Вверх
Вторник, 25-Января-2022, 07:30
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 301
Статистика
Главная » 2017 » Январь » 31 » «Folbinga ishongan ahmoq!»
Рекомендуемы
11:12
«Folbinga ishongan ahmoq!»

Umrim bino bo`libdiki, folga ishonmaganman. «Fol» so`zini teskari o`qing, qanchalik qo`shib gapirishlarini tushunasiz-qo`yasiz. Xotinim esa qaerda biror folbinni eshitsa, borib fol ochtirib keladi. Bora-bora uning hayotida fol uchun mavzuning o`zi qolmadi. Bir kuni mo`ylovli folbin ayol: «Iltimos, hayotingizda biror voqea bo`lmaguncha, bir oycha kelmay turing, kelinjon» desa ham, sabri chidamay uch kundan so`ng lo`killab boribdi. Qattiqroq yo`talgandim. «Erim kecha yo`taldi, shunga fol oching», demoqchi bo`lgan-da. Bilasiz, folbin zotiga ma`lumotlarni jinlari etkazib turadi. Jinlar xotinimni uzoqdan tanib, «Ie, anavi befarosat yana kelayapti! Bir haftadan keyin o`lasan devoraylik! Balki shu bilan qutularmiz!», deyishibdi…

Ishdan qaytsam, xotin to`shakda yotibdi. «Kunim bitdi, dadasi! Niyatingizga etib, boshqa xotin olasiz-ov!» deb diydiyo qildi. Men ham soddaman-da. «Xotinim o`lsa, kimga uylansam ekan?» deb o`ylashga tushib ketibman.

– Folbin aytdi, bir haftadan keyin o`larkanman! Bu kishimning xayol surishini! – deb ho`ngrab yig`ladi. «Tez yordam» chaqirdim. Do`xtir yigit tekshirdi. Isitmasi yo`q, qon bosimi me`yorda, ko`zlari ham joyida. Dardning «d» harfi ham yo`q.

– Shifoxonada, do`xtirlarning ko`z o`ngida bo`lib turaman, – dedi xotin shunda ham ko`ngli joyiga tushmay. – Folning muddati tugasin, keyin hech narsadan qo`rqmayman.

Menga ham shu kerak edi. «Yotsa yota qolsin, qulog`im tinchiydi», dedim o`zimcha. Biroq ertasiga o`ylanib qoldim. La`nati folbinlarning bashorati rost chiqsa-ya! Sho`rim qurib qoladi-ku, deb shifoxonaga chopdim. Xotinim bilan tirikligida vidolashib qolay, dedim-da.

– Kaftingizni tuting, akovsi, sizga fol keldi! – dedi yo`lda bir lo`li xotin.

Qo`limni tutgandim, kaftimning chiziqlariga qarab dedi:

–  «Dushanba kuni yoringiz sizni tark etadi. Seshanba siz uchun omadli kun. Chorshanba kuni qabristonga bormang. Payshanbada sevgan insoningizni uchratasiz. Juma kuni xushxabar eshitasiz! Xotiningiz qo`chqordek o`g`il tug`adi! Endi xizmat haqimga bankka boradigan yo`lni ko`rsatib yuboring, akovsi, pullarimni «konvertasiya» qilishim kerak.

Birovning kaftidagi chiziqdan kelajagini biladigan, ammo yo`l chetidagi belgilarga qarab uch yuz qadam naridagi bankni topolmaydigan folbin  hayotimda qanday voqealar ro`y berishini shu tariqa bashorat qilgan edi. Lo`liga ishonsam, dushanba kuni xotinim qulasa, seshanba kuni omadim chopadi, chorshanba arvoh quvlamasligi uchun qabriston yonidan taksida o`taman. Eng qizig`i, payshanba kuni bittasini uchratsam, ertasiga u bolalaydi.

«Yo alhazar! Ne kunlarga qoldim!» deb shifoxonaga etgan edimki, miyamga dahshatli o`y urildi. «To`xta! – dedim o`zimga. – Kelgusidagi hayotingni juma kunigacha bilding. Shanba va yakshanba-chi?»

Taksi to`xtatib, mo`ylovli folbin xotinnikiga olib borishni buyurdim. Folbin: «Baxtingdan ochaymi, taxtingdan?» degandi, «Yaxshisi, shanba-yakshanba kunidan ocha qoling», dedim. «Ko`zimga chaqaloq ko`rinayapti, shanba kuni ertalab tug`iladi…» deya folni boshlagan edi, «He, yo`q, ikkinchi xotinim juma kuni tug`adi, shanba kuni yana tug`ib, tovuq emas-ku!» deb achchiqlandim. «U holda birinchi xotiningiz tug`ar balki?» dedi folbin ham jahllanib. «Qo`ysangiz-chi, mo`ylovli opa, birinchi xotinim dushanba kuni o`ladi-ku! Yakshanba kuniga qarang-chi, nima voqea bo`larkan?»

Folbinning jinlari meni ham tanib qoldi. «Bu er-xotindan qutulmas ekanmiz-da» deb arizalarini yozib, folbindan bo`shab, Ko`hi Qofga, qarilik gashtini surishga jo`nab ketishdi. Jinsiz qolgan folbin ko`zlarini ola-kula qilib shivirladi:

– Uka, yakshanba kuni ertalab quyosh chiqib, kechqurun botadi, ehtiyot bo`ling, xo`pmi?

Shifoxonaga shamoldek uchdim. Xotinim bilan yig`lab ko`rishib, folchilarning bashoratlarini so`zlab berdim.

– Boshingga fol etdi, xotin! – dedim ko`z yoshlarimni tiyolmay. – Folsiz tinchgina yashab yurgandik-ku! Endi payshanba kuni uylanib, juma kuni farzandli bo`laman. Bu ham etmagandek yakshanba kuni ertalab quyosh chiqib, kechqurun botarmish! Senga shu kerakmidi, xotin?! Alvido! Sendan roziman!

Xotinim karavotidan sakrab tushib, gapira ketdi.

– Dadasi, shularga ham ishondingizmi? Mana, men tirikman-ku! Folchilarga ishonmay men o`lay!

Folchilar bashorat qilgan hafta qurbonsiz, tinch o`tdi. Hafta oxirida faqat bitta fol haqiqatga aylandi: yakshanba kuni ertalab quyosh chiqib, kechqurun botdi.

Aziziy


Категория: Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar | Просмотров: 1496 | Добавил: admin | Теги: folbinga ishonma folsiz yurma, folbinga borish, folbinga ishonish, folbinlar haqida | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Вторник 25-Января-2022
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Январь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2022
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz