Вверх
Четверг, 28-Марта-2024, 19:30
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 336
Статистика
Главная » 2017 » Февраль » 6 » ​Mustaqil qaror chiqara olasizmi? (Psixologik test)
Рекомендуемы
22:58
​Mustaqil qaror chiqara olasizmi? (Psixologik test)

Avvaliga, bilib tursangiz ham «bilmadim», deya elka qisasiz. Keyin «Siz nima desangiz shu», deya bor mas`uliyatni o`zingizdan soqit qilasiz. «Menga farqi yo`q» deyishingiz esa hammasidan ham oshib tushadi. Buncha qaror qabul qilish mas`uliyatidan qochmasangiz, a? Tag`in ba`zi-ba`zida hayotingiz, turmushingiz yoxud ishingizdan nolib qo`yasiz. Ko`nglingizdagidek bo`lmagani uchun noliysiz-da. «Yo`q, men aslo bundaylar toifasasidan emasman», deyapsizmi? Marhamat, testimizni ishlab, mustaqil qaror chiqarishga qodirmisiz yoki yo`q, aniqlang. 

1. Maktabni tugatgach, kelajakda tanlaydigan sohangiz, yo`lingizni qanday belgilagansiz?

A. «O`zim qaror qabul qilganman, ya`ni qiziqishlarim, orzu-istaklarimdan kelib chiqib».

B. «Ota-onam, aka-opalarimning maslahatlariga quloq tutganman».

V. «Eng yaqin do`stlarim bilan fikr almashganman».

2. Tanlagan o`quv muassasangizga hujjat topshirayotganda nimaga umid bog`lagansiz?

A. «Faqat o`z kuchimga».

B. «Imtihonlarning yaxshi va omadli o`tishiga».

V. «To`g`risi, shu muassasa bilan aloqalarimiz borligiga».

3. Imtihonga qanday tayyorgarlik ko`rgansiz?

A. «Tunu kun o`qiganman. Faqat va faqat o`z mehnatim bilan natijaga erishimni bilardim-da».

B. «Bilmaganlarimni o`qituvchilarim va sinfdoshlarimdan so`rab o`rganardim».

V. «Unchalik boshimni og`ritmaganman, doim boshqalarning yordamiga ko`z tikkanman».

4. Ishga qanday qabul qilingansiz?

A. «Ish taqsimoti bo`yicha».

B. «Avval e`lonlarni o`rganib, etarlicha ma`lumot to`plab, keyin ishga joylashganman».

V. «Rahbariyat bilan aloqalarimiz yaxshi edi...»

5. Ishda muhim qaror qabul qilayotganingizda...

A. «O`zimning tajribam va bilimga tayanaman doim»

B. «Ba`zida jamoadagilarning ham qarashlariga qiziqaman».

V. «Hamisha hamkasblarimning fikri bilan hisoblashaman».

6. Oila qurayotganingizda...

A. «Eng oxirgi so`zni o`zim aytganman».

B. «Yaqinlarimning so`zlariga quloq tutganman».

V. «Sevganim bo`lsa-da, uydagilarning ko`ngliga qaraganman».

7. Turmush o`rtog`ingiz xizmat safarida bo`lgan paytda biror masalani mustaqil hal qila olasizmi? Masalan, uyga biror jihoz xarid qilishga to`g`ri kelib qolsa...

A. «Ha».

B. «Albatta, nimadir qilishim mumkin, lekin baribir maslahatlashgan durust, deb o`ylayman».

V. «Yo`q, aslo».

8. O`smirligingizda qay darajada o`jar edingiz va istaklaringizni himoya qila olarmidingiz?

A. «Doim aytganimni bajarish uchun oyoq tirab turib olardim, shu sabab ota-onam bilan o`rtamizda kelishmovchiliklar bo`lgan».

B. «Fikrimni himoya qilardim, albatta, faqat ota-onamning ham qarashlarini hurmat qilgan holda».

V. «Yo`q, men o`zim hech narsani hal qilolmasdim».

9. Bugungi kunda qanchalik qaysarsiz? Do`stlar, hamkasblar va oila davrasida o`z fikringizda sobit tura olasizmi?

A. «O`zimga etguncha o`jarman, fikrimni doim himoya qilaman».

B. «Ha, ko`pincha».

V. «Har-har zamon».

10. Ishda, jamiyatda muvaffaqiyatlarga erishishingizning siri?

A. «O`zimni butunlay ishga bag`ishlab, natijaga erishayapman».

B. «Turmush o`rtog`im va yaqinlarimning maslahatlarini inobatga olib, kam bo`lmayapman».

V. «Hamisha boshqalarning fikri bilan qiziqqanim uchun qo`llab-quvvatlashayapti».

11. Agar siz turmush o`rtog`ingiz yoki boshqa biror yaqiningizning qaysidir harakati salomatligiga zarar ekanligini bilsangiz...

A. «Zararli odatini tashlashini qattiq nazoratimga olaman».

B. «Unga nimalar qilish mumkin, nimalar mukin emas, shularni bir boshdan tushuntiraman».

V. «Qilayotgan harakati salomatligiga ziyon keltirishini tushuntirishga harakat qilaman, mening qo`limdan keladigani shu».

Yo`riqnoma

Savollarga bergan javoblaringizni quyidagicha hisoblang.

A — 4 ball;

B — 2 ball;

V — 1 ball.

Natija:

30dan 40 ballgacha

Siz haddan tashqari mustaqilsiz. Barcha munosabatlarda, hamma joyda o`zingiz qaror chiqarishga o`rganib qolgansiz. Siz nafaqat kimdir muammoni hal qilishini kutishga sabr qilolmaysiz, balkim atrfodagilarning fikrini eshitishga ham hafsala qilmaysiz. Bir o`ylab ko`ring: o`zingizga shu darajada ishonasizmi? Chiqargan qaroringizning ijobiy va salbiy tomonlarini ko`ra olasizmi? Yoki «Meniki to`g`ri», deya xato aytganingizdan qaytish shunchalik qiyinmi? Mustaqillik, mustaqil qaror chiqarish, yashash mas`uliyatini bo`yningizga olganingiz yaxshi. Biroq doim atrofdagilar bilan bemaslahat ish ko`rishingiz to`g`rimas. Chegarani biling, mustaqillikni qaysarlik bilan adashtirmang.

15 dan 29 ballgacha

Sizni kuchli xarakter egasi deb aytishimiz mumkin. Ishonchli do`stligingiz, stresslarga chidamliligingiz ko`zga ko`ringan xususiyatlaringizdandir. Birovlarning gap-so`zlariga, fikrlariga qaram emassiz. Shu bilan birga kezi kelganda atrofdagilar bilan bamaslahat yo`l tutasiz. Bu xatolaringizni anglashingiz va tan olshingizdan dalolatdir. O`z tanlovlaringizni to`g`ri bayon qilganingiz va boshqalarning ham fikrlarini tinglashni bilganingiz uchun ham sizga kam e`tiroz bildirishadi.

0 dan 14 ballgacha

Jur`atsiz va ikkilanuvchisiz. Biroz qo`rqoqligingiz ham bor. «Hozir o`zimcha nimadir qilsam, keyin dodimni hech kim eshitmaydi», deb o`ylab ham oldinga qadam tashlamay turaverasiz. Shuning uchun ba`zida urinishlaringiz, fikrlaringiz inobatga olinmay qolib ketar? Avval kichik doiralarda istaklaringiz, xohishlaringizni namoyon qilishga urinib ko`ring. Buning uchun o`z ustingizda ishlang. Nima uchun gapirishga qo`rqasiz o`zi. Shu sababni topib, uni bartaraf qiling. Balkim sizni cho`chitayotgan narsa muammomasdir. Xullas, o`zingizga bo`lgan ishonchni oshiring.

Shoira VAFOEVA tayyorladi.


Категория: PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI | Просмотров: 4040 | Добавил: admin | Теги: psixologik testlar, ​Mustaqil, yangi testlar, (Psixologik, olasizmi?, qaror, test), chiqara, qiziqarli o'yinlar, ruhiy testlar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 28-Марта-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz