Вверх
Четверг, 25-Апреля-2024, 15:36
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Март » 17 » Xotira pasayishi sabablari va mustahkamlash usullari
Рекомендуемы
22:50
Xotira pasayishi sabablari va mustahkamlash usullari

Xotira susayishi – ikki jins vakillari orasida keng tarqalib borayotgan, yoshlar va hatto bolalar orasida ham tez-tez uchrayotgan kasalliklardan biri. Ayollar, onalar farzandlari, turmush o’rtoqlari sog’liqlari borasida qattiq qayg’uradilar, g’amxo’rlik qiladilar. Ta’bir joiz bo’lsa, ayollar – oila atalmish qo’rg’onning nafaqat bosh oshpazi, balki o’rni kelganda bosh shifokorlari hamdir. Shu sabab bugun ko’tarayotgan mavzumizdagi maslahatlar foydadan holi bo’lmaydi:

Inson xotirasi cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lib, mutaxassislarning fikriga ko’ra, xotirani mustahkamlash usullaridan qanchalik ko’p foydalansak, kerakli axborotni eslab qolish ham shunchalik oson kechadi. Avvalo, qanday omillar xotira pasayishiga sabab bo’ladi?

1) Klimaks davri (Ayollarda hayz ko’rishning butunlay to’xtashi). Bu vaqt davomida ayollar xotira funksiyasi va fikrni jamlash bilan bog’liq talaygina muammolarni boshidan o’tkazadi;

2) Gipertoniya. qon bosimi yuqori bo’lgan insonda, xotira pasayishi va ruhan og’irlashish ehtimoli ko’proq uchraydi;

3) Diabet. Miyamizning anglash, tushunish, o’rganish funksiyasini pasaytirishda mazkur kasallik yetakchilik qiladi. Bu holat, asosan, yoshi katta ayollar orasida ko’proq uchraydi;

4) B12 vitamini yetishmasligi. Kunlik ovqat tarkibida yetarlicha B12 vitamini bo’lmasa, xotira zo’riqishlarni tez qabul qiladi;

5) Kerakli, foydali moddalar yetishmasligi ham miya qo’shimcha funksiyasining susayishiga olib keladi;

6) Zaharlanish. Ba’zi zaharlovchi moddalar, inson miya funksiyasini susaytirib yuboradi.

Xotirani mustahkamlash usullari:
  • Esda saqlab qolishni xohlagan narsamizni ifodali o’qish va uni hech bo’lmaganda bir marta qaytarish lozim. Masalan, telefon raqami, e’lon yoki yangiliklarni ovoz chiqarib, balandroq o’qish, ularni eslab qolishni osonlashtiradi;
  • Ma’lumotlarni guruhlarga ajratish yoki ularni tanish biror narsa bilan bog’lab, eslab qolish mumkin;
  • Uzun matnni tezroq yod olishda o’qilayotgan ma’lumotning ko’rinishini miyada yaratish, ularni tasavvur qila olish orqali inson ma’lumotni yana-da osonroq esda saqlab qola oladi;
  • O’qiyotgan narsaga biror kulgili yoki bema’ni narsani bog’lash – bu xotirani hissiyotlarga bog’lashga ko’mak beradi.
Sizda xotira susayishi kuzatilayaptimi? Unda:

1) Ayollar uchun har hafta bir mil piyoda yurish xotiraning kuchayishini 13 foizga yaxshilaydi;

2) Ovqatlanish tartibiga va ovqat tarkibiga e’tibor bering: inson miyasi tana og’irligining atigi 2% ini tashkil qiladi, lekin qabul qilayotgan kislorod va ozuqalarining 20% ini iste’mol qiladi;

3) Miya – tananing bir bo’lagi. Shu bois, tanamiz uchun bajarayotgan jismoniy mashqlar miya faoliyati rivojlanishiga ham yaxshi yordam beradi;

4) Miyani yangi g’ayrat, faollik bilan harakatga undang O’rganish orqali rivojlaning, zero miyamiz borligining sababi ham – yashab turgan muhitimizni o’rganish, o’zgartirish hisoblanadi;

5) Miyangizni chetdagi odamlar fikrlari asosida emas, balki o’z shaxsiy fikrlaringizga tayangan holda ishlating. Boshqalar fikri asosida qarorlar qabul qilish bora-bora miyani dangasa qilib qo’yadi. Fikrlarni jamlab, tahlil qilish orqali so’nggi xulosani faqat o’zingiz chiqarishingiz lozim. Shu yo’sinda o’z miyangizni mashq qildirib borasiz;

6) Yangiliklarga intiling. Tadqiqot olib borish, sayohat qilish, turar joyni o’zgartirib turish foydali bo’lib, insonni muhitga ko’proq e’tibor berishga undaydi;

7) Yangi til o’rganishing. Olib borilgan izlanishlarga ko’ra,, o’z tilini ham yaxshi bilmaydiganlar yoki xorijiy tillarni bilmaydigan insonlar xotira susayishi kasaliga nisbatan ko’proq duchor bo’lishar ekan;

8) Asabiylashish va xavotirlanish nafaqat nerv xo’jayralarini nobud qiladi, balki yangilarining yaralishiga to’sqinlik qiladi. Miyadagi nerv xo’jayralarining qanchalik uzoq yashashi ulardan qanday foydalanishimizga bogliq. Kayfiyatingizni doimo yaxshi qilishga va jilmayib yurishga odatlaning.

9) Hayotda zabt etishingiz mumkin bo’lgan cho’qqilarni tasavvur qiling, ilhomlantiruvchi, hissiyotlarni uyg’otuvchi so’zlar, nutqlarni tinglang, o’qing. Maktab, kollej, oliy o’quv yurtini tugatgandan so’ng ham izlanishda davom eting. Bunda yoshning ahamiyati yo’q. Miyangiz rivojlanishda davom etayotgani sizning nima bajarayotganingizda yaqqol ko’rinadi;

10) Qolaversa, tabiatimizning o’zi tabib: mayiz, yong’oq, asal, sut mahsulotlari xotira pasayishiga davo sifatida e’tirof etiladi.

“Sog’ tanda sog’loq aql” deydilar. Tanimizdagi bugun arzimas ko’ringan dardni vaqtida davolamasak, bir kasallik ikkinchi birini yetaklab kelmasligiga kafolat berib bo’ladimi?! Zero, inson organizmidagi har bir a’zo zanjir kabi: bir-biriga bog’liq. Barchangizga mustahkam xotira tilaymiz. Doimo salomat bo’ling, aziz o’quvchi!!! 


Manba: Ayol.uz

Категория: FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 2610 | Добавил: admin | Теги: Xotira, xotira pasayishi nimadan, xotirani mustahkamlash, inson xotirasi, foydali maslahatlar, xotirani qanday yaxshilash mumkin, Xotirani yaxshilash | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 25-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Март 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz