Вверх
Пятница, 26-Апреля-2024, 00:20
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Сентябрь » 7 » Kuzgi go'zallik sirlari taqvimi bilan tanishamiz!
Рекомендуемы
07:56
Kuzgi go'zallik sirlari taqvimi bilan tanishamiz!

So‘nggi uch oy davomida teridagi dog‘lar, sepkil va ajinlar haqidagi murojaatlar yig‘ilib qoldi. Afsuski, ularga javob berishning imkoni bo‘lmadi. Chunki quyoshning otash nurlari qo‘llarimizni “bog‘lab” qo‘ygandi-da. Ulьtrabinafsha nurlari biroz chekingan oltin faslning ilk kunlaridanoq kuzgi kosmetologik muolajalar to‘g‘risida ma’lumot berishga shoshildik. Foydalanishingiz uchun qulay bo‘lishini o‘ylab, tajribali kosmetolog Mahbuba MAMANOVA bilan birgalikda maxsus taqvim tuzdik.

1-15 SENTYaBRЬ — TERINI TOZALANG

Ma’lumingizkim, teri bilan bog‘liq har bir amaliyot tozalashdan boshlanadi. Keraksiz xujayralardan holi, toza terigagina niqoblaru, kremlar yaxshi singadi. Shuning uchun birinchi bekatni «tozalash» deb nomladik. Bu amaliyotning ham bir nech xil: oddiy (teridagi tiqinlar qo‘l bilan siqib tashlanadigan), mexanik, vakuumli, ulьtratovushli va lazerli turlari mavjud. Keling, bugun amaliyotning mexanik turiga to‘htalamiz.

Ko‘rsatmalar: yog‘li va aralash turdagi teriga, shuningdek husnbuzarlarda tavsiya etiladi.

Muolaja qanday kechadi? Avval yuzga tarkibida antiseptik komponentlar bo‘lgan vosita surtiladi. Biroz qurigach, 3 foizli vodorod peroksidi bilan artiladi va maxsus naysimon o‘rtasi teshik “qoshiqcha” bilan teridagi yog‘lar siqib tashlanadi. Yakunida terini dizinfeksiya qiluvchi va kataklarni toraytiruvchi maxsus niqob surtiladi.

Qarshi ko‘rsatmalari: yallig‘lanishlar, yaralar, allergiya.

Davomiyligi: har 6 oyda bir marta o‘tkazish mumkin.

15-30 SENTYaBRЬ — TERINI YuMShATING

Endigi vazifamiz issiq harorat tufayli dag‘allashgan terini yumshatib, kuzgi ob-havo injiqliklariga tayyorlash. Buning uchun go‘zallik salonlari gidrodermiya muolajasini taklif etmoqda.

Ko‘rsatmalar: qurib borayotgan, ko‘z atrofida qopchalar paydo bo‘la boshlagan, mushaklar tonusini yo‘qotgan, yog‘li yuz terisi uchun tavsiya etiladi.

Muolaja qanday kechadi? Avval yengil piling yordamida teri tozalanadi. So‘ng kosmetolog tomonidan tanlangan gelь maxsus apparat ta’sirida uqalovchi harakatlar bilan teriga singdiriladi. Teri huddi gelь tarkibidagi foydali moddalarni singdirib oladi. Ikkinchi bosqichda esa o‘zgaruvchi tok bilan uqalanadi. Shunda foydali moddalar yaxshiroq singadi-da.

Muolaja 10 seansdan iborat bo‘lib, haftada 1-3 marta o‘tkazish mumkin.

Qarshi ko‘rsatmalari: gerpes, teri yallig‘lanishi, allergiya.

1 – 15 OKTYaBRЬ — GO‘ZALLIK IGNALARI XIZMATINGIZDA

Oh, bu ignali muolajalar. Bilsangiz ularning ham 10 dan ortiq turlari bor. Filler — yuz konturini o‘zgartiradi, botoks — mayda ajinlarga qarshi kurashadi, mezoterapiya — terini vitamin va minerallar bilan oziqlantiradi, biorevitatsiya — kollagen ishlab chiqarilishini jadallashtirib, terini taranglashtiradi, pigment dog‘lar, toshmalar va ajinlarni bartaraf etadi.

Amaliyot qanday kechadi? Barcha ignali muolajalardan avval yuz tozalanib, og‘riqni kamaytiruvchi vosita bilan ishlov beriladi.

Mezoterapiya — butun yuz bo‘ylab oz-ozdan in’yeksiya yuboriladi. Ukolllar yakunlangach, maxsus zardob surtiladi. Mezoterapiya seansi 6-10 martadan iborat bo‘lib, haftasiga 1 bor qo‘llash mumkin.

Botoks — preparat ajinlarni keltirib chiqaruvchi mushaklarga yuboriladi. Yiliga 2 marta bajarish mumkin.

Fillerlar — bu ham ajinlarga qarshi kurashuvchi ukol bo‘lib, chiziq tushgan teri ostini gelli massa bilan to‘ldirish hisobiga ajinlarni sezdirmaydi. Ta’siri 4-6 oy davomida saqlanib qoladi.

Biorevitatsiya — gialuron kislotasi va vitaminli kokteylь teri ostiga igna yordamida yuboriladi. Haftasiga 1-2 martadan 4 seans amalga oshirilishi lozim.

16-31 OKTYaBRЬ — PILINGLAR SALTANATIGA XUSh KELIBSIZ!

Kuzning eng asosiy kosmetologik muolajasi pilling uchun oktyabrning ikkinchi yarmi ayni muddao. U oftob ta’sirida qurib, dag‘allashgan terining ma’lum qatlamidan xalos qilib, yuzingizga yanada sog‘lom ko‘rinish baxsh etadi. Turli dog‘lar va sepkillarni ham ketkazish xususiyatiga ega. Hozirgi kunda mutaxassislar pilingning mexanik, lazerli va kimyoviy turlarini taklif etishmoqda.

Muolaja qanday kechadi?

Kimyoviy piling — 3 xil: yuzaki, o‘rta va chuqur bo‘lishi mumkin. Qay birini tanlashni muammoning turiga qarab mutaxassis belgilaydi. Demak kimyoviy moddalardan birini yuzga surtib, terining yuqori qavati kuydiriladi. Tahminan yetti kun davomida kuygan teri to‘kilib, ostidagi yangi va chiroyli teri namoyon bo‘la boshlaydi.

Mexanik piling — upani eslatuvchi maxsus kukun yuzga changyutkichga o‘xshash apparat yordamida sepiladi va shu onning o‘zidayoq bosim ostida yig‘ib olinadi. Kukun bilan birga teridagi xizmatini o‘tab bo‘lgan hujayralar ham chiqib keladi.

Lazerli piling — lazer nurlari yordamida yuz terisi tozalab chiqiladi. Odatda teridagi muammoni boshqa kosmetologik muolajalar bartaraf etishga qodir bo‘lmay qolgan hollardagina tavsiya etiladi.

1-15 NOYaBRЬ — AJINLARDAN XALOS BO‘LAMIZ

Ajinlardan xalos bo‘lishning ham bir qancha sinalga usullari mavjud.

Ozon terapiyasi — terini yoshartirishning bu usulida kislorod va ozon gazlari qorishmasi teri ostiga yuboriladi. Olimlarning ta’kidlashicha, ozon gazi kuchli oksidlovchi modda bo‘lib, uning ta’sirida hujayralar jadalroq ajrala boshlaydi. Shuningdek teriga kislorod yaxshi yetib borishi hisobiga yosharadi.

Muolajani 8-10 marta, haftada 1-2 bor amalga oshirish mumkin.

Fototerapiya — ajin tushgan teri sohasiga gelь surtilib maxsus apparat yordamida ishlov beriladi. Turli uzunlikdagi nurlar chuqur qatlamlarga ta’sir o‘tkazib, kallogen ishlab chiqarilishini yaxshilaydi va terining elastikligini oshiradi. Natijani esa olti oydan keyin ko‘rishingiz mumkin. Amaliyot haftasiga 1 martadan, 4-6 bor o‘tkazilishi mumkin.

Termaj — bu ham apparatli kosmetologiya turiga mansub muolajalardan biri bo‘lib, radioto‘lqinlar ta’sirida to‘qimalar qiziydi va yuzning elastikligi uchun javobgar kollagen to‘qimalari tortilib, zichlashadi. Natija yarim yildan keyin namoyon bo‘la boshlaydi.

15-30 NOYaBRЬ — LAZERLI SAYQALLASh (ShLIFOVKA)

Asosan chandiq va choklardan xalos bo‘lish uchun tavsiya etiladi. Shuningdek, xusnbuzarlardan qolgan izlarni, notekisliklarni va turli dog‘larni ketkazadi. Uni jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan insonlarga ham tavsiya etish mumkin.

Muolaja qanday amalga oshiriladi? Yuz tozalangach maxsus krem surtib, yuz plyonka bilan qoplanadi. So‘ng lazer nurlari bilan yuzga ishlov beriladi. Sayqallashdan keyin 7 kun davomida uydan chiqmaslik tavsiya etiladi. Chunki lazer nuri ta’sirida teri kuyib, qizaradi, yaralar hosil bo‘ladi va amaliyotdan so‘ng muntazam ravishda maxsus kremlardan foydalnish lozim. Ma’lum vaqtdan so‘ng teri plyonkaga o‘xshab shilina boshlaydi va ostidan yangi teri chiqadi.


Manba: Ayol.uz

Категория: Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari | Просмотров: 2585 | Добавил: admin | Теги: chiroyli qomat, go'zallik sirlari, ASAL, kosmetologiya, gozallik taqvimi, yigitlarni o'rash, YIGITLARGA YOQISH, ayollar chiroyi, foydali maslahatlar | Рейтинг: 5.0/1
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Пятница 26-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Сентябрь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz