Вверх
Четверг, 25-Апреля-2024, 16:34
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Март » 18 » Kamharakat hayot tarzida rioya qilish kerak bo‘lgan qoidalar
Рекомендуемы
18:07
Kamharakat hayot tarzida rioya qilish kerak bo‘lgan qoidalar

Inson tanasi yurish uchun yaratilgan. Ajdodlarimiz kun bo‘yi dalalarda ishlagan yoki soatlab o‘rmonlar kezgan. Biroq hayotimizga televideniye, kompyuterlar va ofisda ishlash kirib kelgach, odamlar bir kunda o‘rtacha 9,3 soat vaqtni o‘tirib o‘tkaza boshladi. Bu hattoki, uyqu vaqti (kuniga o‘rtacha 7,7 soat)dan ham ko‘proq demakdir.

Tanamiz bunday hayot tarzi uchun moslashmagani sababli qiynaladi va natijada sog‘liq bilan aloqador muammolar yuzaga keladi. Bular — tayanch-harakatlanish tizimi kasalliklari (umurtqaning qiyshayishi, radikulitning zo‘rayishi, barmoqlar, qo‘l panjalari va bilaklar asab-mushak faoliyatining buzilishi)dan tortib, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, gemorroy, bosh og‘rig‘i va semizlikkachadir.

Shvetsiyadagi Karolina instituti olimlari aniqlashicha, yetarlicha harakat faolligi mavjud bo‘lmaganda, odamda keksayish jarayonlari genetik darajada tezlashadi.

Professor May-Lis Xelleniusning ma’lum qilishicha, qarilik jarayonining boshlanishi telomerlar — DNK uchlarining kaltalashishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, odamlarning ishlash qobiliyati pasayib, salomatligining salbiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi.

Kamharakat hayot tarzi bilan bog‘liq ba’zi faktlar:

Foto 2

  • Turgan holatda ishlaydigan kishilardan farqli o‘laroq, o‘tirib ishlaydiganlarda yurak va qon-tomir kasalliklarini orttirib olish xavfi 2 barobar ko‘p bo‘ladi.
  • Organizm o‘tirgan holatga o‘tishi bilan yog‘larni erituvchi enzimlarni ishlab chiqarish 90 foizga kamayadi, kaloriyani yo‘qotish tezligi daqiqasiga bittaga tushib qoladi.
  • Bir necha soat o‘tirishdan so‘ng xolesterol 20 foizga oshadi, kresloda o‘tkazilgan 24 soatdan so‘ng esa insulin darajasi 25 foizga pasayadi, natijada diabet yuzaga kelishi xavfi oshadi.
  • Odam turgan holatida o‘tirganidan ko‘ra 3 marta, yurgan holatida esa 5 marta ko‘proq kaloriya yo‘qotadi.

To‘g‘ri, kamharakat hayot tarzi zararlari haqida gapirganimiz bilan, bunday kundalik hayotdan voz kechib bo‘lmaydi: ko‘pchiligimiz uchun 8 soat o‘tirib ishlash zaruratdir. Biroq o‘tirib ishlash vaqtida ba’zi qoidalarga rioya qilish va ishdan keyingi vaqtni to‘g‘ri o‘tkaza bilish orqali ba’zi oqibatlarning oldini olish mumkin.

To‘g‘ri o‘tiring!

Stul suyanchig‘ining qiyalik burchagi 135 gradusga teng bo‘lishi lozim, shunda oldinga engashib, yoki hatto to‘g‘ri o‘tirgandagiga nisbatan, belga kam og‘irlik tushadi. Tizzalarni ustma-ust qo‘yib o‘tirish yaramaydi, bu oyoqdagi qon aylanishini izdan chiqaradi. Tizzalar tos suyagi bilan bir xil balandlikda yoki undan sal pastroqda joylashishi lozim.

Nafas oling

Organizmingizga kislorod g‘amlab oling: axir ofisda va odam ko‘p bo‘lgan har qanday binoda uning havodagi miqdori atigi 17—19 foizga teng bo‘ladi. Ochiq tabiat qo‘ynida esa ushbu ko‘rsatkich 23—25 foizni tashkil etadi.

Toza havoda besh daqiqalik mashqlar ham stress darajasini pasaytirib, kayfiyatni ko‘taradi va diqqatni jamlash qobiliyatini oshiradi.

Ovqatlanish ratsioni va rejimini qayta ko‘rib chiqing

Foto 3

Kamharakat hayot tarzi moddalar almashinuvini sekinlashtiradi, sizning vazifangiz uni tezlashtirishdan iborat. Buning uchun ertalab och qoringa bir piyola iliq suv iching, yarim soatdan so‘ng esa to‘yimli, biroq og‘ir bo‘lmagan nonushta tanovvul qiling: organizmga bu vaqtda oqsil, uglevod va kletchatka (so‘li yormasi, yong‘oq, sut mahsulotlari, banan, olma va boshqa mevalar) zarur. Har 2,5—3 soatda kam-kamdan ovqatlanib turing. Qon quyilib qolmasligi va o‘zining barcha funksiyalarini bajarishda davom etishi uchun yetarli miqdorda suv iching.

Sport bilan shug‘ullaning

Yumshoqqina divan quchog‘idan chiqib ketish uchun o‘zingizga yoqimli bo‘lgan sport turini tanlang: velosipedda uching, basseynga boring yoki shunchaki tabiat qo‘ynida sayr qiling — biroq bu bilan muntazam ravishda, har kuni shug‘ullaning.

Umuman, kun davomida o‘rningizdan turib, oyoq-qo‘lning chigilini yozish uchun har qanday imkoniyatdan foydalaning: liftdan voz keching, choy keltirish uchun chiqing , shunchaki deraza oldiga boring va biryo‘la ko‘zlaringizni ham mashq qildiring.


Manba: Ayol.uz

Категория: FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 1895 | Добавил: admin | Теги: hayot tarzi, ayollar bo'limi, kamharakatli odamlar, kerakli malumotlar, kamharakat bo'lish, qonun qoidalar, ayollarga maslahatlar, foydali maslahatlar | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 25-Апреля-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Март 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz