha «chag‘» debdi.

Boy:
— U nima? — debdi. Bola:
— Bu mening folbinim, — debdi. Boy:
— Qani, bir fol ochirib yubor, — debdi.
Bola zag‘chani bir urgan ekan zaxcha «chag‘» debdi. Boy:
— Nima deyapti? — debdi. Bola:
— Bir tovoq palov turibdi. Shuni olib chiqsinlar, deyapti, — debdi. Boy uyga kirib xotiniga:
— Bir tovoq paloving bor ekan. Shuni ber, — debdi. Xotini beribdi. Uni olib chiqib bola bilan ikkovi yeyishibdi. Boy «tag‘in ochir», debdi. Bola zag‘chani bir ursa zag‘cha «chag‘» debdi. Boy:
— Nima deyapti? — debdi. Bola:
— Uyda bir tovoq xasip turibdi. Shuni olib chiqsin deyapti, — debdi. Boy uyga kirib xotiniga:
— Xotin, tovoqda xasip bor ekan, shuni ber, — debdi. Xotini hayron bo‘lib:
— Kim aytdi sizga? — debdi.
— Ey, xotin, qo‘yaver. Bir folbin bor ekan. O’shanga fol ochirayotibman, — debdi.
Boy xasipni olib chiqib bola bilan yebdi. Boy:
— Tag‘in ochir, o‘g‘lim, — debdi. Bola, tag‘in ochiribdi. Boy.
— Nima deyapti? — debdi. Bola:
— Uyda bir tovoq chuchvara bor, o‘shani olib chiqinglar! deyapti, — debdi. Yana boy kirib xotiniga:
— Chuchvarang bor ekan, o‘shani ber, — debdi. Xotini tag‘in beribdi. Uni ham olib chiqib yeyishibdn.
Boy: «Tag‘in ochir, o‘g‘lim!» debdi. Bola:
— Ey, ota, qo‘ying endi, aljirab ketadi, — debdi. Boy:
— Ochir, ochir, o‘g‘lim! —debdi. Bola yana ochiribdi:
— Uyda bir tovoq somsa bor, o‘shani olib chiq, deyapti, — debdi.
Boy tag‘in xotini oldiga kirib: «Somsani olib chiq», debdi. Xotini olib chiqibdi. Somsani ham ikkalalari yeyishibdi. Tag‘in boy:
— Yana ochir, o‘g‘lim! —debdi. Bola:
— Yo‘q, ota, endi ochirsam aljirab ketadi, — debdn. Shu o‘rtada zag‘cha «chag‘» debdi. Boy:
— Nima deyapti? — deb so‘rabdi. Bola:
— Boy buvamning xotinlarining o‘ynashi bor deyapti, — debdi. Boy hayron bo‘lib:
— Shu zag‘chani sotasanmi? — deb so‘rabdi.
— Yo‘q, ota, sotmayman. Shu bilan tirikchilik qilib yuraman, — debdi. Boy:
— Hech bo‘lmasa uch yilga sot, — debdi. U bola:
— Ho, tunov kuni bir boy bir yilga bir tovoq tilla beraman dedi, bermadimu, sizga beramanmi, — debdi. Boy:
— Agar to‘rt tovoq tilla bersam uch yilga berasanmi? — debdi. Bola:
— Tag‘in bir eshak berasiz-da, — debdi.
Boy yaxshi bir eshak, to‘rt tovoq tilla beribdi. Bola ketibdi. Boy uyiga kirib, «o‘ynashing bor ekan», deb xotinini urib-urib chiqib ketibdi. Xotin zag‘chaning kallasini uzib tashlabdi. Boy qaytib kelib zag‘chani so‘rabdi. Xotini:
— Qo‘shnimizning xotini mushuk boqqan ekan, zag‘chani o‘sha o‘ldirib qo‘ydi, — debdi.
Boy «endi egasi so‘rab qolsa, nima deyman», deb bir kimxob to‘n olib bolaning ketidan yuguribdi, Bola, boy orqamdan zag‘chani qaytarib kelayotibdi, deb o‘ylab eshakning dumini, qulog‘ini qirqib olibdi:
— Boy aka, bergan eshagingiz yomon chiqib qoldi, — debdi. Boy:
— Mayli, folbining o‘lib qoldi, — debdi, — mana shu to‘nni olib rozi bo‘l! — deganda, bola:
— E, e, yaxshi bo‘lmabdi, men borib qaytib olmoqchi edim, — debdi.
Boy uyiga ketibdi. Bola yurib-yurib bir yurtga boribdi. Bolalar: «Bu eshakmi, yo boshqa narsami», deb uning orqasidan kulib yurgan emish. Bola:
— Qo‘yinglar, bu eshak emas, balogardon, balogardon, — debdi. Bola va uning eshagi haqida podshoga xabar berishibdi.
— Bir zar chopon kiygan bola eshakka o‘xshagan — dumi, qulog‘i yo‘q, balogardon degan hayvonni minib yuribdi, — deyishkbdi.
Buni eshitib, podsho navkarlaridan biriga:
— Darrov mening oldimga o‘sha bolani olib kelinglar, — deb buyruq beribdi.
Bolani podshoning oldiga olib borishibdi. Podsho boladan:
— Bu nima? — deb so‘rabdi. Bola:
— Ey, buni qo‘yavering. Bu qancha dushmaningiz bo‘lsa hammasini yo‘q qilib yuboradi. — debdi.
Podshoning bir joyda dushmani bor ekan. O’shanga uch o‘g‘li bilan bir qancha askarlarni yuborgan ekan. Dushman uch o‘g‘li bilan butun askarni nobud qilgan ekan. Dushmandan o‘ch olmoqchi bo‘lib yurgan ekan. Podsho:
— Menga shuni sotasanmi? — deb so‘rabdi. Bola:
— Men bu balogardon bilan kun ko‘rib yuribman, — deb javob beribdi. Podsho:
— Agar shu balogardon rostdan mening yovlarimni yo‘qota olsa, qizimni va podsholigimning yarmini beraman, — debdi. Bola:
— Bu balogardonga har kun suv bermay, beda berasiz. Undan keyin dushmanlaringiz kelganda qo‘yib yuborsangiz, hammasini yo‘q qilib yuboradi, — debdi.
Podsho bola nima desa o‘shani qilibdi. Dushmanlar kelishi bilan eshakni qo‘yib yuboribdi. Hamma odam: «Ho‘, balogardon kelyapti», deb qocha beribdi. Bir-birining ustiga yiqilib, otlarning tagida qolibdi. Ba’zisi o‘libdp, ko‘plari qochibdi.
Eshak chanqab suv izlab yurgan emishu, dushmanlar balogardon kelyapti, deb qocharmish. Podsho bolaga qizini va bir qancha dunyo beribdi. Shunday qilib bola murod-maqsadiga yetibdi.

SHERLAR.NET
Категория: BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT | Добавил: admin (11-Января-2017)
Просмотров: 3177 | Теги: bolalar uchun ertaklar, qiziqarli ertaklar, kichkintoylar uchun, kenja o'g'il, ertaklar yaxshilikka yetaklar, o'zbek halq ertaklari, uzbekcha ertaklar | Рейтинг: 5.0/23

Kenja o'g'il (O'zbek halq ertaklari) haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada Kenja o'g'il (O'zbek halq ertaklari) haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda Kenja o'g'il (O'zbek halq ertaklari) dan tashqari yana BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 26-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz