Вверх
Четверг, 25-Апреля-2024, 04:23
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Сентябрь » 12 » "Sevgi iztirobi" - go'zal va beshavqat muhabbat aks etgan serial
Рекомендуемы
09:10
"Sevgi iztirobi" - go'zal va beshavqat muhabbat aks etgan serial

Yaqindagina turk telekanali orqali namoyishi tugagan serial — “Kara sevda” filmi o‘zbek tilida “Sevgi iztirobi” deya tarjima qilingan holda efirga uzatilmoqda.

2011 yildan buyon turk seriallari namoyishi to‘xtatilgan bir vaqtda yana bunday filmlarga yo‘l ochilganligi o‘zbek ahlini quvontirgani shubhasiz. Shu vaqtgacha namoyish etilgan turk seriallari kino ixlosmandlariga manzur bo‘lgan edi.

“Zo‘r TV” telekanali ijodkorlari Hayit ayyomi arafasida dunyo reytingida yuqori o‘rinda turgan serialni o‘zbek tiliga tarjima qilgan holda namoyish etishni boshladi. O‘zbek tomoshabinlar qalbini tobora zabt etib borayotgan serial haqida qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Bu kartinani aslida “So‘ngsiz muhabbat” deb tarjima qilish ham mumkin edi. Rossiyada serial “Chyornaya lyubov” tarzida internet orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.

O‘tkir syujetli drama janrida tasvirga olingan serialda Burak Ozchivit, Neslixan Atagul, Kaan Urganjo‘g‘li, Xazal Filiz Kuchukkyose, Melisa Asli Pamuk kabi aktyorlar ishtirok etishgan. Serialning ilk qismi Turkiyada 2015 yil 14 oktyabrda efirga uzatilgan. Uning ikkinchi fasli 2016 yil 21 sentyabrda ekran yuzini ko‘rgan.


Film turli hayot sinovlariga duch kelgan muhabbat haqida. Turk xalqi, qaysidir ma’noda, bizning o‘zbeklarga o‘xshash jihatlari borligi sir emas. Sharqona ibo-hayo, madaniyat, tarbiya kabi omillarda o‘xshashliklarni ko‘rish mumkin.

Shu sabab ham bu serial O‘zbekiston ahli orasida ham allaqachon ommalashishga ulgurgan. Serialni internet orqali rus va turk tillarida tomosha qilgan yurtdoshlarimiz soni ancha yuqori. Shunga qaramay, serialga bo‘lgan qiziqish so‘nmagan.

Oddiy oilaning o‘g‘li Kamol badavlat oilaning qizi Nihonni sevib qolishi va ularning muhabbati turli sinovlarda sinalishi ta’sirchan ruhda tasvirlangan.

Burak Ozchivit va Neslixan Atagul turk telekanallaridan biriga intervyu chog‘ida nima uchun aynan shu serialda suratga tushishga rozilik bildirganliklari haqida to‘xtalib o‘tishgan.

“...Ssenariyni o‘qiganimda Nihonga mehrim tushdi. U juda sodda. Talaba bo‘lgan bu qiz o‘zi uchun ajoyib bo‘lgan hodisalarni topib yuradi. Shu orqali e’tiborimni tortdi. Bundan tashqari, film prodyuseri, rejissyori, bosh qahramonning jufti va serial namoyish etiladigan kanal muhim. Men taklifni qabul qildim”, deydi Neslixan Atagul. Suratga olish ishlari davomida aktrisa jamoa ishidan doim mamnun bo‘lgan.

Aktrisa “Suratga olish ishlari juda yaxshi o‘tdi. Albatta, boshida qiyinchiliklar bo‘ldi, ammo bular endi o‘tib ketdi. Umid qilamanki, tomoshabinlar bizning serialdagi qahramonlarimizga ishonishadi va bizni yaxshi ko‘rishadi. Ijobiy fikrlar olishni istar edik. Sababi biz o‘zimiz shunga ishonamiz”, deya qo‘shimcha qildi.

Burak Ozchivit “Muhtasham yuz yil” seriali orqali muxlislar qalbidan joy olishga ulgurgan. Aktyor “Sevgi iztirobi”dagi roli uning uchun yangicha yo‘nalishdagi ijro bo‘lganligini yashirmadi:

“Avvalo bu loyihada ishtirok etganimdan xursandman. Serialda qahramonni o‘zi kuch-qudrati bilan oyoqqa turishi menga yoqqanligi uchun loyihada ishtirok etishga rozilik bildirdim. Yangi mavsumda aynan shunday rolni ijro etishni istagan edim. Biz boshidan buyon qahramonning yaralishi ustida birga ish olib bordik. Shu sabab juda hayajonlandim. Odatda aktyorga ssenariy olib kelishadi va u rolga rozi bo‘ladi. Bizda esa biroz boshqacha bo‘ldi. Men shu paytgacha ijro qilmagan qahramonni yaratishimga to‘g‘ri keldi”.

Burak Ozchivit serialdagi qahramoni haqida quyidagilarni gapirdi:

“...Kamol yosh yigit, tog‘ muhandisligi fakultetida o‘qiydigan talaba. Hayotda biroz moddiy qiyinchilikka uchragan, biroq shunga qaramasdan u baxtli bo‘lishiga ishonadi. O‘ylaymanki, bu uning eng asosiy jihati. Men hayotdan zavqlanuvchi personajni yaratishga harakat qildim. U tajribasiz, ammo kelajakka katta umid bilan qaraydi. Atrofidagi salbiy hodisalarga ijobiy ko‘z bilan qaraydi. Hayotidagi muammolari to‘g‘risida juda yaxshi biladi. Hayotda inson taqdirini hal qiluvchi turli vaziyatlar bo‘ladi va bu yigit hayotida ham ana shunday voqealar ro‘y beradi. Ma’lum vaqtgacha u sabrli bo‘ladi, ammo barchasi o‘zgargach, u ham kuchga ega bo‘ladi. Bu esa Kamolni tomoshabinlar ko‘rishni istagan personajga aylanishiga sabab bo‘ladi”.


Aytish kerakki, bu serialda rol ijro etish uchun Burak Ozchivit mo‘ylovini olishiga to‘g‘ri kelgan. “Buni faqat men gapirmayman. Otam ham uzoq yillar davomida mo‘ylovli bo‘lgan. Bir kuni mo‘ylovini olganida, ko‘chaga ham chiqmagan. Doimiy tarzda mo‘ylov yoki soqol bilan yuradigan erkaklar buni yaxshi tushunishsa kerak. Men ham 5 yil davomida mo‘ylov bilan yurar edim. Oson bo‘lmagan. Bu serial uchun ancha o‘zgarishimga to‘g‘ri kelgan”, deydi aktyor.


Go‘zal va beshavqat muhabbat aks etgan serial haqida yana ma’lumotlar berishda davom etamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Durdona Rasulova tayyorladi


Категория: Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji | Просмотров: 3621 | Добавил: admin | Теги: mp3lari, Turk seriali, seriallar olami, yangi kinolar, soundtracklar, sevgi iztirobi haqida, kara sevda haqida, qo'shiqlari, sevgi haqida kinolar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 25-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Сентябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz