Вверх
Пятница, 26-Апреля-2024, 03:11
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Июль » 29 » ​To`ydan oldingi uchrashuv va 7 qadam
Рекомендуемы
12:24
​To`ydan oldingi uchrashuv va 7 qadam

Siz bir-biringiz haqingizda juda kam axborotga egasiz, bilganingiz ham boshqalarning taassurot va talqinlaridan iborat. O`zing yaxshi bilmagan, ko`rmagan odam bilan uchrashuvga chiqish juda noqulay, biroq bo`y qizlarning juda ko`pchiligi butun umrlik juftini topish uchun bunga majbur. Xo`sh, tamomila begona inson bilan uchrashuv kamida tomonlarda yoqimli taassurot qoldirishi, ko`pida nikoh oqshomi bilan davom etishi uchun qizlar nimalar qilishi kerak?

 

Birinchi qadam: mosrog`ini tanlang!

Xonadoningizga vakili kelgan har bir nomzod bilan ota-onangiz sizni uchrashtiravermasliklari aniq. Har holda qiz bola degan nomingiz bor, popuk qand suv etmaydigan joyda asralganidek, qizposhshalar ham ko`pchilik ko`zidan nari qilinadi. Ota-onangiz ta`rif-tavsiflari, nasl-nasabi ko`ngildagidek bo`lgan yigit bilangina birrov uchrashib ko`rishingizga ruxsat berishadi. Demak, siz duch kelgani bilan emas, hech bo`lmaganda uyingizga ikki marta sovchi yuborgan yigit bilan uchrashuvga chiqasiz. Bu orada vakillar siznikilarga uning ismini, yoshini, qaerda o`qishini, nimalar bilan mashg`ul bo`lishini minimum tarzda etkazishgan bo`ladi. Uchrashuvlarda yigit-qizlarning birdek jig`iga tegadigan savol: «ismingiz nima?». Ba`zan o`zingizda aniq javobi bor savollarni so`rayverish odatingizni yo`qoting. Ammo lom-mim demay, faqat «ha-yo`q» o`yinini o`ynasangiz, suhbatdoshingiz o`zini sizga manzur bo`lmagandek his etib, hatto sizga yoqqan bo`lsa ham, sovchilarini qayta jo`natmasligi mumkin.

Ikkinchi qadam: tashkillashtirishingiz mumkin!

Bizda uchrashuv joyini ko`pincha yigit tomon belgilaydi. Sevishganlarda esa aksincha, qizning xohishi birlamchi o`rinda bo`ladi. Agar birinchi uchrashuvdayoq siz tomonga «qaerda uchrashsak bo`ladi?» degan taklif tushsa, albatta, odamlar ko`p bo`ladigan, jamoat joyini tanlang. An`anaviy uchrashuv joyi — xiyobon. O`qish va ishxona jamoatga to`la bo`lgani bilan siz uchun qulay joy emas, xayolingiz tarqoq va hayajoningiz kuchli bo`ladi. Tanish-bilishlar, domlalar-kursdoshlar, boshliq-hamkasblar bilan so`rashishga to`g`ri kelib qolishi ehtimoli ham yuqori. Kino, teatr — cuhbatdoshni yaqindan va har tomonlama bilib olish uchun qulay maskanlar, biroq birinchi uchrashuv bu erlarga borishga sal ertalik qiladi.

Uchinchi qadam: qulaylik eng muhimi!

Bozordan olingan yangi, baland poshnali tuflingiz yoki to`yga kiyib boradigan libosingiz, jimjimali, serhasham turmak va pardoz haqida unuting! Sochingizdan tortib, tirnog`ingizgacha qulay bo`lishi shart! Hali biror marta qilib ko`rmagan pardozni eksperiment qilishdan, kiyib ko`rmagan libosni sinab ko`rishdan voz keching. Chunki o`zingizni bu holatda baholay olmay qiynalasiz. Butun xayolingiz tashqi ko`rinishingiz haqida bo`ladi. Ro`parangizdagi insonga nimalar yoqishini bilmaganingiz holda, pardoz va libosning yorqinlik darajasini kamaytiring. Hamma narsa odatiy kundan birozgina farq qilishi mumkin. Shunda sizning «borimcha qabul qilsin» degan orzungiz amalga oshadi.

To`rtinchi qadam: xotirangizni o`tkirlang!

Ruhshunoslar «eng birinchi taassurot — eng to`g`ri taassurot» deb ta`kidlashadi. Suhbat chog`ida o`z emosiya va ichki monologlaringizni keyinroq yaxshilab analiz qilish uchun esda saqlab qolishga harakat qiling. Uchrashuvdan so`ng barcha yaqinlaringizning «u nima dedi, sen nima deding, endi nima deysan?» qabilidagi savollariga javob topib berishingiz kerak axir!

Beshinchi qadam: kamtarlik va kamgaplik chegarasini biling!

Yigitni ma`lumot va axborotlarga «ko`mib» tashlamang. Bu shunday pallaki, gapirishdan ko`ra tinglash ko`proq foyda keltiradi. Hamrohingizni ko`proq gapirishga rag`batlantiring, savollar berib, uning nutqi, fikrlari, xatti-harakatini kuzating. Birinchidan, yigit o`zi haqida qiziqayotganingizdan xursand bo`ladi, ikkinchidan, siz u haqda ko`proq ma`lumotga ega bo`lasiz va bir qarorga kelishingiz osonlashadi.

Oltinchi qadam: vahima qilmang!

Uchrashuv davomida engilgina hayajon bo`lgani durust. Agar qarshingizdagi insonning maqbul jihatlari kashf etilaversa, siz ham shunchalik erkinlashaverasiz. Siz uchrashuvga chiqqan yigit qanday bo`lmasin, unga hech bo`lmasa 15 daqiqa vaqt ajratishga o`zingizda kuch toping. Hatto bo`yi sizdan 10 sm. past bo`lsa ham hozircha do`stona xayrlashish va keyin qayta ko`rishmaslik mumkin. Yigitni ko`rishingiz bilan uni inkor qilmang, bir-ikki og`iz gaplashmay turib, darhol xulosa chiqarib, osilgan qovoq-tumshug`ingizni ko`rsatmang, to`ng ohangda gaplashmang. Sizning ko`nglingiz qanchalik nozik bo`lsa, yigitlarniki ham undan kam emas. «Meni shunga munosib ko`rdinglarmi?» degan xitobni yaxshisi suvga aytib, oqizib yuboring. Chunki har bir inson tabiatning bir mo``jizasi va u hurmat-ehtiromga loyiq.

Ettinchi qadam: aniq qaror qabul qiling!

Agar uchrashuvning boshidan to oxirigacha yigit ko`nglingizga ma`qul tushmagan bo`lsa, o`zingizni ham, atrofdagilarni ham qiynamang. Yana bir marta uchrashib, maqbul jihatlarini qidirib ko`rish, ikki o`rtada umumiy qiziqishlarni topishga urinish ko`pincha samarasiz kechadi. Dunyo va hayotga bo`lgan munosabatlaringiz keskin farqlansa, maqsadlaringiz bir yo`lda kesishmasa, ikkilanib, mo``jiza kutib o`tirmang va yigitning ham, o`zingizning ham yo`lingizni bog`lamang.

Bunday ko`r-ko`rona uchrashuvlar muvaffaqiyatsiz kechsa, hech tushkunlikka berilmang. Biri bo`lmasa, boshqasi, bugun bo`lmasa, ertaga! Tajribangiz oshib, orzuingizdagi yigitni uzoqdan ham tanib oladigan holatga etganingizda birdan baxtingiz ochilib ketishi aniq! Faqat hozircha umidni so`ndirib, ishonchni o`ldirib qo`ymang!

AZIZA


Manba: Darakchi.uz

Категория: FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 3000 | Добавил: admin | Теги: qadam, to'y haqida, VA, qanaqa qizga uylanish kerajk, Uchrashuv, ​Toydan, oldingi, uylanish uchun maslahatlar, fikr mulohazalar, turmush qurish | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 26-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Июль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz