 Qisqa muddat ichida millionlab tomoshabinlarning e'tirofiga sazovor bo'lgan, Turkiyaning "Ay yapim" kinostudiyasi ijodkorlari tomonidan suratga olingan "Kara sevda" ("Чёрная любовь") seriali katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Serialning reytingi yuqori darajaga ko'tarildi. Bu serialning turk, rus va ingliz tilidagi namoyishlarini internet orqali izlab topsa bo'ladi. endi bu serialni o'zbek tilida muhlislarga havola qilish vaqti keldi deb hisoblagan Zo'r TV kanali ijodkorlari bu serialni o'zbek tilida dublyaj qilishga kirishdilar. Tez kunda ushbu serialni "Sevgi iztirobi" nomi ostida oynai jahonlaringizda tomosha qilishingiz mumkin. Kutamiz! Mazkur serial Zamonaviy.Uz bilan hamkorlikda saytimiz orqali ham taqdim etib borilishi kutilmoqda.
|