10 yanvar kuni Sankt-Peterburg shahar metrosining “Aleksandr Nevskiy-2 maydoni” metro bekatida poezd tagida halok bo`lgan o`zbekistonlik yigit haqida xabar bergan edik.
Bir kundan keyin polisiyachilar mazkur qotillikni amalga oshirgan fuqaroni qo`lga oldi. Qotil 22 yoshli Qirg`iziston fuqarosi bo`lib chiqdi. U 10 yanvar kuni soat 07.36 da metroda yaqinlashib kelayotgan poezd tagiga tanishi, 22 yoshli, o`zbekistonlik yigitni qasddan itarib yuborgan. Poezd tormoz berishga ulgurmaganligi tufayli, jabrlanuvchi halok bo`ldi. Yigitning tasodifan relsga qulamaganligini polisiya metroga o`rnatilgan videokamera yozuvlari orqali aniqladi. Tergov qo`mitasi Qirg`iston fuqarosiga nisbatan RF JKning 105-moddasi (qotillik)ga asosan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Hozircha ayblanuvchi RF JPKning 91-moddasiga asosan (ikki sutkaga) qamoqqa olingan.
“Sa-news.org” nashri.
|