Mayli menga ochilmasin quvonchlarning darchasi
Mayli, hayot beraversin azoblarning barchasin.
Tug‘ilishing umid bilan kutadurman — so‘ng so‘zim
Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim!
O’tdi mana necha yilki, lekin sendan yo‘q darak
Yo‘llaringaQ mushtoq ko‘zlar, dillarimiz mushtarak.
Nechun bizni sen bunchalar qiynaydursan ey — falak
Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim!
Chorak asr kutdim seni chidab malomatlarga
Yaqinlarning g‘iybatidan quloq kelar qomatga.
Farzandim yo‘q shu sohada yetolmadim omadga
Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim!
Onang deydi: Qo‘ying meni, uylaning o‘zgasiga
-Siz bosh egib yursangiz, men chiday olmayman bunga.
Qachongacha yuradirsiz boshingizni egib, jim
Yetmay umr tugasachi o‘sha baxtli kunlarga.
Ovutishga urinaman erkalatib onangni
Bas qil deyman, qo‘ygin deyman, aytma bunday so‘zingni.
Alloh nasib qilar hali, yetarmiz shu kunlarga
O’tirasan erkalatib shirin o‘g‘il qizingni.
Turli mish-mish g‘iybatlarchi ters oqizar daryoni
Ne ham derdim, asli, bir kam deydilar bu dunyoni.
Farzand yo‘q-mi hech kelmaskan uqubatlar poyoni
Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim!
Otilsa ham chidaydurman tuhmatga, ta’na toshga
Qaro ko‘zlar ko‘radilar neki kelsa bu boshga.
Tomog‘imdan luqma o‘tmas, qo‘lim ham bormas ishga
Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim!
Bolam seni uzoq kutdim, nahot buni bilmasang
Onang tinmay yig‘layverar, ko‘z yosh artib turmasang.
Otang umri tugayapti, shunda ham sen kelmasang
Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim!
Zardoblarni yutib yashar, onang sho‘rlik zor yig‘lab
Tunlar tongga ulangaydur yurak bag‘irni tig‘lab.
Seni kutib yashayapmiz ertangi kunni o‘ylab
Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim!
Ko‘zimdagi qonli yoshim yuzlarimni yuvganda
Yurakdagi hasratlarim quvonchlarni quvganda,
Hatto ojiz raqibim ham bu holimdan kulganda
Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim!
Uzoq yillar seni kutib yoshga to‘ldi ko‘zlarim
O’zgalarning oldida hech, aytolmadim so‘zlarim.
Kutib umrim o‘tsa hamki bugun senga erishdim
Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim!
Sen tug‘ilding, hayotimga nuru ziyo kirganday
Quvonaman huddi g‘arib, oltin topib olganday.
Sensan mening zebu zarim, bir umrlik xazinam
Boshimdagi toju taxtim, o‘zingdursan — farzandim!
Otang yig‘lar quvonchidan, o‘z — o‘ziga sig‘masdan
Onang yig‘lar na dunyoni, yon verini ko‘rmasdan
Tug‘ilishing bir olam baxt buni o‘zing bilmassan
Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim.
Boshimdagi toju taxtim, o‘zingdursan — farzandim!
Zafar Ziyo
SHERLAR.NET