Вверх
Пятница, 19-Апреля-2024, 06:13
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Январь » 19 » “Taqdirning o`zi meni jazoladi...”
Рекомендуемы
23:19
“Taqdirning o`zi meni jazoladi...”

Toshkent shahridagi nufuzli shifoxonalardan birida shifokor bo`lib ishlardim. Mamlakatimizda barcha sohalarda bo`lgani kabi tibbiyot sohasida ham tub islohotlar amalga oshirilib, barcha shart-sharoitlar yaratilgani boshqa hamkasblarim singari mening ham ishga bo`lgan ishtiyoqimni oshirardi. Tibbiyot xodimlari elda e`zoz topgan mana shunday yurtda shifokor bo`lib ishlab, insonlarga oz bo`lsa-da foydam tegib yurganidan ich-ichimdan suyunardim. Kasbimdan baraka topgan edim deyishga to`liq haqliman.  Ayniqsa, keksa otaxon va onaxonlarning tinmay alqab, duo qilishlari meni beixtiyor quvontirardi.

Har doyim kiygan oq libosimga, ichgan qasamimga sodiq bo`lishga harakat qilganman.  Lekin nima bo`lganda ham xom sut emgan bandamizda. Ba`zida o`zimiz anglamagan holda manmanlik qilamiz, boshqalarni pisand qilmay, oyog`imiz erdan uziladi. Ayniqsa, bu kabi holat odamlarning ko`p ishi tushadigan kasbda ishlasangiz tezda o`zini namoyon qilarkan. O`zini bilgan odam xato va kamchiliklarini to`g`irlashga, hamma bilan samimiy munosabatda bo`lishga harakat qiladi. Afsus, men vaqtida ko`zimni ochmadim. Xonamning oldida navbatini kutib turgan bemorlarga qo`pol munosabatda bo`la boshladim. Ayrim bemorlardan pul ta`ma qilish odatini chiqardim.  Bu voqeaga besh yilcha bo`lib qoldi. Shu paytgacha hech kimga aytmay ichimda saqlab yurdim. Bir kuni qabulimga o`n to`rt yashar bolani olib kelishdi. Uning ahvoli juda achinarli  edi. Hali yosh bo`lishiga qaramay qandli diabet kasaliga chalinibdi. Buning ustiga oshqozoni ham tez-tez bezovta qilib turar ekan. Ushbu bemorni ko`rib, to`g`risi, achinishning o`rniga g`azablanib, uning ota-onasiga “yaxshiroq ovqatlantirsangiz bo`lmaydimi, nima ahvol bu o`lar holiga kelib qolibdi-yu” deya  baqirdim.  Shunda ularning ikkalasi ham mayus tortib, erga tikilib qoldi. Ayol sekingina ro`molchasini chiqarib ko`zidagi yoshni arta boshladi. Shu payt bemor bolaning otasi meni chetga tortib, “do`xtir nima deganingiz bu, qaysi ota-ona o`z farzandidan biron-bir egulikni qizg`onadi. Qolaversa, men o`ziga to`q odamman. Salim mening bittayu-bitta farzandim. Bor topgan-tutganim shunikida. Faqatgina, o`zida ishtaha yo`q. Nima qilay qiynalib ketdim” dedi.  To`g`risi, menga uning o`ziga to`q odamman degan so`zlari ko`proq yoqib tushdi. O`zimcha o`ylay boshladim “yuz ko`kida tashlab ketasa-ya. Farzandim uchun har narsaga tayyorman dediku. Uyaltirmas qurimsoq”. Ha, u men o`ylaganimdek, yuz ko`kida bo`lmasa ham o`ziga yarasha  berib ketdi. 

O`sha kezlari ularni qanday kechinmalar chulg`agani, jigarbandi azoblanayotganidan siqilayotgani hayolimga ham kelmagan.   Oradan besh olti oy vaqt o`tdi... Salimning otasi  yana ayolini etaklab qabulimga kirib keldi. Ularni ko`rib suyunib ketdim.  Farzandlari sog`ayib ketgandir shunga rahmat aytgani kelgandir deb o`yladim. Lekin afsus, unday bo`lib chiqmadi. Salim olamdan o`tgan ekan. Ularga qaysidir boshqa shifokor farzandlari noto`g`ri muolaja qilinganini  aytib,  o`sha tashxis qo`ygan va dorilarni tavsiya qilgan shifokorni sudga berish kerakligi haqida uqtiribdi. 

Farzand dog`ida kuygan ota-ona to`ppa-to`g`ri mening oldimga kelavergan. Ularga yotig`i bilan tushuntirishga harakat qildim. Ikki-uch  marta to`polon qilib kelishdi-yu, keyin kelmay qo`ydi. Sudga ham bermadi... 

Ammo, men bundan ham og`ir jazoga ro`para keldim. Avtohalokat tufayli nogiron bo`lib qoldim.  O`sha kuni jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli tugatdik. Bemorning qarindoshlari ziyofat uyushtirdi. Ichkilik ko`p bo`lib ketgan bo`lishiga qaramay, mashinamni o`zim boshqaraman deb turib oldim. Mashina ruliga o`tirganim esimda bir mahal ko`zimni ochsam kasalxonada yotibman. Azbaroyi og`riqning kuchliligidan hatto bir so`z aytishga qo`rqaman. Oyoq tomonim muzlab yotibdi. Tanamni harkatlantira olmasdim. Xullas, halokatga uchrab umurtqamga qattiq shikast etibdi.  Taqdirning o`zi meni jazoladi.

Ayolim, farzandlarim, yaqinlarim va do`stlarimning atrofimda girdikapalak bo`lib chorasiz bir ahvolda ko`zlariga yosh olishini ko`rib, bir paytlar qabulimga kelgan bemorlar qarindosh-urug`larining holati ko`z oldimda gavdalanadi.  Mana shunday ayanchli ahvolga tushishimga faqatgina o`zim aybdorman. O`zim qiynalganim etmaganday, turmush o`rtog`im va bolalarimni ham qiyinchilik, dard-alam, qayg`u girdobiga tashladim.   Boshimga tushgan bu ko`rgiliklardan  so`ng bir paytlar qabulimga kelgan Salimning ota-onasiga qanchalik qiyin bo`lganini ich-ichimdan his qildim!... 
“Tanasi boshqa dard bilmas” deb bejiz aytishmas ekan. 
Bemorlar va ularning qarindoshlari ko`nglini og`ritgan shifokor hech qachon baxtli hayot kechira olmasligi mening misolimda o`z isbotini topdi. 

Sherali Umarov
Toshkent shahri


Категория: Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar | Просмотров: 1278 | Добавил: admin | Теги: taqdir haqida, o'zim aybdorman, taqdir, fikr mulohazalar, baxs munozaralar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 19-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Январь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz