Вверх
Пятница, 29-Марта-2024, 11:50
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 336
Статистика
Главная » 2017 » Май » 31 » Tanamizda yashovchi parazitlar
Рекомендуемы
22:40
Tanamizda yashovchi parazitlar

ulardan qanday saqlanish mumkin?

Odam va hayvonlarning a’zo va to‘qimalari hisobiga yashovchi mayda chuvalchanglar – gijjalar (gelmintlar), ular keltirib chiqaradigan kasalliklar gelmintozlar deyiladi. Insoniyatga gelmintozlar juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, ular barcha parazitar kasalliklarning 90 foizni tashkil qiladi.

Kasallik manbai bemor odam va gijjalar bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchining turi, yuqish yo‘li va yuqish omillariga ko‘ra gelmintozlar uchga bo‘linadi:

Biogelmintozlar – bu turdagi kasallikda gijja lichinkalarining invaziya (yuqumlilik darajasi) bosqichiga qadar yetilishida oraliq xo‘jayin, tirik organizm – ya’ni, biologik muhit kerak bo‘ladi.

Geogelmintozlar – bu turdagi gelmintozda lichinkalarning yuqumlilik bosqichiga qadar yetilish jarayoni tuproqda yuzaga keladi.

Kontagioz ya’ni, muloqot orqali yuqadigan gelmintozlar – ushbu turdagi gelmintlar odamdan odamga bevosita iflos qo‘llar, uning ichki kiyimi, choyshablari, yuvinishda ishlatiladigan buyumlari va maishiy anjomlar orqali yuqadi. Muloqot yo‘li orqali yuqadigan gijjalarga enterobioz va gimenolepidoz kasalliklari kiradi.

Xastalikning bu turlari asosan bolalar orasida keng tarqalgan. Ular najaslari orqali tashqi muhitni gijja tuxumlari bilan ifloslantiradilar. Zararsizlantirilmagan najasni dala hamda ekinzorlarda o‘g‘it sifatida ishlatilishi va rezavor meva hamda sabzavotlarning ifloslangan suvlar bilan sug‘orilishi ham bu xastalikning keng tarqalishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari gijja kasalligi bilan kasallangan itlarning ekinzorlarda oralab yurishi natijasida yetishtirilayotgan sabzavotlar, rezavorlar va ko‘katlar gijja tuxumlari bilan ifloslanadi. Odamlar yaxshi yuvilmagan sabzavotlar, rezavor mevalar va ko‘katlarni iste’mol qilish orqali o‘zlariga gijja tuxumlarini yuqtirib oladilar.

Aynan sabzavotlar, rezavor mevalar va ko‘katlar orqali askaridoz, trixotsefalyoz, ankilostomidoz, strongiloidoz va exinokokkoz kabi gijja kasalliklari kelib chiqadi.

Asorati Siz o‘ylagandan ham og‘ir dard

Gijjalar inson organizmiga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ular allergik reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Yana organizmning har xil yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi. To‘qima va qon tomir devorlarini mexanik shikastlanishiga sabab bo‘ladi. Odam tanasiga tushgan vitaminlar va mineral moddalarni o‘zlashtiradi. Ular asab tizimiga ham katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kasallik belgilari

Gijja kasalligiga chalingan bemorlarda holsizlik, tez charchash, bosh og‘rig‘i, qorin sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, asabiylik, allergik toshmalar va terida har xil dog‘larning paydo bo‘lishi kabi klinik belgilar kuzatiladi. Ushbu dard o‘z vaqtida to‘liq davolanmasa yosh bolalarda jismoniy va aqliy rivojlanishning ortda qolishi, epileptik tutqanoq kasalligi kabi jiddiy asoratlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Bundan shunday xulosa qilish mumkin, ya’ni gelmintoz nafaqat alohida a’zo, balki butun organizmning og‘ir dardi bo‘lib, uning belgilari paydo bo‘lganda o‘z vaqtida shifokorga murojaat etish zarur.

Xastalikdan saqlanish yo‘llari

Kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olish muhim hisoblanadi. Gelmintozning oldini olishda shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya kilish shart. Har bir odam o‘zining shaxsiy gigiena vositalariga ega bo‘lishi lozim. Ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga kirib-chiqqach, eshik tutqichlarini ushlagach, tuproq bilan ishlagandan so‘ng va bolalar ko‘chada o‘ynab kelganda qo‘lni sovun bilan yaxshilab yuvish lozim. Shuningdek, tirnoqlarni kalta qilib olish zarur. Polizda, bog‘da ishlash vaqtida qo‘lni og‘izga solishdan saqlanish kerak. Ayniqsa, qo‘lni og‘izga tiqish kabi salbiy odat ko‘pincha yosh bolalarga xos.

Gijja tuxumlarini meva-sabzavotlar va ko‘katlar orqali yuqishini oldini olish uchun ularni oqar suvda yaxshilab yuvish shart. Ko‘katlarni avval sho‘r suvda ivitib qo‘yib, keyin oqar suvda obdon yuvib, so‘ngra iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Uyda va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni parvarish kilishda ishlatiladigan buyumlar va o‘yinchoqlarning toza saqlanishiga doim e’tibor qilish zarur. Bolalar tuvagi, stullar, o‘yinchoqlar, hojatxona eshigi va poli har kuni zararsizlantiruvchi vositalar yoki qaynoq suv bilan yaxshilab tozalanishi shart. Havodagi chang bilan birga gijja tuxumlarini og‘iz va nafas olish yo‘llari orqali organizmga tushishini oldini olish maqsadida xonalarda muntazam namli tozalash ishlari olib borilishi, hovlilar suv sepib supirilishi maqsadga muvofiqdir.

Ochiq suv havzalari suvini faqat qaynatib ichish, har doim yaxshi pishirilgan va qovurilgan go‘shtni iste’mol qilish talab etiladi.

Gelmintoz kasalligi belgilari paydo bo‘lganda darhol mutaxassisga murojaat qilish darkor. Yana tegishli laboratoriya tahlillarini topshirish va uning natijalari asosida shifokor maslahati bilan o‘z vaqtida davolash kurslarini to‘liq amalga oshirish bemorning ushbu dardni jiddiy asoratsiz yengib tezda oyoqqa turib ketishiga sabab bo‘ladi.

 

Sahifani Respublika DSENM parazitologiya bo‘limi mutaxassisi Xurshida AHMEDOVA tayyorladi.

 


Manba: Soglom.uz

Категория: Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati | Просмотров: 1930 | Добавил: admin | Теги: ozoda yurish, foydali, gijjalardan halos bo'lish, qiziqarli malumotlar, tanamizdagi parazitlar, pokiza yurish, parazitlar, mikroblarni yo'qotish | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 29-Марта-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Май 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz