 Yash Prashantda uzr so'raydi.
Prashant: - Ko'zingga qarasang bo'lmaydimi? Xotinimga olgan dorilarim hammasi sindi - deydi.
Yash uzr so'rab, dorilarni qayta olib beraman diganda, Prashant o'zi olishini aytadi. Yash bilan Prashant dorixonaga boradi.
Dori sotuvchi Prashantga: - Yana sizmi? Oldingi olgan dorilaringizni pulini to'lang avval - deydi.
Yash: - Bu qanaqa muomila? Mana puli dorilarni bering. - deydi.
Prashantga biroz pul ham beradi:
- Buni qarz deb biling. Topganingizda berarsiz. Xotiningiz tuzalib ketsin. Xotinidan ayrilish nimaligini yaxshi bilaman - deydi.
Prashant: - Unda telefon raqamingizni bering. Pulingizni tezda qaytaraman. - deydi.
Yash telefon raqamini yozib beradi.
Prashant ketgach Yash: - Qayerdasiz Arti xonim. - deydi.
Pari syomkada yana prodyuserni ko'radi. U bilan salomlashmaydi ham. Syomkadan keyin prodyuser Parini mashinasiga boradi. Pari uni haydaydi.
Prodyuser: - Sensiz yasholmayman. Qo'rqma ering bilmaydi - deydi.
Pari unga tarsaki tushuradi. Prodyuserni jahli chiqib, u ham Parini uradi. Keyin yopishib ketadi.
- Baqiraver! hechkim eshitmaydi baribir - dedyi.
Pari guldon bilan prodyuserni boshiga uradi. Prodyuserni boshi yorilib, xushidan ketadi. Pari qo'rqib qochib ketadi. Uni choy olib kelgan yigit ko'rib qoladi. Pankaj va Vithi Yash va Arti sababli tortishib qoladi. Pankaj Yashga qo'ng'iroq qiladi. Yash televideniyaga e'lon bermoqchiligini aytadi. Arti asta o'ziga kela boshlaydi. Ansh doktorni chaqiradi. Prashant ham keladi. Doktor Artini yana uxlatib qo'yadi. Prashant dorilarni berib, Anshni ovutib, bag'riga bosadi.
Shobha Dubeyga: - Arti hechqachon Prashantni yoniga qaytmaydi. Bundan o'limni afzal ko'radi. Hatto uni Ansh bilan ko'rishishiga ham yo'l qo'ymaydi. - deydi.
Dubey: - Ansh Prashantni o'g'li ekanini unutma! - deydi.
Shobha: - Yo'q! Prashant Anshga begona. Ansh Yashni o'g'li. Yaqinda ularni topib, olib keladi. Yash Anshga juda mexribon. Prashant hechqachon unday bo'lolmaydi. - deydi.
Ansh Prashantdan Yashga qo'ng'iroq qilish uchun telefonini so'raydi.
Prashant: - Raqamini bilmayman degandingku!? - deydi.
Ansh: - Endi esladim! - deydi.
Yash bu payti Televizorda e'lon berayotgan bo'ladi. Unga qo'ng'iroq keladi. Unga aksiya g'olibi bo'lganini aytishadi. Yash telefonini o'chirib qo'yadi.
Ansh: - Dadam telefonini ko'tarmadi. - deydi.
Prashant: - Aniq shu raqammi? - deydi.
Ansh: - Ha. Dadamni raqamini unutmayman. Uni juda yaxshi ko'raman! - deydi.
Pari yig'lab turganda Pratik keladi.
- Nega hafasan? Shu syomkalarni deb ko'p urushib qoldik. Meni kechir xoxlasang ishlayver. Endi qarshilik qilmayman. - deydi Pratik.
Pari: - Sizga bir gap aytishim kerak. - deb endi aytayotganda telefoni jiringlaydi. Prashant Anshga televizor qo'yib berib, chiqib ketadi. Xonaga qaytganda Ansh uhlab qolgan, televizorda Yashni ko'rsatayotgan bo'ladi. Prashant uni Artini eri ekanini biladi. Unga endi qo'ng'iroq qilaman deganda, Ansh alahsirab "dada" deb Prashantni qo'lidan tutadi.
- Dada! Sizni sog'indim! Meni tashlab ketmang. Sizni yaxshi ko'raman - deydi.
Prashant yig'lab: - Men ham seni yaxshi ko'raman o'g'lim! - deydi.
Politsiyada Yashga: - Xotiningizni va o'g'lingizni bir erkak qora mashinada olib ketibdi. Mashina raqami ham ma'lum. Siz uyingizga ketavering. Sizga xabar beramiz. - deydi.
Yash: - Yo'q! Ularni topmaguncha ketmayman. - deydi.
Prashant: - Arti o'ziga kelib, Yashni yoniga qaytishni xoxlamaguncha, Yashga xabar bermayman. - deydi.
Doktor unga kasalxona harajatlarini to'lamasa davolashni to'xtatishini aytadi. Prashant endi pulni qayerdan olaman deya mashina kalitiga qaraydi.
Ansh: - Amaki ketyapsizmi? - deydi.
Prashant: - Ha o'g'lim. Nimadir kerakmi? - deydi.
Ansh: - Qornim ochdi! - deydi.
Prashant uni ovqatlangani olib boradi. U yerda Pankaj va Yash ham o'tirgan bo'ladi. Prashant ularni ko'rib qoladi. Yash Anshni yoniga yaqinlashganida, Prashant kelib uni to'sib qoladi. Pankaj uyga ketadi. Yash esa yo'lda qora mashinani ko'rib qoladi...
DAVOMI BOR...
|